I bob. Umumiy qoidalar «Umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari»




Download 23,29 Kb.
bet1/7
Sana17.05.2024
Hajmi23,29 Kb.
#240641
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ODOB AXLOQ QOIDASI 6


Adliya vazirligining 2013 yil 4 apreldagi 6-16/23-2870/6-sonli xujjati bilan ro‘yhatga olingan.


I bob. Umumiy qoidalar
1. «Umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari» (matnda keyingi o‘rinlarda «Odob-axloq qoidalari» deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta'lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi, «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-son «O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda umume'tirof etilgan ma'naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari» O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga tadbiq etiladi.
2. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» ta'lim muassasalari jamoa a'zolari (ma'muriyati, o‘qituvchilari, texnik xodimlari va o‘quvchilari)ning ta'lim muassasasidagi o‘zaro munosabatlarida rioya etishlari shart bo‘lgan odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me'yorlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
3. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya qilish ta'lim muassasasi jamoa a'zolarining barchasi uchun majburiy hisoblanadi.
II bob. Maqsad va vazifalar
4. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning maqsadi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta'lim-tarbiya berish, ta'lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratishdan iboratdir.
5. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning asosiy vazifalari:
umumiy o‘rta ta'lim maktablari jamoasi a'zolarining ma'naviy immunitetini shakllantirish va mustahkamlash;
o‘quvchilar orasida odob-axloqni buzishni, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olishga, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat.

Download 23,29 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 23,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Umumiy qoidalar «Umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari»

Download 23,29 Kb.