|
I bob. Umumiy qoidalar «Umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari»
|
bet | 6/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 23,29 Kb. | | #240641 |
Bog'liq ODOB AXLOQ QOIDASI 6g) Maktab oshxonasida:
- ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish;
- umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
- taomlarni olishda «navbatga turish» tartibiga rioya qilish;
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
- issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste'mol qilishda ehtiyotkorlik ko‘rsatish;
- oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste'mol qilish;
- ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish.
d) Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazi (ARM)da:
- kutubxona va ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- baland ovozda so‘zlashmaslik va boshqa kitobxonlarga xalaqit bermaslik;
- qog‘oz va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
e) Sport majmualarida:
- sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
- sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
- mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish.
Bundan tashqari, o‘quvchilarga quyidagilar tavsiya etiladi:
- o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan atrofdagilarda o‘quvchilik odobi haqida ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
- ko‘cha-ko‘yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish, jamoat transportlarida keksa, nogiron va yosh bolali yo‘lovchilarga joy berish;
- doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
- o‘z maktabi manfaati, uning sha'ni va nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlashda jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
VII bob. Maktab jamoasi a'zolarining odob-axloqida
|
| |