|
V bob. O‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari
|
bet | 4/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 23,29 Kb. | | #240641 |
Bog'liq ODOB AXLOQ QOIDASI 6V bob. O‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari
19. O‘qituvchilar o‘zaro munosabatlarda – yagona jamoa, o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga amal qilishlari lozim.
20. O‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish man etiladi.
21. Maktab ma'muriyati va o‘qituvchi-xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o‘tkazishiga yoki shunga harakat qilishiga, shuningdek, adolat tamoyillariga yoki ta'lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan qarorlar tayyorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Jamoada biror bir masala bilan ma'muriyatga murojaat qilish o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladi.
23. O‘qituvchi va boshqa xodimlarning ta'lim muassasasida ma'naviy-
axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.
24. Ma'muriyat o‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuter, internet tarmog‘i, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek, dam olishlari va jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish choralarini ko‘radi.
VI bob. Maktab jamoasi a'zolarining odob-axloqqa oid majburiyatlari
25. O‘qituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:
- mazkur odob-axloq qoidalariga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lish;
- maktab manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish;
- biror-bir noxush voqyea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ma'muriyatni xabardor qilish;
- umumiy o‘rta ta'lim maktabining sha'ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
- umumiy o‘rta ta'lim maktabi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
- dars jarayonida o‘quvchilarga odob-axloqqa oid milliy an'analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni keng tushuntirib borish;
- yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, past saviyali «ommaviy madaniyat» xurujlaridan ogoh etib borish.
|
| |