IV bob. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari




Download 23,29 Kb.
bet3/7
Sana17.05.2024
Hajmi23,29 Kb.
#240641
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ODOB AXLOQ QOIDASI 6

IV bob. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari
14. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari «ustoz-shogird» an'anasiga asoslanishi lozim.
15. O‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘quvchilar hurmat yuzasidan o‘rinlaridan turib kutib olishlari va baravariga «Assalomu-alaykum!» - deb
salom berishlari, o‘qituvchi ruxsatidan so‘ng o‘rinlariga o‘tirishlari odobdan hisoblanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv kunining birinchi dars soatida, yuqori sinf o‘quvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan o‘qituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda bo‘ladilar.
16. O‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari davomida o‘zboshimchalik bilan maktabdan tashqariga chiqib ketishi taqiqlanadi.
17. Maktabda dars mashg‘ulotlarining boshlanishi va tugashi «Kirish» va «Chiqish» qo‘ng‘iroqlari bilan tartibga solinadi. «Kirish» qo‘ng‘irog‘i dars boshlanganligini bildirib, u chalingandan so‘ng barcha o‘quvchilar va dars jadvalida belgilangan fan o‘qituvchilari zudlik bilan tegishli sinf xonalariga kirib, mashg‘ulotni boshlashlari lozim.
Dars mashg‘ulotini tugaganligini bildiruvchi «Chiqish» qo‘ng‘irog‘i o‘qituvchi uchundir. O‘qituvchi mashg‘ulot yakunlanganligini e'lon qilgandan keyingina o‘quvchilarning sinfdan chiqishlariga ruxsat beriladi. «Chiqish» qo‘ng‘irog‘i chalingandan so‘ng o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni uzoq vaqt sinf xonasida ushlab turishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘qituvchi sinfdan chiqayotganda o‘quvchilar o‘rinlaridan turib, «Xayr, salomat bo‘ling!» - deb hurmat ko‘rsatadilar.
18. Dars mashg‘ulotlari va tadbirlar vaqtida mobil telefonlaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi. Maktabda o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin o‘quvchi va o‘qituvchilar mobil telefonlarini o‘chirib qo‘yishlari lozim. Shuningdek, maktab hududiga kirib kelishda har bir o‘quvchi, o‘qituvchi, xodim va boshqa tashrif buyuruvchi shaxslar o‘z mobil telefoni abonentining chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni «ovozsiz» rejimga o‘tkazishi) shart.

Download 23,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 23,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV bob. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari

Download 23,29 Kb.