|
O‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:
a)
|
bet | 5/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 23,29 Kb. | | #240641 |
Bog'liq ODOB AXLOQ QOIDASI 626. O‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:
a) Ta'lim muassasasi hududida:
- maktabga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta'lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar libosi (formasi)da kelish;
- toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o‘g‘il bolalar sochlarining uzunligi me'yor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim);
- chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
- ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;
- o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
- ta'lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik;
- maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, ma'naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);
-narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste'mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
b) Dars vaqti (sinf xonalari)da:
- dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;
- uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;
- dars vaqtida o‘rinsiz gaplashmaslik;
- jihozlarni asrab-avaylash, partalarga, stol va stullarga chizmaslik;
- qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
- ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.
v) Tanaffusda:
- tanaffusdan unumli foydalanish;
- o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;
- navbatdagi dars bo‘ladigan xonaga o‘z vaqtida o‘tish;
- fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;
- katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta'minlash.
|
| |