|
I bob. Umumiy qoidalar «Umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari»
|
bet | 7/7 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 23,29 Kb. | | #240641 |
Bog'liq ODOB AXLOQ QOIDASI 6man etiladigan holatlar
27. Quyidagilar o‘qituvchilarga man etiladi:
- maktab hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish.
28. Quyidagilar o‘quvchilarga man etiladi:
- mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar maktab hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
- o‘qituvchilarga va boshqa o‘quvchilarga nisbatan hurmatsizlik qilish;
- o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirish;
- yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish;
- boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
- mashg‘ulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik;
- moddiy jihatdan yaxshi ta'minlanganligini turli yo‘llar bilan namoyish qilish.
VIII bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi
29. O‘quv yili davomida mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga to‘liq rioya qilgan, ta'lim muassasasida yuksak ma'naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a'zolari quyidagicha moddiy va ma'naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi:
- o‘qituvchilarga maktab buyrug‘i bilan tashakkurnoma e'lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
- «Faxriy yorliq» bilan taqdirlash;
- qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;
- maktab radiouzeli orqali e'lon qilish;
- «Eng faol o‘quvchi» nominatsiyasini berish;
- o‘quvchilar ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma xati yuborish.
30. Jamoa a'zolari mazkur «Odob-axloq qoidalari»ni buzganida ularga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi:
o‘qituvchilarga maktab buyrug‘i bilan «Hayfsan» e'lon qilish;
- o‘quvchining kundaligiga tanbeh yozish;
- boshqa sinfga o‘tkazish;
- sinf jamoasi orasida muhokama qilish.
Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya etilmaganlik holatlari ta'lim muassasasidagi «Kamolot» YIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari va «Ota-onalar» kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
IX bob. Yakuniy qoidalar
31. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» har bir o‘quvchiga va ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda o‘qituvchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yetkaziladi.
32. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» maktabning foyesiga barchaga ko‘rinarli tarzda joylashtirib qo‘yiladi.
33. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning talablarini har bir o‘qituvchi va o‘quvchilar to‘liq bilishi va unga qat'iy amal qilishi shart.
|
| |