• Izogidrik xususiyati.
  • Izoionik talabi, ya’ni IEda
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 1,8 Mb.
    bet44/125
    Sana27.11.2023
    Hajmi1,8 Mb.
    #106152
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Eritmalarni izotonik holatiga erishish zarurligi va qoidalari ma’lum.
    Izotonik eritmalarning osmotik bosimi organizmning biologik suyuqliklarning (qon, qon zardobi) bosimiga yaqin bo‘lishishi (7,4 atm). Gipertonik eritmalarni qo‘yish salbiy reaksiyalar – eritrotsitlarni burushib ketishiga (plazmoliz), to‘qimalarni degidratatsiyasiga olib keladi. Gipotonik eritmalarini ko‘p hajmda qo‘llanildi gemoliz ya’ni eritrotsitlarni yorilishiga sabab bo‘ladi. Izotonik kon-siyani 3 ta usul bilan hisoblash mumkin.
    Izogidrik xususiyati. Infuzion eritmalarni izogidrik bo‘lishiga xam etibor beriladi. Izogidrik bu eritmani qon zardobiga rN ko‘rsatkichi bo‘yicha yaqin bo‘lishini bildiradi, ya’ni rN ko‘rsatkichi 7,34 -7,42 atrofida bo‘lishi kerak.
    Bu talab ham muhim, chunki to‘qimalar va xujayralarning faoliyati oqibatida turli hil kislota yoki ishqoriy moddalar hosil bo‘ladi va ularni albatta, neytrallash uchun qonda bufer sistemalar mavjud. SHuning uchun qonga ko‘p miqdorda qo‘yiladigan eritmalarning tarkibida ham ayrim xolatlarda, shunday bufer sistemalar kiritiladi.

    1. Karbonatli bufer sistemasi (NaNSO3 + SO2)

    2. Fosfatli bufer sistema (Na2NRO4 + NAN2RO4)

    3. Oqsilli amfolitli sistemalar. Bu sistemalar eritmalarning RN ga qarab yoki kislotali yoki ishqoriy xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

    Agar ko‘p miqdorda RN yuqori eritmalar qo‘yilsa – alkaloz, agar RN – past eritma qo‘yilsa – atsidoz xolatlari vujudga keladi va oqibatda salbiy reaksiyalar kelib chiqadi.
    Mu’tadil RN 5,5 – 10,5 atrofida.
    RN ko‘rsatkichini axamiyati katta, ayniqsa to‘qimalarga og‘riq seziladi. SHuning uchun korreksiya qilinadi. Masalan, askorbin kislotaning in’eksion eritmasiga NaNSO3 qo‘shiladi.
    Izoionik talabi, ya’ni IEda qon zardobiga yaqin bo‘lgan ionlar (kationlar:Ca2+,Na+, Mg2+ K+ , anionlar:SL- SO4 2- , HPO3 2- , HCO3 - bo‘lishi kerak. YA’ni ionli tarkibi bo‘yicha yaqinligi. Izotonik NaClning eritmasi to‘liq to‘qimalarni faoliyatini ta’minlash qobiliyatiga ega emas, chunki tana va a’zolarning faoliyati, hayotiy vazifalari to‘liq namoyon bo‘lishi uchun, albatta, boshqa ionlar yoki ionlarni kompleksi bo‘lishi shart (Na+, K+, Ca2+, Mg2+ va h.k.). YA’ni qonda saqlanadigan hayotiy muhim ionlar bo‘lishi kerak. Masalan, qon zardobida Na+, K+, Ca2+, Mg2+(100:2:2:0,5) nisbatda bo‘ladi. SHuning uchun infuzion eritmalarda ham shu nisbatda ionlar kiritilishi maqsadga muvofiq.

    Download 1,8 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 1,8 Mb.