Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet174/316
Sana16.01.2024
Hajmi6,71 Mb.
#138330
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   316
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

Asosiy matn

Kosmetika (kosmetike) - grek so‘zidan olingan bo‘lib, pardozlash, bezash, chiroy berish san’ati va pardozlash uchun ishlatiladigan vositalar va usullar degan ma’noni beradi


Kosmetologiyaning qisqacha tarixi. Bugungi kunda kosmetika vositalaridan aholining barcha qatlamlari foydalanayotgan ekan, buning tarixi qanday, kadimgi davrda kosmetika vositalarini ishlatishganmi yoki yo‘qmi degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Kosmetika vositalari bilan eramizdan avvalgi davrda ham foydalanishganliklari xakida ma’lumotlar ko‘p bo‘lib, ayniqsa, kosmetika qadimgi Misr, Gretsiya va sharkda juda ham rivojlangan.
Qadimgi Misrda kosmetika vositalaridan keng foydalanishgan bo‘lib, ayrim pardozlash usullari bizning davrgacha etib kelgan. Hozirgi kunda zamondoshlarimiz atrofdagi odamlarni terilariga chizilgan tatuaj, pirsinglar bilan hayron qoldirishga harakat qilmoqdalar. Qariyalar esa bunday insonlarni ko‘rganida zamon oxir bo‘lib qolibdi deb kalima keltirmoqdalar. Aslini olganda esa tanaga rasm chizish (tatuaj) bu tosh asridan qolgan udumlardan biridir. O‘sha davrda, atrofdagilarni diqqatini jalb qilish va yoqish maqsadida tanaga tatuaj chizilgan edi. Vaqt o‘tishi bilan bunday bo‘yanishlar unutilib, deyarli yo‘q bo‘lib ketgan edi. Hozirgi kunda unutilgan eski udumlarni tiklab, yana qaytadan rasmga kirgizilmokda. Bu esa hozirgi zamon uchun foydali bo‘lib hisoblanadi.
Tosh asrida o‘ylab topilgan bo‘yanishlar va tajribalar uchun balki o‘sha davr xonimlariga biz minnatdorchilik bildirishimiz kerakdir?! Chunki go‘zallikka intilishning o‘zi dunyoni saqlab qoladi. Go‘zallikka intilish qadimdan qolgan va keng qamrovli tarixga egadir. Qadimda o‘z tashqi qiyofasini o‘zgartirish uchun foydalanilgan vositalar, usullar va bo‘yoqlar bizni hayron qoldirishi, qo‘rqitishi yoki kuldirishi mumkin yoki aksincha ko‘p narsaga o‘rgatishi mumkin.
Qadimgi Misrda erkak kishi bo‘yanish bilan o‘zidan dushmanlarni cho‘chitish va ijobiy ruhiyat bahshida etishga intilsa, ayollar esa faqat go‘zal bo‘lishga intilganlar.
Eramizdan 4500 yil avval Misrda kosmetik vositalar ixtiro qilingan bo‘lib, ulardan foydalanish usullari yaratilgan edi. Bu vositalarni tayyorlash sirlarini faqat ma’lum odamlar bilgan. Ammo butun xalk shu bo‘yoqlardan foydalangan. Ushadavrda o‘ziga to‘q odamlar qimmatbaho usullardan foydalanishgan. Ular uchun alohida kosmetika vositalari tayyorlangan. Masalan, ishqor sharbati bilan yonoqlarni qizartirishda foydalanishgan. Bu terini qitiqlab, qizarish keltirib chikargan. SHu usul bilan anchagacha yonoqlarni qizarib turishiga erishishgan.
Eramizdan avvalgi 1500 yilda yozilgan kosmetik vositalar haqidagi yozma hujjatlarni Misr tobutlaridan biridan topilgan. Ushbu gigant-retsept papirusga yozilgan bo‘lib, uning uzunligi 20 metr bo‘lgan. Germaniyalik egiptolog Georg Ebers ushbu gigant-retseptni 1875 yilda qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan va uni chop ettirgan. Keyingichalik bu ro‘yxatni «Ebers papirusi» deb yurita boshlandi. Ro‘yxatda qator kosmetik retseptlar keltirilgan bo‘lib, unda yuzdagi ajinlarni silliqlash, sochni bo‘yash va o‘stirish, so‘gallarni ketgazish bo‘yicha qator tarkiblar keltirilgan. Ayrim retseptlar hozirgi kungacha etib kelgan bo‘lib, o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Rimlik olim Platon (e.a.254-184 yillar) "Kosmetikasiz ayol bu tuzsiz oshdir" deb yozgani haqidagi ma’lumotlar hozirgi kungacha etib kelgan. Kosmetik vositalarni tayyorlashni asosan ibodatxona noiblari amalga oshirganlar va misrlik faraonlarning yuz va badan terilariga surtganlar. Misrliklar uchun tashqi ko‘rinish ustida qayg‘urish va parvarishlash birinchi o‘rinda turgan. Hattoki, noiblar sarkardalarni jismonan va ruhan chiniqtirish uchun ularni 3-4 kunga alohida qilib ajralib olib, har xil muolajalar o‘tkazganlar. Ular cheksiz miqdordagi kosmetik vositalarni ixtiro qilganlarki, to hozirgi kungacha ulardan foydalanib kelmokdalar. Shu kungacha etib kelgan kosmetik vositalarning ayrimlari quyidagilar:
- qosh bo‘yash uchun qalam;
- pomada;
- tirnoq uchun lak;
- soch uchun bo‘yoq;
- xushbo‘y suv va boshqalar.
Misrlik go‘zallarning rusmi bo‘yicha ko‘z shaklini uzaytirib, kattalashtirib ko‘rsatish maqsadida qovoq ustidan chakkaga qadar qora chiziq tortish bo‘lgan. Hozirgi kunda ham ayollarda bunday bo‘yanish rasm bo‘lib qolgan. Misrliklar buning uchun zaharli yashil qalamdan (malaxitni maydalab tayyorlaganlar) foydalanganlar. Keyinchalik fil suyagini kuydirib, qora bo‘yoq qilib ishlatganlar.
Qadimda ayrim hollarda kosmetikadan profilaktika sifatida foydalanilgan. Masalan, ko‘zni bo‘yashni erkaklar ham qo‘llashgan. Bu bilan qovoq shamollashining oldini olganlar. Hozirgi kunda eng qadimgi atir tarkibi saqlanib qolgan. Bunga binoan uning tarkibida xushbo‘y mirra, air, mojjevelnik, kiparis, koriandr, yalpiz va asal mavjud.
O‘sha davrda yuz terisini oqartiruvchi vositalar juda ham keng tarqalgan bo‘lib, undan keng foydalanishgan. Ma’lumki, go‘zallik ma’budasi hisoblangan Kleopatra yuzini oqartirishi uchun timsohning maydalangan suyagidan va beliladan tayyorlangan surtmadan foydalangan. Kosmetika yozmalarini yig‘masini qirolicha Kleopatra birinchi bo‘lib bir tizimga solgan va ma’lumotnoma tuzgan. Bunda keltirilgan retseptlar bo‘yicha kosmetik vositalarni ancha vaqtgacha tayyorlab yurishgan. Qazilmalar chog‘ida esa qirolichaga tegishli bo‘lgan kosmetika xonasi topilgan. Qazilmalar ichida kosmetika vositalarini saqlash uchun turli xil idishlar, kremlarni tayyorlashda ishlatilgan hovoncha va uning dastasi topilgan. O‘sha davrda tobutdagi murda yoniga ettitadan kam bo‘lmagan moylar va 2 xil surtish uchun eritmalarni ko‘yib ko‘milgan. Tobut ichidan topilgan ushbu topilmalarga qarab qadimgi misrliklar anis, kedr, koriandr, tmin, uzum, sarimsoq, piyozlardan foydalanishganligini ko‘rish mumkin.
Qadimgi Gretsiyada ham kosmetika yaxshi rivojlangan bo‘lib, pardoz berish bilan alohida odamlar shug‘ullanishgan va yangi kasb - kosmet paydo bo‘lgan. Ushbu kasb egalari go‘zallik va yoshlikni uzoqroq salab qolishga intilayotganlarga yordam berganlar. Ular kremlar, surtish uchun suyuqliklar, suvli muolajalar ishlatganlar. Parfyumerlar nomli mutaxassislar esa maxsus retseptlar yordamida vositalar tayyorlashgan. Ushbu vositalarni tayyorlashda Aristotel shogirdi Teofrast ham qatnashgan.
Tibbiyotda nomi mashhur bo‘lgan olim Gippokrat ham o‘z davrida kosmetika bilan jiddiy shug‘ullangan va to‘rt jildli asar yozgan. Uo‘z asarida qator muhim maslahatlar bergan va qator tarkiblarni yozib qoldirgan. Masalan, kosmetik vositalarning tarkibi, texnologiyasi, ayollarni badanini yoshartiruvchi suyuqliklar, hidni yo‘qotuvchi vositalar (burun, og‘iz, oyoq), yuzdagi dog‘larni yo‘qotuvchi vositalar va b.
Qadimgi Misr va Gretsiyada kosmetika juda yaxshi rivojlangan bo‘lishiga qaramay, greklar pardozi misrliklarnikidan ajralib turgan. Grek ayollari yuz terisini oqartirish uchun belila va karmindan, ko‘z kipriklarini qora kuya bilan bo‘yab, sun’iy kipriklarni tuxum oqi bilan yopishtirganlar.
Gretsiya va Misrdan so‘ng kosmetikaning uchinchi vatani bu qadimgi sharq hisoblanadi. Sharq ayollarining kosmetik vositalari majmuasiga etti xil vosita albatta kirgan: xna, basma, tirnoq uchun bo‘yoq, belila, yonoq uchun bo‘yoq, surma, xushbo‘y aralashma. Ayniqsa, hind ayollari ushbu bo‘yoqlardan keng foydalanishgan. Sharkda hozirgi kungacha bu bo‘yoqlardan foydalaniladi. Atir haqida gapiriladigan bo‘lsa, qadimgi Rim, Gretsiya ham bu haqda bilmagan. Atirni arab alximiklari topganlar. Bular birinchi bo‘lib efir moylarini suv bug‘i yordamida haydab, ajratib olishni ixtiro qilganlar.
Shunday qilib, kosmetika qadimdan rivojlanib, hozirgi kungacha etib kelgan va uni fan sifatida kosmetologiya deb o‘rganishga barcha asoslar mavjud.

Download 6,71 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   316




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.