• MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA ___ sonli YO‘RIQNOMA YO‘RIQNOMA Xavfsizlikka oid umumiy talablar.
  • Laboratoriya mashguloti davomida elektr toki, tabiiy gazdan va reaktivlardan foydalanish choralari.
  • Kelishildi” Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis
  • ZBEKISTON RESPUBLIKASI SO G’ LI Q NI SA Q LASh VAZIRLIGI
  • Dori turlari texnologiyasi kafedrasida talabalar bilimini nazorat Q ilish va ba H olashning reyting MEZONI I. Baholash tartibi va mezonlari
  • R f = V x O I
  • II. Nazorat turlarini o‘tkazish muddati 9. Oraliq va yakuniy nazorat
  • III. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
  • IV. Dori turlari texnologiyasi kafedrasida o’qitiladigan fanlar bo’yicha kurs ishlarini baholash mezonlari
  • Alo baho (86-100) olish uchun
  • Yaxshi baho (71-85) olish uchun
  • Qoniqarli baho (55-70 %) olish uchun
  • –bosqichda talabaning bajargan kurs ishi ximoyasi bolib otadi
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet316/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Dori vositalarning nomi

    Berish usuli

    Ot
    (500 kg)

    Sigir
    (400 kg)

    Qo’y
    (50 kg)

    Cho’chqa
    (60 kg)

    It
    (12 kg)

    Tovuq
    (2-3 kg)

    Testosteroni propionatis

    Ichish uchun

    -

    0,04-0,08

    -

    -

    0,005-0,01

    -

    Tetracyclinum

    Ichish uchun

    5,0-10,0

    4,0-8,0

    0,6-1,2

    0,5-1,0

    0,1-0,2




    Theobrominum

    Ichish uchun

    5,0-10,0

    5,0-10,0

    0,5-1,0

    0,5-2,0

    0,1-0,2




    Thiamini bromidum

    Ichish uchun

    -

    -

    -

    0,005-0,06

    0,001-0,01

    -

    Thiamini chloridum

    Ichish uchun

    -

    -

    -

    0,005-0,06

    0,001-0,01

    -

    Theopentalum-natrium

    Mushakga
    Venaga

    15,0-20,0
    12,0-15,0

    12,0-20,0
    -

    -
    -

    1,5-3,0
    -

    0,3-0,5
    0,25-0,3

    -
    -

    Thymolum

    Ichish uchun

    6,0-20,0

    5,0-15,0

    -

    2,0-5,0

    0,5-2,0

    -

    Thyreoidinum

    Ichish uchun

    2,0-5,0

    -

    -

    0,2-0,5

    0,1-0,3

    -

    Tinctura Absinthii

    Ichish uchun

    1,0-3,0

    2,0-8,0

    0,2-1,0

    0,2-1,0

    0,2-0,3

    0,05-0,1

    Tinctura Belladonnae

    Ichish uchun

    10,0-30,0

    20,0-40,0

    2,0-5,0

    1,0-3,0

    0,2-1,0

    -

    Tinctura Convallariae

    Ichish uchun

    10,0-25,0

    10,0-25,0

    5,0-10,0

    2,0-5,0

    0,5-1,0

    0,2-1,0

    Tinctura Opii benzoica

    Ichish uchun

    50,0-250,0

    75,0-250,0

    50,0-250,0

    3,0-10,0

    1,0-3,0

    0,02-0,1

    Tinctura Opii simplex

    Ichish uchun

    50,0-250,0

    50,0-250,0

    10,0-30,0

    10,0-30,0

    1,0-5,0

    0,2-0,4

    Tinctura Strophanthi

    Ichish uchun

    10,0-25,0

    10,0-30,0

    3,0-8,0

    2,0-5,0

    0,2-1,0

    0,1-0,5

    Tinctura Strychni

    Ichish uchun

    5,0-10,0

    5,0-15,0

    1,0-5,0

    1,0-5,0

    0,2-1,0

    0,01-0,5

    Tinctura Valerianae

    Ichish uchun

    25,0-50,0

    25,0-100,0

    5,0-15,0

    5,0-10,0

    0,5-5,0

    0,2-1,0

    Tropacinum

    Ichish uchun Teri ostiga

    -
    0,02-0,05

    -
    -

    -
    -

    0,01-0,03
    -

    0,005-0,01
    0,002-0,005

    -
    -

    Urosulfanum

    Ichish uchun

    10,0-30,0

    15,0-40,0

    2,0-5,0

    1,0-4,0

    0,5-1,5

    -

    Validolum

    Ichish uchun

    0,5-5,0

    0,5-5,0

    0,2-2,0

    0,2-1,0

    0,1-0,5

    0,05-0,2

    Vikasolum

    Ichish uchun va mushakga

    -


    0,1-0,3


    -


    -


    0,04-0,03



    -


    Xeroformium

    Ichish uchun

    3,0-10,0

    5,0-15,0

    2,0-5,0

    1,0-3,0

    0,3-1,0

    0,05-0,1

    Izoh. 1. Jadvalda har bir hayvon uchun ikkita doza keltirilgan: birinchisi – ko’p qo’llaniladigan, ikkinhisi – maksimal ravishda ruxsat etilgan.
    2. Dozalar urg’ochi hayvonlar uchun keltirilgan, erkak hayvonlar uchun doza 10-25% oshirib beriladi.
    3. Dazalar o’rta yoshdagi hayvonlar uchun berilgan, qari va yosh hayvonlarga (vazni va yoshiga ko’ra) doza kamaytiriladi.
    4. * - belgisi bor dori moddalar dozasi O’zR Qishloq xo’jalikga qarashli Veterinariya Bosh boshqarmasining ko’rsatmasiga binoan belgilanadi




    «Kelishildi»
    Toshkent farmatsevtika instituti
    O‘quv ishlari bo‘yicha
    prorektor K.K.Ismailov
    ________________
    «____» ________2018 yil




    «Tasdiqlayman»
    Toshkent farmatsevtika institut rektori
    prof. X.K.Djalilov
    ___________________
    «____» _______2018 yil


    DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI KAFEDRASINING
    TALABALARI UCHUN
    MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA
    ___ sonli YO‘RIQNOMA


    YO‘RIQNOMA

    1. Xavfsizlikka oid umumiy talablar.

      1. Laboratoriya mashguloti davomida barcha talabalar belgilangan tartibiga rioya qilishlari shart.

      2. Talabalar laboratoriya mashguloti davomida chekish, spirtli ichimliklar ichish, sanitariya va gigiena qoidalarini buzishi taqiqlanadi.

      3. Laboratoriya mashguloti o‘tilayotgan xonada yong‘in havfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish shart.

      4. Laboratoriya mashguloti xonasida mavjud bulgan elektr tarmoqlaridan, elektr uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish zarur.

      5. Laboratoriya mashgulotini boshlashdan oldin talabalar oq xalat va qalpoqda bo‘lishlari shart.

      6. Faqat topshirilgan laboratoriya ishni bajarish, xavfsiz ish usullarini o‘rganish va takomillashtirib borishi lozim.

      7. Yong‘in sodir bo‘lganda dastlabki o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish kerak laboratoriya o’qituvchi – professorga xabar berish lozim.

      8. Institut hududida harakatlanganda, zinalar va oyoq toyishi mumkin bo‘lgan joylarda hamda institut hovlisida avtomobillar harakatidan ehtiyot bo‘lish zarur.

      9. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalarni buzgan talabani ichki mehnat tartiboti qoidalariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin, agar bu qoida buzilishi institutga moddiy zarar etkazsa laboratoriya mashguloti professor – o’qituvchisi moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.


    1. Laboratoriya mashguloti davomida elektr toki, tabiiy gazdan va reaktivlardan foydalanish choralari.

      1. Xonalarda nosoz elektr uskunalaridan foydalanish mumkin emas.

      2. Elektr qurilmalariga qo‘lbola uslubida vaqtinchalik moslamalarni ulash yoki boshqa joyga tortish ishlarini amalga oshirmaslik.

      3. Elektr uskunalaridan foydalanishdan oldin ularning sozligiga elektr tarmoq rozetkalari yoki elektr yoqgich (vklyuchatel)yaxshi ishlayotganligiga ishonch hosil qilsagina ulardan foydalanish.

      4. Tabiiy gazdan foydalanishdan oldin gaz kuvirlarini tekshirish lozim.

      5. Ishkor va kislotalar bilan ishlaganda extiyot choralarini kurish shart.

      6. Kuchli kislotalarni, ayniqsa sulfat kislotani suyultirish vaqtida ehtiyot bo‘lish kerak, kislotaga suv emas, suvga kislotani tomchilatib quyish kerak.

      7. Hidli reaktivlarni, masalan ammiak eritmasi, Benzol, efir, sirka kislota, xlorid kislota bilan ishlayotganda mo‘rili shkafdan foydalanish kerak;

      8. Reaktivlar tayyorlashda ajralib chiqayotgan gazni yaqin hidlamaslik kerak;

      9. Suyuqliklarni qizdirayotganda idish ustiga engashib qaramaslik kerak. Chunki suyuqlik sachrab ketishi mumkin.



    Ishlab chiqdi:
    DTT kafedrasi mudiri, prof. _______ Yo.S.Kariyeva
    (imzo)



    Kelishildi”
    Mehnat muhofazasi
    bo‘yicha muhandis:

    ___________ SH.R.To‘ychiboev


    “___”_________ 2018 y.




    Kelishildi”
    Huquqshunos maslahatchi

    ________ G.Abduraxmonova


    “___”____________ 2018 y.



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
    TOShKENT FARMATsEVTIKA INSTITUTI


    DORI TURLARI TEXNOLOGIYaSI KAFEDRASI

    TasdiQlayman”
    Toshkent farmatsevtika instituti
    o’quv ishlari bo’yicha prorektori
    _____________________ T.A.Nabiev
    ______” _________________ 2018 y.

    TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISh VA BAHOLAShNING REYTING MEZONI

    TOShKENT-2018

    Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan ishlab chiqilgan nizom O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 10 iyulda ro’yxatdan o’tkazilgan (ro’yxat raqami 1981) hamda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2009 y., 28-son, 330-modda; 2010 y., 34-son, 297-modda; 2013 y., 50-son, 659-modda; 2014 y., 52(i)-son, 646-modda) ”Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi nizom” asosida ishlab chiqilgan.
    Dori turlari texnologiyasi kafedrasida ishlab chiqilgan ushbu mezon Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan ishlab chiqilgan nizom asosida ishlab chiqilgan.

    Dori turlari texnologiyasi kafedrasida talabalar bilimini nazorat Qilish va baHolashning reyting
    MEZONI
    I. Baholash tartibi va mezonlari
    1. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
    2. “Farmatsevtik texnologiya” , “Maxsus dori turlari texnologiyasi” va “Biofarmatsiya”fanlari bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
    Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
    joriy nazoratga — 45 ball;
    talaba mustaqil ishi — 5 ball;
    oraliq nazoratga — 20 ball;
    yakuniy nazoratga — 30 ball.
    Semestr boshlangandan talaba ikkinchi mashg‘ulotdan oxirgi mashg‘ulotga qadar har bir mashg‘ulotda 100 ballik tizimda joriy baholanadi, so‘ngra ushbu ballar yig‘indisidan o‘rtacha ball chiqarilib, 0,45 koeffitsientga ko‘paytiriladi.
    3. Talabaning reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi — 100 ballik tizimda baholanadi.
    4. Talabaning “Farmatsevtik texnologiya”, “Maxsus dori turlari texnologiyasi” va “Biofarmatsiya” fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o‘rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:
    a) 86 — 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
    xulosa va qaror qabul qilish;
    ijodiy fikrlay olish;
    mustaqil mushohada yurita olish;
    olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
    mohiyatini tushunish;
    bilish, aytib berish;
    tasavvurga ega bo‘lish.
    b) 71 — 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
    mustaqil mushohada yurita olish;
    olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
    mohiyatini tushunish;
    bilish, aytib berish;
    tasavvurga ega bo‘lish.
    v) 55 — 70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
    mohiyatini tushunish;
    bilish, aytib berish;
    tasavvurga ega bo‘lish.
    g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0 — 54 ball bilan baholanishi mumkin:
    aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
    bilmaslik.
    5. Talabalarning “Farmatsevtik texnologiya”, “Maxsus dori turlari texnologiyasi” va “Biofarmatsiya” fanlari bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
    6. Talabaning fan bo‘yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
    Rf = V x OI , bu erda: 
    100
    V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);
    OI — fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
    7. “Farmatsevtik texnologiya”, “Maxsus dori turlari texnologiyasi” va “Biofarmatsiya” fanlari bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.
    8. Talabaning semestr davomida “Farmatsevtik texnologiya”, “Maxsus dori turlari texnologiyasi” va “Biofarmatsiya” fanlari bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
    II. Nazorat turlarini o‘tkazish muddati
    9. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YAkuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.
    10. Talaba fan bo‘yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
    11. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
    Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi.
    ON har bir semestrda 1 marta o’tkaziladi. ON ga o’quv mashg’ulotlaridan akademik qarzi bo’lmagan talabalar qo`yiladi. Oraliq nazorat kafedra majlisi qarori bilan yozma ish, test, og’zaki suhbat shakllarida yoki ularning kombinatsiyalarida o’tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat uchun semestrda 20 ball ajratiladi.
    Talabaning mustaqil ishi o’quv izlanish mavzulari bo’yicha referat, internet ma’lumotlari, testlar, videoroliklar, prezentatsiyalar, bibliografik ro‘yxat va vaziyatli masalalar ko‘rinishida va boshqalar bo’lishi mumkin.
    Talabaning mustaqil ishi uchun har bir semestrda 5 ball ajratiladi. UzR Oliy va O’rta maxsus ta'lim vazirligining 21.02.2005 yil 34 – sonli buyrug’i va institut rektori tomonidan 2005 yil 3 sentyabrda tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishishni tashkil etish, nazorat qilish va baxolash tartibi to’g’risidagi nizom» asosida tashkil etilib uning asosida chiqarilgan kafedra nizomi bo’yicha amalga oshiriladi. Mustaqil ish mavzulari laboratoriya darslarini olib boruvchi o‘qituvchilar tomonidan muntazam nazorat qilinib, dars uchun ajratilgan reyting ballariga qo’shib boriladi.
    YaN fan bo’yicha mashg’ulotlar tugaganidan so’ng o’tkaziladi. YaN ga JN va ON dan ijobiy bahoga ega bo’lgan talabalar qo`yiladi. YaN shakli - test, yozma ish, og’zaki yoki ushbu usullar kombinatsiyasida ilmiy kengash qarori bilan belgilanib, 30 balli reyting tizimida baholanadi.
    12. Semestr yakunida fan bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri bo‘yicha saralash balli (55 ball)dan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
    JB, OB va YaB turlarida fanni o`zlashtira olmagan (55% dan kam ball to`plagan) yoki uzrli sabab bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o`tishga ruxsat beriladi.
    - qoldirilgan amaliy mashg`ulot kelgusi darsga qadar guruh o`qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi. 3 ta mashg`ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi; qayta topshirish jaridasida qayd qilinadi;
    - har bir qoldirilgan ma'ruza mashg`uloti uchun JB da to`plagan ballar yig`indisidan 2 balldan, agar topshirilmasa 4 balldan olib tashlanadi;
    - OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffitsientsiz qayd etiladi;
    - semestr yakunida fan bo`yicha saralash balidan kam ball to`plagan talabaning o`zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi;
    - akademik qarzdor talabalrga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o`zlashtirishi uchun – 2 hafta muddat beriladi. Akademik qarzdordan qayta topshirishni qabul qilish uchun kafedra mudiri tomonidan o`qituvchi tayinlanadi. Shu muddat davomida o`zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyrug`i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
    13. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri tomonidan nazorat qilinadi.
    III. Reyting natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
    14. Talabaning “Farmatsevtik texnologiya”, “Maxsus dori turlari texnologiyasi” va “Biofarmatsiya” fanlari bo‘yicha nazorat turlarida to‘plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining «O‘quv rejasida ajratilgan soat» ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklama soatlari, «Fandan olingan baho» ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirishi qo‘yiladi.
    Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.
    15. “Farmatsevtik texnologiya”, “Maxsus dori turlari texnologiyasi” va “Biofarmatsiya” fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o‘zida (nazorat turi yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga etkaziladi.
    16. YAkuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi talabalarning fan bo‘yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to‘ldiradi.
    Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan holatda talabalarning fan bo‘yicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi.
    17. Talabalarning nazorat turlari bo‘yicha erishgan natijalari kafedrada kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.
    18. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig‘ilishlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
    IV. Dori turlari texnologiyasi kafedrasida o’qitiladigan fanlar bo’yicha kurs ishlarini baholash mezonlari

    Barcha fanlar bo’yicha kurs ishlari 100 ball tizimida 2 bosqichda baholanali/ 1- bosqichda rahbar quyidagi mezon bo’yicha baholaydi:




    A'lo baho (86-100) olish uchun:
    Kurs ishining adabiyot sharxi mavzuga binoan aniq, barcha talablarga rioya qilgan xolda yozilgan bolsa – 40 ball (%);
    Adabiyotlar royxati talablarga binoan toliq tuzilgan bolsa – 20 ball (%)
    tajriba qismi toliq yoritilgan bolsa – 40 ball (%)


    Yaxshi baho (71-85) olish uchun:
    Kurs ishining adabiyot sharxi mavzuga binoan, ayrim talablarga rioya qilmagan xolda yozilgan bolsa – 35 ball (%);
    Adabiyotlar royxati talablarga binoan tuzilgan bolib, ammo ayrim kamchiliklarga yol qoyilgan bolsa – 15 ball (%).
    Tajriba qismi etarli darajada yoritilgan bolib, ammo ayrim kamchiliklarga yol qoyilgan bolsa – 35 ball (%)


    Qoniqarli baho (55-70 %) olish uchun
    Kurs ishining adabiyot sharxi toliq yoritilmagan bolib, ayrim kamchiliklar mavjud bolsa 30 ball (%);
    Adabiyotlar ro’xatida ayrim kamchiliklar bolsa va talablarga toliy javob bermasa - 10 ball (%);
    tajriba yismi toliq yoritilmagan bolsa – 30 ball (%)
    2 –bosqichda talabaning bajargan kurs ishi ximoyasi bolib otadi:
    a) talaba 1-bosqichda yig’gan ballarini ximoya qila olsa, yig’gan ballari qoldirildi.
    b) himoyada savol-javoblarga javob bera olmasa, hay'at a'zolari bilan kelishib, yig’gan bali kamaytiriladi.
    v) himoya a'lo darajada barcha savollarga javob bera olsa, yig’gan balliga qo’shimcha ball beriladi.
    g) agarda talaba 1-bosqichdan so’ng ikkinchi “himoya” da qatnashmasa, yig’gan ballari bir daraja pastga tushiriladi. (masalan, yaxshi baho o’rtacha baxoga)
    d) kurs ishini topshirmagan talaba shu fandan YaB ga kiritilmaydi.
    Kafedra mudiri, f.f.d. Karieva Yo.S.

    1Steven B. Kayne Homeopathic Pharmacy: Theory and Practice, (2nd Edition).- New York, 2006.-366 pages.
    2Loyd V. Allen, Jr.,Nicholas G. Popovich, Howard C. Ansel.Ansel’s Pharmaceutical Dosage Forms andDrug Delivery Systems.- New York: Lippincott Williams &Wilkins, 2011.- P.722

    2


    31 Handbook of cosmetic science and technology / edited by Andre´ O. Barel, Marc Paye, Howard I. Maibach. — 3rd ed., 2009 by Informa Healthcare USA, Inc. Vanderbilt Avenue,New York, P. 225-250.


    4 Dotsent G.M.Tureyeva tomonidan malaka oshirish natijalari pedagogik texnologiya elementlari ko’rinishida tadbiq etildi (2018 yil 14 iun 21-son bayonnoma)

    5 Dotsent G.M.Tureyeva tomonidan malaka oshirish natijalari pedagogik texnologiya elementlari ko’rinishida tadbiq etildi (2018 yil 14 iun 21-son bayonnoma)



    Download 6,71 Mb.
    1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.