|
Kosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar, texnologiyasi
|
bet | 56/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeKosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar, texnologiyasi
Bugungi kunda samarali kosmetik vositalarini yaratish va assortimentini kengaytirish uchun yangi kimyoviy birikmalar ishlatilmoqda. Masalan, yangi organik sintez orqali olingan emulgator, pastalar, bo‘yovchi va hid beruvchi moddalar, xom ashyolarning yangi turlari (smolalar, plyonka hosil qiluvchilar, mumlar va h.k) SFM shular orasiga kiradi.
Zamonaviy kosmetologiyaning eng asosiy yo‘nalishi — kosmetik vositalarda BFMni ishlatish, ya’ni, vitaminlar, biogen stimulyatorlar, o‘simlik ekstraktlari, gormonlar, bakteritsid preparatlar, fermentlar, oqsil gidrolizatlar va ularning komplekslari. Bu yo‘nalish juda istiqbolli bo‘lib, kasalliklarning oldini olish va davolashda, ayniqsa, kosmetik defektlarni yo‘qotishda imkon beradi.
Agar kosmetik vositalar uzoq vaqt va doimiy ishlatilsa, unda kimyoviy moddalar epidermis orqali, soch follikullalari va yog‘ bezlarining chiqarish yo‘llari orqali so‘rilib, terida juda ko‘p o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi, ayrim paytda butun organizmning o‘ziga ham umumiy toksik ta’siri bo‘ladi. SHuning uchun sanoat miqyosida chiqarib, tibbiyotda qo‘llanilishi uchun faqat shunday kosmetik vositalarni ishlatish uchun ruxsat beriladiki, qachon ular eksperiment va klinik tadqiqotlardan o‘tgan bo‘lib, ularning bezarar va samaradorligi isbotlangan bo‘lsa, shuningdek, MTHlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lsa. Kosmetik vositalarda qo‘llanilgan komponentlar OST va DF talablariga to‘g‘ri kelishi va javob berishi kerak. Yangi kosmetik vositalari va yangi komponentlar sinalayotganda albatta preparatning zararsizligi aniqlanadi (o‘tkir va surunkali toksik xususiyati), qizartirish, yallig‘lanish, allergiya va o‘ziga xos spetsifik ta’sir ko‘rsatmasligi). Undan tashqari preparatning kanserogen va teratogen ta’sirlari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishi shart. Kosmetik vositalar retsepturasida yangi kimyoviy birikmalar bo‘lsa, ular umum qabul qilingan usullarda toksikologik baholanishi , ularning zaharliligi, turi va asosiy parametrlari keltirilishi lozim va shular qatorida butun retsepturaning toksikologiyasi o‘rganilgan bo‘lishi kerak.
Kosmetik vositalari sinalganda umumiy toksikologik baholanishdan tashqari yana ularning silliq teriga surtilganda (masalan krem va losonlar):
izotop usuli yoki boshqa usullar yordamida teri barerini, to‘sig‘ini moddalar o‘tkazuvchanligi;
gistologik, gistokimyo, gistoradiografiya va elektron mikroskop usullarida teri strukturasiga ta’sirini;
biokimyo ko‘rsatkichlarini;
terining va haroratga reaksiyasini o‘rganish lozim.
Kosmetik vositasining keng omma tomonidan ishlatilishi haqidagi yo‘riqnomani Farmakologiya markazi taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib chiqadi. Kosmetik mahsulotlari texnologik reglament asosida ishlab chiqariladi (texnologik talablar va retsepturasi) va albatta GOST 29189-91 O‘zRSSV tasdiqlagan SanPin №0337-16 qoidalariga rioya qilinishi kerak.
|
| |