Baxolash mezonlari
“Dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, vaziyatli masalalarni yochish, rejalashtirilgan amaliy topshiriqlarni bajarilishini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkaziladi;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. ON semestrda bir marta o‘tkaziladi (yozma va test ko‘rinishida);
|