Fanning maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi magistratura talabalariga zamonaviy dori turlarini turg‘unlashtirish, ularni texnologiyasini takomillashtirish, yoshiga qarab beriladigan (pediatrik va geriatrik) dorilarni yaratishning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqish, infuzion eritmalar, in’eksion eritmalar va ko‘z tomchilarini texnologiyasini takomillashtirish, ularni terapevtik samarasini oshirish yo‘llarini izlash, shuningdek, radiofarmatsevtik preparatlar texnologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi magistratura talabalariga yoshiga qarab beriladigan pediatrik va geriatrik dorilarda ishlatiladigan zamonaviy yordamchi moddalarni (korrigentlar, stabilizator va solyubilizatorlar) ular texnologiyasida qo‘llash asoslarini o‘rgatish, ularning texnologiyasini takomillashtirish masalalari, turg‘unlashtirish, zamonaviy jihozlanishiga oid bilimlar berish va bevosita amaliy mashg‘ulotlarda mustaxkam ko‘nikmalar ta’minlanishini muvofiqlashtirishdan iborat.
|