Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari
universiteti
5-seminar mavzusi: Hozirgi davrda
jahon mamlakatlari ta`lim tizimi va
pedagogika fani rivoji
HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI
TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI
RIVOJI
Reja:
1
Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi.
2 Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
3 Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global
tendentsiyalar.
4 Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.
Asosiy tushunchalar:
➢ ta’lim
➢ tizimi,
➢ integratsiya,
➢ model, loyiha,
➢ Xalqaro loyihalar.
XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) da yettita bosqich ko’rsatilgan.
0 – maktabgacha ta’lim;
1 – boshlang’ich ta’lim;
2 – o’rta ta’limning birinchi bosqichi;
3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi;
4 – o’rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas);
5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi;
6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi metablokli,
makroregional va
Lohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi.
Jahon ta’lim tizimining o’zaro aloqadorligi va o’zaro harakati elgilariga
ko’ra regionlarni bir necha turga bo’lish mumkin:
Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar
kiradi. Bunday regionga eng yorqin misol sifatida
G’arbiy Yevropani keltirish mumkin. Birlik g’oyasi 1990 yillardan
G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi
turga mansub regionlarga shuningdek, AQSh va Kanada kabilarni ham kiritish
mumkin.
Jahonda integratsion jarayonlarning generatori sifatida Osiyo-Tinch
okeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va
Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi
davlatlarni kiritish mumkin.
Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan
hududlar Lotin Amerikasi davlatlaridir.
Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan
regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining
katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator
davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol
davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi
minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko’pchiligi savodsiz.
Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda.
Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-
Fasoda – 2,4 yil, Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko’ra
ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og’ishlar kuzatilayotan hududlar
ajratib ko’rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa davlatlari
kiradi.
Ta`lim modellari tahlili
Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.
ERAZMUS – maqsad Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar talabalarinin mobilligini taminlash
(masalan, dastur doirasida 10% talabalar Yevropa mamlakatlaridagi muasssalarda o’qishga
borishlari kerak).
LINGVA — bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni
o’rganish samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.
EVRIKA – ushbu loyihaning maqsadi Sharqiy Yevropa davlatlari bilan
amalga ooshirilayotgan tadqiqotlarni uyg’g’unlashtirish.
ESPRIT — yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida Yevropa
universitetlalariri, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini birlashtirishni
talab etuvchi loyiha.
EIPDAS — arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va boshqarishni
takomillashtirish sohasiga doir dastur.
TEMPUS – Yevropa Ittifoqining hamkor-davlatlarda oliy ta’limni
rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturi. IRIS — xotin-qizlarning kasbiy ta’lim olish
imkoniyatlarini
kengaytirishgga yo’naltirilgan loyihalar tizimi.
Topshiriq. “Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi”
mavzusidagi
kontseptual jadvalni to’ldiring.
Xorijiy
davlatlar
Ta`lim tizimi
Maktabgacha
ta`lim
Umumiy o`rta
ta`lim
Professional ta`lim
Oliy ta`lim
AQSH
GERMANIYA
YAPONIYA
Document Outline - Слайд 1
- Слайд 2
- Слайд 3
- Слайд 4
- Слайд 5
- Слайд 6, Ta`lim modellari tahlili
- Слайд 7
- Слайд 8
- Слайд 9, Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.
- Слайд 10, Topshiriq. “Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi” mavzusidagi kontseptual jadvalni to’ldiring.
|