|
Toshkent kimyo texnalogiya instituti
|
bet | 1/3 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 301,63 Kb. | | #153051 |
Bog'liq Fosfogipsdan foydalanish muammosi
TOSHKENT KIMYO TEXNALOGIYA INSTITUTI
Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti
S12-20 gurux talabasi
____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________
fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: _________________________________________________________________________________________________________
Tekshirdi: __________________________
Toshkent-2024
Reja:
1. Kirish
2. Fosfogipsdan foydalanish muammosi
3. Muammoning dolzarbligi
4. Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi fosfor kul
5. Xulosa
“Kimyo sanoatiga juda katta mablag‘ berdik. Energiya samaradorligi jihatidan texnologiyalar yangilandi. Endi bu tarmoq qo‘shilgan qiymat beradigan vaqt keldi. Juda katta imkoniyatlar bor. Agar har bir yo‘nalish bo‘yicha miqdorini, sifatini, narxini joy-joyiga qo‘ysak, eksport 5—6 barobar oshadi”
Shavkat Mirziyoyev.
Kirish
Fosfogipsdan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish imkoniyatlari Turli sanoat chiqindilaridan samarali va tejamli foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy eng muhim ahamiyatga molik vazifadir. Hozirgi kunda fosfogipsdan foydalanish yoki uni qayta ishlash masalasi yangi qurilajak va mavjud kimyo zavodlarini ishlatishga to'siq bo'iib qolmoqda. Xomashyoni kompleks qayta ishlash borasida anchagina muvaffaqiyatlarga erishilgan bo'lsada, fosfogipsdan foydalanish muammosi avalgidek dolzarb bo'iib qolmoqda. Jahonda bir necha 100 mln tonnalab to'plab qolgan fosfogipsni mutlaqo kerak- siz, ishlatib bo'lmaydigan narsa deb hisoblash о rinsiz bo’lishi barchaga ravshan. Buning ustiga asosiy mahsulot bilan birgalikda ko‘plab fosfogips chiqindisi olinishi hali uzoq davom etadi, binobarin, fosfogipsdan foydalanish ilmiy xodimlar, muhandislar va iqtisodiyotchilardan katta e’tibor talab qiladi.
Asosiy ishlab chiqarilayotgan mahsulot bilan birgalikda vujudga keladigan fosfogips miqdori qayta ishlanayotgan har tonna fosforit yoki apatitga nisbatan 1,4 tonnadan 1,6 tonnagacha boiadi. Boshqacha qilib aytganda, fosfat xomashyosini qayta ishlaydigan zavod bir vagon fosforit yoki apatit olib, zavod hududidan fosfogips tarzida 1,5 vagon fosfogips chiqarib tashlashi kerak, uni olib borish va saqlash ko’plab mablag’ sarflashni taqozo etadi.
Bundan tashqari, sanitariya talablarini qondirishi, suvning tozaligini kuzatib turish va tirik mavjudotlami hayotini muhofaza qilish, ya’ni chiqindi suvlami yig’ib, ana shu suyuq muhit tarkibidagi fosfogips, ftor birikmalari, yuvilmay qolgan sulfat kislota, fosfor kislotalarini zararsizlantirish qo’shimcha mablag’ sarflashni talab qiladi. Fosfogipsdagi gips kristallari bir xil bo’lmaydi, ba’zi birlari- ning reshetkalarida (panjara) SO42- ioni, SiO42- va PO43+ ionlariga, kalsiy ioni esa Al3+, Fe3+ va siyrak yer elementlariga almashgan bo’ladi. Shuning uchun bunday sun’iy gips fosfogips deb ataladi. Bu holat oddiy texnologiya asosida fosfogipsdan olinadigan gips bog’lovchi moddalarning xossasini yomonlashtiradi. Biroq quyida sanab o’tiladigan maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida suvsizlantirish yoii bilan fosfogipsdan sifati xuddi eng yaxshi tabiiy xomashyodan hosil qilinadigandagidan qolishmaydigan tayyor bog’lovchi modda olish mumkin. Bu usullar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Suvda yuvish orqali P2O5 ning eriydigan shaklini yo’qotish.
2. Erkin fosfor kislotani ohak bilan neytrallash.
3. Ftor yoki xlor apatit tarzida H3PO4 ni cho’ktirish uchun ohak sutiga ftor yoki xlor qo’shib fosfogipsga ishlov berish
4. Fosfogipsga 120-150 darajali haroratda termik ishlov berish, keyin sulfat kislota va fosfor kislotalar aralashmasida suvsizlantirish.
Mazkur aralashmada H2SO4 konsentratsiyasi 0,5% ortadi, og irlik massasi nisbati H3PO4: H2SO4 birdan kam. Natijada hosil bo’lgan mahsulotda fosfor kislota miqdori 0,3 foizgacha, СаF2 miqdori esa 0,02 foizgacha kamayadi. Shu yo‘sinda olingan gips tabiiy gips xossalariga yaqinlashadi.
5. Birmuncha qoldiq kislotasi va qo'shimchalari bo'lgan fosfogipsda gips rN ini 7 dan oshirish uchun yetarli miqdordagi ohak yoki kalsiy gidrooksidi qo'shiladi. Keyin rN ni 7 ga qadar kamaytirish uchun kuydinb, aluminiy sulfat bilan ishlov beriladi.
6. Fosfogipsga issiqlik ta’sirida ishlov beriladi. Natijada kalsiy sulfat oraliq shaklga o'tadi. Issiqlik ta’sirida ishlov berilgan mah- sulot tarkibida yo ohak, yo ohakli sement, yo uch valentli temir sulfati, yoki ularning aralashmasi bo'lgan suv bilan aralashtiriladi. Shundan keyin kalsiy sulfat ikki suvli bo'lguniga qadar gidratlantiriladi, aralashmalar esa suvda erimaydigan shaklga kiradi. Yana issiqlik ta’sirida ishlov berilsa, yarim suvli kalsiy sulfat hosil bo'ladi.
7. Fosfogipsni 60-90° С bir yoki bosqichli gidroseparatsiya jarayoni yordamida tozalash oqibatida sof CaSO4*2H2O kristallari vujudga keladi. Yuqorida sanab o'tilgan usullardan biri yordamida fosfo gipsga ishlov berilgamdan keyin binokorlik gipsi va o'ta mustahkam gips, ohak gipsli bog'lovchi modda, fosfoangidrid sement va boshqalar singari havoda qotadigan bog'lovchi materi- allar hosil bo'ladi. Bundan tashqari, ishlov berilgan fosfogipsdan sifatli tabiiy ikki suvli gips o'mida ham foydalansa bo'ladi.
|
| |