|
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
|
bet | 1/7 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 435,25 Kb. | | #109211 |
Bog'liq SARDOR
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
TMJ-8-20 talabasi Nematxojiyev Sardorning texnologik mashina va qurilmalarni hisoblash asoslari fanidan
Mavzu: Gazlarni changlardan tozalash, siklon qurilmasini hisoblash va loyihalash.
Tayyorladi:Nematxojiyev S.
Tekshirdi:Kengboyev S.
Shahrisabz-2023
Reja:
Kirish
Umumiy tushunchalar
Ogirlik kuchi ta’sirida gazlarni tozalash
Inersion va markazdan kochma kuchlar ta’sirida gazlarni tozalash
Gazlarni suyuklik bilan yuvib tozalash
Siklonlarning moddiy balansi Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda . Shu sababdan ham mamlakatimiz salohiyati yuksaklarga tobora ko‘tarilmoqda. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoev rahnamoligida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, zamonaviy biznes infratuzilmasini rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizdagi makroiqtisodiy barqarorlik va qulay sarmoyaviy muhit a’sirida eng rivojlangan davlatlar, nufuzli moliya muassasalari mamlakatimiz bilan hamkorlik qilmoqda.Natijada xorijning ilg‘or va tejamkor texnologik liniyalari bilan jixozlangan korxonalar soni tobora ko‘payib, ular ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi maxsulotlar bilan ta’minlashga munosib ulush qo‘shmoqda. Zamonaviy kimyosanoatining xarakterli alomatlaridan biri organik sintezning tez sur’atlar bilan o‘sishidir. Kimyo sanoatining rivojlanishini muxim vazifalaridan biri sanoatning barcha tarmoqlarida va turmushda zamonaviy kimyo yutuqlaridan to‘la foydalanishdir, yangi, mukammalroq va arzon ishlab chiqarich vositalari va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishidir. Hozirgi kunda fan va texnikaning rivojini sanoatni deyarli barcha tarmoqlarida keng qo‘llaniladigan polimer materiallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Polimerlarni rangli va qora metallarni o‘rniga qo‘llaganda buyumlarni tannarxi va og‘irligi kamayadi. Polimerlar avtomobilsozlik, suv, havo va yer transportida, radioyelektronika va elektronika sanoatida, qurilishda, qishloq xo‘jaligida,tibbiyotda, oziq-ovqat va yengil sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Ammo sanoat tarmoqlarining polimerlarga bo‘lgan talabi, ularni ishlab chiqarish sur’atlaridan ilgarilab ketmoqda. Shunga monan yurtimizda neft maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi bir qator zamonaviy texnologoyalar asosida ishlovchi
majmualar barpo etilgan va rejalashtirilgan.Yangi kimyoviy ishlab chiqarishni barpo etishda muhandis-texnologlar yetakchi o‘rinni egallaydi Ular korxonaning barcha bosqichlarida, ya’ni u yoki bu mahsulotga talabni aniqlashdan tortib, to ishlab chiqarishni sinash va o‘zlashtirishgacha bo‘lgan ishlarda faol qatnashadilar. Muhandis- texnologning ishi o‘ta mas’uliyatli bo‘lib, bunga laboratoriya tadqiqotlari yo‘nalishini va ishlab chiqarish usulini tanlash, adabiyot ma’lumotlari va laboratoriya tadqiqotlari, pilot yoki tajribasanoat qurilmalari natijalariga ko‘ra, mahsulot olinadigan turli usullarni solishtirish va baholash kiradi. Har qanday ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda barcha texnik-iqtisodiy va texnologik hisoblar asosida (xomashyo bo‘yicha sarflash koyeffítsiyentlari va energiya va jihozlarning o‘lchamlari harada miqdori va boshqalar) bajariladi.
Sanoat obektini loyihalash bosqichida muhandis kimyogar texnologloyihalash institutining ko‘p bo‘limlari ishlarini boshqaradi, u dastlabkima’lumotlarni beradi va turli sohalardagi mutaxassislarmexanik, energetik,issiqlik texnigi, quruvchi, iqtisodchi va boshqalarga topshiriq tayyorlaydi
|
| |