|
Toshkent kimyo texnologiyalar instituti yangiyer filiali
|
bet | 1/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 30,67 Kb. | | #228711 |
Bog'liq 3 Sanoatda elektroliz jarayonining qo’llanilish — копия
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYALAR INSTITUTI YANGIYER FILIALI
S-801-23 guruh 1-bosqich talabasi
________________________________ning
Kimyo fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Sanoatda elektroliz jarayonining qo’llanilishi.
Topshirdi : ____________________________________
Qabul qildi : ____________________________________
Reja
Elektroliz to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar
Osh tuzi eritmasining elektrolizi.
Alyuminiy ishlab chiqarish
Elektroliz jarayonining sanoatda qo’llanilishi Elektroliz to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar
Elektrkimyo kimyoviy va elektr energiyalar orasidagi bog‘lanishlarni va bir—biriga o‘zaro o‘tishlarini o‘rganadi, Masalan, kimyoviy reaksiya (galvanik elementlarda) elektr energiya manbai bo‘lishi mumkin; elektr energiya (doimiy tok) o‘z navbatida elektrodlar yordamida kimyoviy sistemaga kiritilsa kimyoviy reaksiya—elektroliz, ya’ni elektrolitni parchalab elektrodlarda ionlarning razryadlanishi mahsulotlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Sanoatda elektr energiyasi ta’sirida sodir bo‘ladigan oksidlanish—qaytarilish jarayonlariga elektroliz deyiladi. Elektroliz elektrolitik vanna yoki elektrolizyorlarda amalga oshiriladi.
Elektr o‘tkazuvchi materiallarning ikki turi mavjud. Birinchi turdagi o‘tkazgichlar metall yoki elektron o‘tkazgichlar deyiladi. Ularga metallar, ularning qotishmalari, ko‘mir, grafit va h.k. kiradi.
Ikkinchi turdagi o‘tkazgichlar—elektrolitlar bo‘lib, ularga tuzlar, kislotalar, asoslarning eritmalari yoki suyuqlanmalari kiradi. Ular ion o‘tkazgichlar deyiladi. Miqdoriy tarafdan elektroliz jarayoni Faradey qonunlariga bo‘ysunadi.
Ikkinchi turdagi o‘tkazgichlar—elektrolitlar bo‘lib, ularga tuzlar, kislotalar, asoslarning eritmalari yoki suyuqlanmalari kiradi. Ular ion o‘tkazgichlar deyiladi. Miqdoriy tarafdan elektroliz jarayoni Faradey qonunlariga bo‘ysunadi.
Faradeyning birinchi qonuniga ko‘ra, elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning og‘irlik miqdori elektrolitdan o‘tgan elektr miqdoriga proporsionaldir
m- elektrodda ajralgan moddaning og‘irlik miqdori, g.
+- elektr miqdori
K- elektrokimyoviy ekvivalent
|
| |