|
- bank kartasi egasidan uning yo'qolganligi yoki o'g'irlanganligi haqida ariza qabul qilinganda
|
bet | 3/3 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 7,9 Kb. | | #132656 |
Bog'liq Toshkent moliya instituti Mavzu Plastik kartalarning afzallikla-fayllar.org- bank kartasi egasidan uning yo'qolganligi yoki o'g'irlanganligi haqida ariza qabul qilinganda;
- PIN-kodni ketma-ket 3 marta noto'g'ri terilganda;
- tergovchi, surishtiruvchi, sud ijrochisi yoki sudning bank hisobvarag'idagi operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risidagi qarori olinganda;
- bank kartochkalaridan foydalanish to'g'risidagi shartnomada belgilangan boshqa hollarda.
- Mijoz quyidagilar orqali to'lov kartasini mustaqil ravishda bloklab qo'yishi mumkin:
- bankning internet-saytidagi shaxsiy kabineti (internet-banking xizmati yoqilgan bo'lsa);
- xizmat ko'rsatuvchi bankning yoki to'lov xizmati ko'rsatuvchilarning (Uzcard, PayMe, Click va b.) mobil ilovasi.
Bankomat kartani qaytarmayapti
Bu quyidagilar oqibatida sodir boʻlishi mumkin:
ketma-ket uch marotaba notoʻgʻri PIN-kodni kiritish;
bankomat ishida nosozlik;
mijoz kartasini olishi uchun ajratilgan vaqt limitining tugashi.
Har bir bankomatda uni servis jihatidan qoʻllab-quvvatlovchi bank boʻlimining telefon raqami bor. Bankomatdan nari ketmay u yerga qoʻngʻiroq qiling va ishlamayotgan bankomatning joylashgan joyini ma’lum qiling. Agar kartani bermagan bankomat ishi va servisiga javob beradigan bank bilan bogʻlanishning iloji boʻlmagan boʻlsa, emitent-bankka qoʻngʻiroq qilib, kartani blokirovka qilishni soʻragan ma’qul.
T
elefon raqamlari bankomatda koʻrsatilmagan yoki ular yaхshi koʻrinmagan taqdirda, oʻz bankingizning mijozlarni qoʻllab-quvvatlash call-markaziga qoʻngʻiroq qiling. Bankdan kartani olganda albatta karta bergan bankning telefon raqamini yozib oling. Bu unda mablagʻlarning saqlanishiga koʻmak beradi.
Karta bankomat bilan yuzaga kelgan muammo haqida bankka хabar berilgandan keyin bir necha kundan keyin qaytariladi. Uni olish uchun ariza yozishga toʻgʻri keladi. Kartadan yechib olinishi rejalashtirilgan summani bank boʻlimidan olish mumkin, biroq buning uchun uning raqamini bilish hamda yoningizda pasport yoki boshqa shaхsni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.
Xulosa
Plastik kartochkalarning naqd pullarga nisbatan yana bir qo’shimcha afzalligi shundan iboratki, uni yo’qotish mumkin emas. Butun dunyoda plastik kartalarni ishlatishning qulayligi, oddiyligi va ishonchliligi munosib baholangan. Bank kartalari – bu zamonaviy, qulay va Sizning pulingiz havfsizligini kafolatlovchi elektron hamyondir.
http://fayllar.org
|
| |