• Raqamli texnologiyalar transferi
  • Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/442
    Sana19.06.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #264348
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   442
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

    Texnologik platforma 
    – yangi tijoriy raqamli 
    texnologoyalar, mahsulotlar, hizmatlar yaratishda qo’shimcha zahiralarni jalb etish 
    uchun barcha qiziquvchilarni (
    shu jumladan, davlat, fan, biznes va jamiyat 
    a’zolarini
    ) birlashtirish imkonini beradigan kommunikatsion imkoniyatdir. Uning 
    vositasida biror bir ilmiy-texnik innovatsiyani amalga oshirayotgan firma va 
    tashkilotlardan iborat bo’lgan klasterlarga (
    birlashmalarga
    ) kerakli bo’lgan 
    ko’mak ko’rsatiladi. 
    Klasterlar
    esa raqamli texnoligiyalarda yangilik kutilayotgan 
    yo’nalishlarda tashkil qilinib, uning vositasida yangi bozorbop imkoniyatlar 
    topiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jihatdan rivojlangan va endigina 
    rivojlanayotgan ko’pgina mamlakatlar eng yangi raqamli innovatsion 
    yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida klasterlar tashkil qiladilar.
    Ilm-fan va ishlab chiqarish birlashishining yana bir asosiy imkoniyatlaridan biri 
    raqamli texnologiyalar transferining bozoriy mexanizmini yaratishdir. 
    Raqamli 
    texnologiyalar transferi
    jarayonini tezlashtirish uchun mamlakatdagi korxonalarni 
    olimlar bilan hamkorlikda yangi raqamli texnologiyalarni topa olishiga va 
    olimlarning biznes topshiriqlarni bajara olishiga qiziqish uyg’otadigan mexanizmni 
    yaratish kerak bo’ladi. Bu mexanizm sifatida raqamli texnologiyalar transferini 
    amalga oshirish uchun tashkil qilingan konsortsiumlarga davlat tomonidan yordam 
    berilishini ko’rsatish ham mumkin. Agarda korxona olimlar tomonidan ishlab 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    chiqarilgan yangilikni bozorga olib chiqishga tayyor bo’lsa, uning ilmiy 
    tashkilotlardagi mualliflari o’z ilmiy natijalarini ishlab chiqarishgacha yetkazishga 
    tayyor bo’lsalar, u holda ushbu faoliyat loyihalashtirish asosida davlat tomonidan 
    moliyalashtirilishi lozim. Bu holatda raqamli texnologiyalarni oxirigacha yetkazish 
    uchun ketgan mablag’larni to’liq yoki qisman davlat tomonidan qoplanishi zarur, 
    ilmiy tekshirish instituti esa tayyor mahsulotni sotishdan olingan foydaning bir 
    qismiga ega bo’lishi nazarda tutilishi kerak (
    shundagina u konsortsiumda 
    to’laqonli ishtirok etishga qiziqish bildiradi
    ). 
    Raqamli innovatsion faoliyat doirasidagi korxonalarning faolligi yuqorida 
    keltirilgan innovatsion tashkilotlar bilan aloqasi qanchalik yaxshi yo’lga 
    qo’yilganligi bilan aniqlaniladi. Raqamli innovatsiyalar yaratish jarayonida 
    innovatsion firmalar fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyot sohalaridagi 
    ma’lumotlar bilan ta’minlanishlari hamda moliyaviy, huquqiy va siyosiy jihatdan 
    qo’llab-quvvatlanishga erishishlari lozim. Shuning uchun ham bilimlarga 
    asoslangan raqamli iqtisodiyotda innovatsion yoki yaratuvchanlik infratuzilmasi 
    juda katta ahamiyatga ega bo’ladi. 

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   442




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari

    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish