Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Konfidentsiallilik
– bu informatsiyaning saqlanishida va uzatilishida
ma’lumotlarni ruhsat berilmagan o’qishdan himoya qilishdir. Bu
shirflash orqali amalga oshiriladi;
Ma’lumotlardan foydalanishning nazorati
– informatsiyadan faqatgina
ruxsat berilgan insonlar foydalana olishi kerak;
Autentifikatsiya
– ma’lumot uzatuvchi kimliginai aniq bilish
imkoniyati. Buni elektron raqamli imzo va sertifikat amalga oshirib
beradi;
Butunlilik
– informatsiyaning saqlanish va uzatilish jarayonida
ruxsatsiz o’zgartirila olinmasligi. Bu talab elektron raqamli imzo va
imitohimoya orqali bajariladi;
Informatsiyadan voz kecha olmaslik
– bu ma’lumot uzatuvchining o’zi
jo’natgan ma’lumotlardan tonmasligini ta’minlab beradi. Bu ham
elektron raqamli imzo va sertifikat orqali ta’minlanadi.
Endi elektron raqamli imzo hosil qilishda ishlatiladigan bir qancha
ommabop algoritmlarni ko’rib chiqamiz. Muloqotdagi ikkala tomon
shifrlangan ma’lumotlarni o’zaro almashina olishlari uchun ular ishlatadigan
algoritm va kalit (
komp’yuter texnikasi ishlatilganda kalit bu son yoki
alfavit-raqamli simvollar ketma-ketligidir
) to’g’risida kelishib olishlari
lozim. Shifrlash algoritmlari bir necha yillar davomida yaratiladigan va
sozlanadigan matematik funktsiyadir. Ba’zi bir algoritmlar barchaga ma’lum
va mashhur bo’lsa, boshqalari mahfiy va konfidentsialdir. Eng taniqli
ommabop algoritmlar sifatida