Bog'liq Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020
TechCrunch ning habar berishicha, xakerlar
NiceHash kriptobirjasini buzib,
undan 60 milliondan ko’proq dollar mablag’ni o’girlashga erishdilar. Natijada 5
mingdan ortiq bitkoin yo’qolishi kuzatildi. Belorussiya davlati “
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ” deb nomlangan dekret kuchga kirgandan so’ng, milliy
darajada smart-kontraktlarni legallashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi.
Bu haqda Belorussiya
Yuqori texnologiyalar parki saytida habar berilgan. Ushbu
texnopark tokenlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha loyihalarni
hayotga tadbiq qilish uchun mo’ljallangan tajriba maydoni hisoblanadi. Mamlakat
prezidentining bildirishicha, dekret respublikada information texnologiyalari,
kriptovalyutalarni
va
blokcheyn
texnologiyasini
rivojlantirishga
hamda
mamlakatga transmilliy
IT -kompaniyalar kelishiga qulay imkoniyatlar yaratadi.
Uning aytishicha “Yangi dekret ICO larni, kriptovalyutalarni va smart-
kontraktlarni (
blokcheyn texnologiyasi asosida kontraktlar tuzish va uni bardavom etishga mo’ljallangan komp’yuter dasturi ) qonuniylashtiradi”. Dekret tokenlar
yaratish, ularni almashtirish, saqlash, joylashtirish, sotib olish hamda kriptobirjalar
va kriptovalyutalar platformalari faoliyatiga doir hech qanday chegaralashlar va
mahsus talablarni nazarda tutmaydi. Yuqori texnologiyalar parkining bildirishicha
“
Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan mayning faoliyati, tokenlarni sotish, almashtirish hamda joylashtirish tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi va tokenlar deklaratsiya qilinmaydi. Mayning faoliyati, tokenlarni yaratish, sotish va sotib olish esa 2023 yilgacha soliqqa tortilmaydi ”. Ammo bu ish Belorussiyada
elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojni ancha oshiradi, chunki mayning juda ham
katta elektr energiyasini talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatda nisbatan
arzon elektr energiya ishlab chiqarishga imkon beradigan atom elektr stantsiyalari
qurilmoqda va yana yangilarini qurish rejalashtirilmoqda (
Buni Rossiyaning “Atomstroyeksport” tashkiloti amalga oshirmoqda .
Natijada 2019-2020 yillarga kelib atigi ikkita energoblok mamlakatga 2Gvt arzon atom elektr energiyasi ishlab chiqarib beradi ). Rossiya prezidenti ham 2019 yil 1 iyuligacha kriptovalyutalar
aylanmasi va
ICO haqidagi qonunlani ishlab chiqishga topshiriq bergan. Chunki
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Rossiyada ham kriptovalyutalar bozorida ishlovchilar soni borgan sari oshib
bormoqda.2017 yilning dekabr oyi boshida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro
ham mamlakatda 100 mln
ElPetro kriptovalyutasini chiqarish haqida topshiriq
bergan. Ushbu kriptovalyuta mamlakatda chiqarilayotgan neft bilan ta’minlanadi –
ya’ni