• 2005-2010 yillar : Raqamli iqtisodiyotning o’sish davri – bu davrda elektron hizmat ko’rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi. 2010-2015 yillar
  • 2015-2020 yillar
  • 4.0-Industriya
  • Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/442
    Sana19.06.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #264348
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   442
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

    1.5. Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari 
    Agarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi shartli ravishda 1990 yildan 
    boshlangan deb qabul qilsak, u holda uning quyidagi bosqichlari borligini qayd 
    qilishimiz mumkin: 
    1990-2005 yillar
    : Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelish davri bo’lib, bu davr 
    to’rt qismdan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin – dotkomlar davri, yangi 
    elektron hizmatlar ko’rsatish bozorlarining rivojlanishi, elektron biznesning yuzaga 
    kelishi va elektron tijorat. 
    2005-2010 yillar
    : Raqamli iqtisodiyotning o’sish davri – bu davrda elektron 
    hizmat ko’rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi.
    2010-2015 yillar
    : Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo’lib, unda onlayn 
    imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an’anaviy biznesga ham asta-
    sekinlik bilan kirib kela boshladi.
    2015-2020 yillar
    : Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib 
    kelishi va an’anaviy biznes modellarning transformatsiyasi hamda bir qancha yangi 
    elektron biznes modellarining paydo bo’lishi. 
    2020-2030 yillar
    : Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga 
    oshirilishi, ya’ni, raqamlashtirishni tizimli yondoshuv asosida amalga oshirib, 
    ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish. 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    4.0-Industriya
    biznesning 
    va 
    mamlakatning 
    global 
    miqyosdagi 
    raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqaruvda raqamli 
    texnologiyalar texnik va dasturiy ta’minotlari vositasida tub o’zgarishlarni amalga 
    oshirishdir. Demak, 
    4.0-Industriya
    o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va 
    boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi 
    zanjirlararo (
    insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo

    raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. 
    Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
    sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning 
    global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada 
    oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy 
    mustaqillikni ta’minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq 
    qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi: 

    Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni 
    yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi; 

    Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, 
    tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy 
    ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi; 

    Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini 
    ta’minlaydi; 

    Mamlakatdagi 
    turli-tuman 
    kompaniyalarning, 
    firmalarning, 
    davlat 
    korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi

    Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan tashkilotlar hosil 
    bo’lishiga olib keladi va boshqalar. 
    Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini 
    amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak: 

    O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish; 

    Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini 
    yaratish; 



    Download 5,43 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   442




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari

    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish