• Know-Your-Customer (KYC
  • Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/442
    Sana19.06.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #264348
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   442
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

    Litecoin (https://litecoin.org)
    – kapitalizatsiyasi 4 milliard dollardan ortiq 
    bo’lgan kriptovalyuta 
    Namecoin (https://namecoin.org) – 
    blokcheyn texnologiyasi yordamida 
    domen nomili markazlashmagan tarmoqlar hosil qilish imkonini beradi. Namecoin 
    tizimining yana boshqa maqsadlaridan biri, internetga ulangan komp’yuterlar 
    uchun manzillar tizimini tuzish bo’lib, u hozirda mavjud bo’lgan amerika 
    kompaniyalariga tegishli 
    DNS
    (
    Domain Name System
    ) tizimini yangisiga 
    almashtira olishligidir.
    OneCoin (http://www.onecoin.eu) – b
    u kroptovayuta tizimi hozirgi vaqtda 
    o’z bloklarida operatsiyalarning to’liq shaffofligini ta’minlab beradigan 
    Know-Your-Customer (KYC
    ) turidagi hujjatlarni saqlaydigan dunyodagi birinchi 
    kriptovalyuta tizimidir. 
    Vashingtondagi Djordjstoun universitetidagi bir guruh mutaxassislar sun’iy 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    intellektdan foydalanadigan yangi kriptovalyuta chiqarish taklifi bilan chiqdilar 
    (
    Cryptocurrency with a Conscience: Using Artificial Intelligence to Develop 
    Money 
    that 
    Advances 
    Human 
    Ethical 
    Values 
    // 
    http://www.finyear.com/attachment/641777
    ). 
    Ularning 
    firklaricha, 
    kriptovalyutalar butun dunyodagi insonlarning imkoniyatlarini va iqtisodiy 
    huquqlarini kehgaytirishga imkon yaratadilar (
    Virtual Currencies; Bitcoin & What 
    Now 
    after 
    Liberty 
    Reserve, 
    Silk 
    Road, 
    and 
    Mt. 
    Gox? 
    // 
    https://papers.ssrn.com/sol3/papers. 
    cfm?abstract_id=2393537
    ). 
    Albatta 
    kriptovalyutalar jinoiy faoliyatni amalga oshirishga ham o’z hissalarini qo’shadilar 
    va buning oqibatida jamiyat hamda insonlarga kattagina zarar yetkazishlari 
    mumkin. Ammo, kriptovalyuta himoyachilarining fikrlaricha, kriptovalyutalarning 
    etik normalari sifat jihatidan qandaydir yangi narsalar emas, chunki ilgari ham, 
    hozir ham pullar biror bir etik normalar bilan bog’liq bo’lmagan passiv 
    substantsiya sifatida qabul qilingan. Har qanday ko’rinishdagi pul yoki pullar 
    yaxshi maqsadlarda ham, yomon maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin, albatta. 
    Ba’zi bir guruh mutaxassislar esa pulning neytral deb baholanishiga qarshi ham 
    chiqadilar. Haqiqatan ham, sun’iy intellect, kriptografiya va etiketning sun’iy 
    intellectli dasturlari joylashtirilgan komp’yuterlar etik jihatdan neytral bo’la 
    olmaydilar, balki ular pullarning qanday ishlatilishini ham nazorat qila va boshqara 
    oladilar. Bunday natijalarga erishish uchun intellectual platformalardagi 
    kriptovalyutalar yaratishning texnologik asoslarini ishlab chiqib, undan so’ng, 
    bunday kriptovalyutalarni ishlatishning huquqiy, etik, sotsiologik, psixologik, 
    texnologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlarini o’rganib chiqish kerak bo’ladi. Ammo, 
    real pul qiymatiga va etik ko’rsatgichlarga ega bo’lgan kriptovalyutalarning 
    rivojlanishi insonlarga o’z kompaniyalarining ichki korporativ etikasiga va uning 
    xolatiga ham ta’sir qilish imkonini beradi. Lekin bunday avtonom va 
    boshqariluvchan kriptovalyutalar (
    Autonomous Ethically Guided Cryptocurrency, 
    AEGC
    ) yaratish jarayoni hali-hanuz to’la-to’kis poyoniga yetgani yo’q va bu 
    vaqtinchalik holat, albatta.

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   442




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari

    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish