Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari




Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/442
Sana19.06.2024
Hajmi5,43 Mb.
#264348
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   442
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

2.4. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari 
Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan modellarni siqib 
chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich 
holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan 
ochiq tarmoq 
korxonalari
tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
imkoniyatlar mavjud. Faraz qiling, taqsimlangan raqamli model moliyaviy 
hizmatlarning sakkizta funksiyasini – jismoniy shaxslarga bank hizmatlari 
ko‘rsatish va fond bozorlaridan tortib, sug‘urta va buxgalteriya hisobigacha 
bo’lgan hizmat turlarini o’zgartirmoqda yoki asta-sekin siqib chiqarmoqda. 
Raqamli texnologiyalar va blokcheyn yordamida o‘zini yaxshi tomondan 
ko‘rsatgan kompaniyalar ham, yangi kompaniyalar ham innovatsiyalarni yaxshiroq 
amalga oshiradigan, kamroq harajatlar bilan yaxshiroq qiymat yaratadigan, moddiy 
boylik ishlab chiqaruvchilarga ular yaratgan boylikdan hamma joyda foydalanish 
imkonini 
beradigan 
biznes-arxitekturalar 
yaratishi 
mumkin.Blokcheyn 
texnologiyasi «
Vikinomika
» kitobida atroflicha tavsif berilgan ayrim biznes-
modellarni yangi darajaga olib chiqadi. Hayot yarayoniga yangilik sifatida 
kiritilgan elektron raqamli to‘lov tizimlari, nufuzni boshqarish tizimlari, tsenzura 
qilinmaydigan kontent, ishonch talab qilmaydigan tranzaksiyalar, smart-
shartnomalar va mustaqil agentlar – blokcheyn-inqilobning asosiy innovatsiyalarini 
qo‘shgan holda yangi turdagi ishlab chiqarish, ommaviy iste’mol, ochiq 
platformalar, umumiy axborot makonidagi yangi hukumat, butunjahon virtual tsexi 
va ijtimoiy ish o‘rinlarini qanday rivojlantirish mumkin ekanligini quyida ko‘rib 
chiqamiz. 

Download 5,43 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   442




Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari

Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish