|
Toshkent shahar atmosfera havosining ifloslanish darajasi va uning umumiy holati
|
bet | 3/7 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 395,27 Kb. | | #110529 |
Bog'liq Atmosfera Davlat ekologiya qo‘mitasi Matbuot xizmati Barchangizga ma’lumki o‘tgan asrning II-yarmidan boshlab sayyoramizda global isish tendensiyasi kuzatilib, ushbu holat O‘zbekiston hududida ham yildan yilga oshib bormoqda. Iqlim o‘zgarishlari – hayotimiz sifatiga bevosita ta’sir qilayotgan zamonaning asosiy muammolaridan biriga aylandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra so‘nggi 20 yilda tabiiy ofatlar natijasida 1,2 mln. kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, iqtisodiyotga yetkazilgan zarar 3 trln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, tabiiy ofatlar 5 baravarga ortib, 11 mingdan ortiq yirik tabiiy ofatlar yuz bergan. - Barchangizga ma’lumki o‘tgan asrning II-yarmidan boshlab sayyoramizda global isish tendensiyasi kuzatilib, ushbu holat O‘zbekiston hududida ham yildan yilga oshib bormoqda. Iqlim o‘zgarishlari – hayotimiz sifatiga bevosita ta’sir qilayotgan zamonaning asosiy muammolaridan biriga aylandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra so‘nggi 20 yilda tabiiy ofatlar natijasida 1,2 mln. kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, iqtisodiyotga yetkazilgan zarar 3 trln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, tabiiy ofatlar 5 baravarga ortib, 11 mingdan ortiq yirik tabiiy ofatlar yuz bergan.
- Ma’lumot uchun: Kelgusi 30 yilda iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlarini bartaraf etishga jahonda 8 trln. dollar sarflanishi va 2050 yilgacha dunyo Yalpi ichki mahsuloti 3 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda.
- Meteorologik kuzatuv natijalari respublikamiz hududida chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining qisqarishi kabi salbiy ko‘rinishlarni qayd etmoqda.
- Masalan kuzatuvlar so‘nggi 7 yil eng issiq yil bo‘lganini shundan, 2016 (+1,70S) va 2021 (+1,90S) yillarda maksimal harorat qayd etilgan.
Kech bahorda va yoz oylarida anomal issiq davrlarning takroriyligi va jadalligi ortib bormoqda. Orol bo‘yi hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari ushbu hodisaga ko‘proq moyildir. So‘nggi 5 yil ichida ushbu hududda deyarli har yili maksimal havo harorati rekordlari yangilandi. Ushbu hududlarda havo harorati 40° va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni ortib, g‘ayritabiiy issiq kunlar soni 25 dan 40 kungacha (me’yor 15-30 kun) yetdi. - Kech bahorda va yoz oylarida anomal issiq davrlarning takroriyligi va jadalligi ortib bormoqda. Orol bo‘yi hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari ushbu hodisaga ko‘proq moyildir. So‘nggi 5 yil ichida ushbu hududda deyarli har yili maksimal havo harorati rekordlari yangilandi. Ushbu hududlarda havo harorati 40° va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni ortib, g‘ayritabiiy issiq kunlar soni 25 dan 40 kungacha (me’yor 15-30 kun) yetdi.
- O‘tgan 2021 yilda yog‘ingarchilikning kam yog‘ishi, haroratning yuqori bo‘lishi natijasida qurg‘oqchilik xavfi oshdi. 2021-yil boshida tog‘larda kam shakllangan qor qoplami yil davomida suv yetishmovchiligini kuchaytirdi. Natijada, Markaziy Osiyo mamlakatlarida cho‘llashish va yaylovlarning qisqarishi kuzatildi.
- Yaylovlarning qisqarishi, yashillilik, o‘simlik qoplamini kamaytirdi. Davomli issiq haroratlar va uzoq muddat kuzatilmagan yog‘ingarchiliklar cho‘l va chala cho‘l, hatto ayrim adir mintaqalarida ham tuproq qatlami namligi va uning mustahkamligini kamaytirdi.
|
| |