Mavzu: Multimediya vositalari. Ovozli ma’lumotlar bilan ishlash qurilmalari




Download 360,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.11.2023
Hajmi360,12 Kb.
#107779
1   2   3   4   5
Bog'liq
MT№1 TurgunovaZ dav1 (1) (2)

Mavzu: Multimediya vositalari. Ovozli ma’lumotlar bilan ishlash qurilmalari 
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. 
Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 
- axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), 
original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va 
boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya 
axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, 
audiotizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, 
elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida 
bajariladi. 
- muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan 
farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib 
chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish 
uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining 
o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va videoxotira katta sig‘imli tashqi xotira 
(ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi 
tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi. 
- "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot 
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, 
mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon 
beradi. 



Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta 
tayyorlashni yo‘lga qo‘yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia 
tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o‘zi nima degan 
savol tug‘iladi? Ko‘pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. 
Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy 
vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyektlarining 
fazodagi xarakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib 
berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir. 
Rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta’lim sohasi 
yo‘nalishlari bo‘yicha tatbiq qilinmoqda. Xatto, har bir oila multimedia 
vositalarisiz hordiq, chiqarmaydigan bo‘lib koldi. Multimedia vositalarining 1981 
yildagi yalpi aylanmasi 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 1994 yili esa 
16 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Xozirgi kunda esa sotilayotgan har bir 
kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kompyuterlarning 
70-yillarda ta’lim soxasida keng qo‘llash yo‘lida urinishlar zoye ketganligi, 
avvalombor, ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog‘liq edi. Amaliyot 
shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki 
barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim 
olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada 
uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish 
(video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. 
Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda 
mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi. 
Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir 
bor ishonch hosil qildik. 
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega: 
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati 
bor; 
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada 
ortadi: 



c) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; 
d) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda 
amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo‘lida Jahon Valyuta Fondi, 
Umumjahon banki, Yevropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katta 
tajribaga egadirlar. Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan 
seminar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil 
qildik. Avvalambor, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan 
foydalanish taxsinga sazovordir. 
O‘z o‘rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim obyektiv 
muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi – o‘quvchilar uchun kerak 
bo‘lgan o‘quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib 
kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter 
dasturlarida multimedia elementlarini qo‘llash esa, kompakt disklarni (lazer 
disklari) qo‘llashni talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko‘rinishdagi kompakt 
disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo‘qdir. Bular ma’lum bir 
miqdordagi mablag‘ni oldindan jalb etishni talab qiladi. 
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o‘quvchilarga 
ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va 
yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi. 
Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning eng rivojlanib 
borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma’lum bir 
masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. O‘qituvchi va o‘quvchining 
ma’lum bir masofada joylashganligi, o‘qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, 
sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o‘quv ishlarini tashkil 
qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib 
borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya 
sohasiga o‘ziga xos tarixiy o‘zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha 
o‘quv yurtlarini va biznes bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi 



asosida birlashtirilsa, o‘qitish jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori 
pog‘onaga olib chiqadi. 
Distant uslubi asosida o‘qitish quyidagi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi: 
Interaktiv texnologiyalar: 
- audiokonferensiyalar ; 
- videokonferensiyalar ; 
- ish stolidagi videokonferensiyalar ; 
- elektron konferensiyalar ; 
- ovoz kommunikatsiyalari ; 
- ikki tomonlama sputnik aloqa ; 
- virtual borliq ; 
Nointeraktiv texnologiyalar: 
- bosib chiqarilgan materiallar; 
- audiokassetalar; 
- videokassetalar; 
- bir tomonlama sputnik aloqa; 
- televizion va radio ko‘rsatuvlari; 
- disketa va CD-ROM lar. 
Avvalombor, distant uslubi asosida o‘qitish, jug‘rofiy jihatdan uzoqda joylashgan 
maktablar va akademik ta’lim uchun mo‘ljallangan edi. Lekin, zamonaviy 
axborotlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta’lim-
tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo‘l ochib berdi. 
Natijada distant uslubi asosida o‘qitish, tez vaqt ichida ko‘pgina maktablarda, 
tijoratchilar ichida va ishlab chiqarish korxonalarida keng qo‘llanila boshladi va 
o‘qitishda yangi uslublarni qo‘llashga yana bir turtki bo‘ldi. Distant uslubi asosida 
o‘qitishning Xalqaro kengashining tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda 
jahonda 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda. AQSH 
da shu uslub asosida o‘qitish maqsadida yangi o‘quv markazlari barpo etilmoqda. 
Shunday qilib, ular milliy kadrlarni zamon talabi asosida tayyorlash va qayta 
tayyorlash uchun olg‘a qadam qo‘yishmoqda. 



Distant uslubining quyidagi afzalliklari mavjuddir: 
a) o‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi ilm 
tolibini o‘qitadi, o‘quvchi esa faqat berilgan materialni o‘qiydi. Taklif 
qilinayotgan distant metodi asosida esa o‘quvchilarning o‘zlari kompyuterlar 
asosida axborotlar bankidan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topadi va albatta 
o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu 
esa o‘quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi va o‘z 
o‘rnida bunday mexnat ta’lim olishni rag‘batlantiradi. 
b) mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta’lim 
berish – boshlang‘ich, o‘rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish 
bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar 
o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o‘zining 
darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin. 
c) ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Distant uslubi asosida ta’lim berish turi 
millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta’lim 
olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish 
kadrlarni tayyorlashda judayam katta ro‘l o‘ynamoqda, ya’ni jug‘rofiy va 
moliyaviy qiyinchiliklarsiz o‘zining ishlab turgan o‘rnida ilm topishi mumkindir. 
g) o‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar 
shuni ko‘rsatmoqdaki, distant uslubi asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda o‘qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida 
ta’lim olish universitet tomonidan qo‘yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. 
Bunday asosda ta’lim olayotgan talabalar yoki o‘quvchilarning boshqalardan 
ustunligi - ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o‘qituvchilar bilan 
ta’minlanishidir. Ta’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, 
o‘qituvchi auditoriyada o‘qitish shartlaridan holi bo‘lishi kerakdir. Distant uslubi 
asosida o‘qitishning o‘quv qoidalaridan kelib chiqsak, soliq, inspektorlari 
INTERNET turi orqali jahon bo‘yicha sayohat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, 
ta’lim berish uslubining o‘zgarishi bilan uning shakllari ham o‘zgarishi shartdir. 



Xozirgi kunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri INTERNET tarmog‘ig‘a kirish xizmati distant 
uslubi asosida ta’lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferensiyalari 
va ma’lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor 
kanalning rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o‘z ichida INTERNET 
tarmog‘iga 
kirishning 
uchta 
asosiy 
xizmatini 
mujassamlashtiradi 
va 
foydalanuvchining interfeysini (muloqoti) yanada takomillashtirishga yordam 
beradi. Masalan, maltikast texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va 
multimedia kompyuterlarining mavjudligi INTERNET tarmog‘i orqali video-
konferensiyalarni yulga qo‘yishga imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant 
axborotlashgan tarmoq o‘quvchilarning distant uslubi asosida zamonaviy bilim 
olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib 
beradi. 
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy 
tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining 
paydo bo‘lishi, shubhasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Multimedik tizimlarni ko‘rish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash 
quvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun qushimcha apparatli qo‘llab-
quvvatlash analogli audio va videosignallarni rakamli ekvivalentga qo‘shish va 
uning teskarisi uchun zarur bo‘lgan analogli-raqamli (ARU) va raqamli-analogli 
o’zgartirgich (RAU) videoprotsessorlar, dekoderlar maxsus integral chizmalar va 
boshqalar ham zarur.. 
Odatda, yuqorida kursatilgan qo‘shimcha apparatli vositalar kompyuterlarning 
video va audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar ko‘rinishida 
shakllanadi: 
Ko‘chmas video tasvirlar bilan ishlash uchun TARGA platasi; 
- harakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish uchun Video Blaster, 
Video Spigot, Intel Smart, Video Recorder platalari; 
- Microsoft firmasining Sound Blaster, Sound Galaxy Sound for Windows 
audioplatalari. 


10 
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi 
va ularni uzatishning yuqori tezligi bilan bog‘liq, ko‘plab muammolarni yuzaga 
keltirdi. Bu audio-video axborotning so‘ngi texnologiyalarini rivojlantirish va 
katta sig‘imdagi jamg‘aruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi 
bo‘ladi. Masalan, 650 Mb sig‘imli va 150 kb/s hisoblash tezligidagi SD-ROM 
optik kompakt diski shu jumladandir. 
Multimedia uchun zamonaviy SD-ROM texnologiyalar tak-dimnomasi ilk marta 
1987 yili konferensiyada (Second Microsoft SD - ROM Sopfegense) bo‘lib o‘tdi 
va bu sana video va audioaxborotli to‘laqonli multimedianing paydo bo‘lishi 
boshlanishi deb hisoblanadi. 
Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi
bo‘ladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-murvatni boshqarish yo‘li bilan 
kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi. Bu 
texnologiyani Philips Electrnics firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IVM va 
Microware firmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 
IVM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia tizimlari 
ko‘rilishi uchun foydalaniladigan DVI tex­nologiyasi to‘rt bazaviy unsurdan 
tashkil topgan: 
- videotizimning asosi bo‘lgan ixtisoslashgan mikroprotsessor turkumi (masalan, 
tasvirlar kompressiyasi va dekompressiyasi uchun Intel firmasining I 82750RV 
piksel protsessori; signallarni raqamli qayta ishlash uchun Texas Instrument 
firmasining TMS320S10 protsessori; tasvirning videoxotirasida joylashgan ifoda 
uchun Iptel firmasining i82750DV displeyli protsessori va boshqalar); oxirgi 
paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda; 
- drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver hamda SD - ROM 
Driver ) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys: grafika va 
videoeffektlar ma’lumotlari kompressiyasi va dekompressiyasi AVSS (Audio-
Video Support System); RTX (Real Time Executive) STD (Standart)
multivazifadorligini ta’minlash, xotirani, kirish-chiqishni boshqarish va boshqalar; 


11 
- galma-gal paydo bo‘luvchi audio va video axborot saqlovchi, ma’lumotlarni SD 
- ROM jamg‘aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta’minlovchi 
maxsus shaklli fayllar; 
- sub’yektiv qabul qilishga yo‘naltirilgan va ba’zi yo‘qotish yoki buzib 
ko‘rsatishlarga yo‘l qo‘yuvchi axborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. 
Bu texnologiyani qo‘llashning eng oddiy misoli bo‘lib, siyraklash algoritmi, ya’ni 
tasvirning diskretligini kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. JPEG statik 
tasvirlarni siqishning eng ko‘p tarqalgan algoritmida jarayonlar natijasida 
ko‘chmas tasvirlarning vizual zararsiz 20, ..., 50 martagacha siqilishga olib borish 
mumkin. 
Xarakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun prediktiv kodlash (Predictive 
Coding) algoritmlaridan foydalaniladi. 
Bu gurux algoritmlari orasida MREG algoritmlarini ajratib ko‘rsatish mumkin, 
ular 25...50 marta siqish koeffitsentini ta’minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli 
va 30 kadrlar /s.li 640x480 o‘lchamli siqilmagan rakamli televizion tasvir uchun 
27 Mb/s ma’lumotlarni uzatish tezligi talab etilsa, unda MREG1 algoritmi talab 
etilayotgan uzatish tezligini 550 kb/s. gacha kamaytiradi. MREG1 algoritmi, 
shuningdek, siqish koeffitsenti 5 ...10 marta bo‘lgan audioaxborot kompressiyasi 
uchun ham qo‘llaniladi. 
DVI texnologiyasida foydalaniladigan video siqish algoritmlarini ikkiga bo’lish 
mumkin: 
- JPEG rusumli simmetrik chizmali algoritmlar, ular real vaqt miqyosida siqishni 
amalga oshirish va huddi videomagnitafondagi kabi sifat darajasida kompyuter 
(Real Time Video) vinchesteriga ma’lumotlarni yozishga imkon beradi, bunda SD 
- ROM ni tayyorlashga zaruriyat qolmaydi; 
- MREG rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular SD-KRM 
(Production Level Video) ga yozish uchun mahsulotni bozorbop yo‘sinda 
yaratishda foydalaniladi va multimedianing tizimida videoni fakat aks ettirishni 
ta’minlaydi. Bunda videoni siqish darajasi 100...160 martaga yetadi, videomagni-
tafon yozuviga yaqin sifat saqlanadi. 


12 
25:1 siqish koeffitsenti displeyning chorak ekranida yaxshi sifatli videotasvirni 
olish uchun kifoya. 10:1 nisbatda siqilganda DVI texnologiyasi bo‘lgan (Real 
Time Video) videotasvirli darcha to‘liq ekranning 1/5 qismini egallaydi. 
Audioaxborot yomon siqiladi (mumkin bo‘lgan siqish koeffisenti 1,9-2,5), bu hol 
tinglash a’zolarining buzib kursatishlarga befarq emasligi bilan izohlanadi. 
Shunday qilib DVI texnologiyalari video va audioni aks ettirish uchun zarur 
bo‘lgan axborot hajmini keskin qisqartirishga imkon beradi, bu hol ma’lumotlar 
umumiy hajmini kamayishiga va multimedianing fan, ta’lim, biznes va aloqa 
sohalariga keng kirib borishiga olib keladi. Bunda foydalanuvchiga interaktiv 
lazerli videodisklar tayyorlovchilari xizmatiga murojaat etmay, o‘z amaliy 
multimedianing tizimlarini yaratish, axborotning barcha turlarini saqlash uchun 
oddiy vinchesterdan foydalanish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, hozirda, 
multimedia ovoz berilgan, tasvirli hujjatlarni INTERNET tarmoqli platasi orqali 
kompyuter tarmog‘iga jo‘natish mumkin. Biroq, videotasvirli, to‘liq tarmoqli 
multimedianing tizimlar uchun taxminan 200:1 siqish koeffitsenti zarur. Bunday 
ko‘rsatkichga hozirdayoq erishish mumkin va bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli 
amalga oshirilmoqda. 
Ishlanma vositalar: holati va istiqbollari 
Multimedia asr oxirigacha kompyuter texnikasini takomillashtirishning asosiy 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishi kutilmoqda. Hozirgi paytda kompyuter 
texnikasi va dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi ko‘pgina yetakchi firmalar bu 
axborot texnologiyasini hayotga quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha tadbiq, 
qilmoqdalar: 
- AT 80x86 shaxsiy kompyuterlarida DOS, Windows muhitida multimediani 
professional va tijoriy maqsadlarda qo‘llash; 
- Macintosh SHK lari uchun unumli va ta’lim beruvchi ilovalar yaratish; 
- ishchi bekatlardagi UNIX muxitida professional va tijoriy ishlanmalarni 
tayyorlash. 
Bu barcha tayyorlanayotgan vositalar asosida assotsiativ aloqalarning umumiy 
obyektli yo‘naltirilgan uslubiyatni o‘z ichiga olgan "gipermatn" (Nurertex) 


13 
konsepsiyasi yotadi. Rasman gipermatn deganda foydalanuvchiga boshqa 
mavzuga o‘tishga imkon beruvchi ichki o‘zaro murojaat qiluvchi matnli, 
tuzilmaviy axborot tushuniladi. Gipermatn avval materialga kiritilgan 
assotsiatsiyalar bo‘yicha interaktiv rejimdagi so‘zlar, fayllar va paragraflarni jadal 
birlashtirish uchun foydalanilgan. Gipermatn vositalari foydalanuvchi istalgan 
tartibda varaqlab ko‘rishi mumkin bo‘lgan multimedianing hujjatlarni yaratishga 
imkon bergan. Foydalanilayotgan kompyuterlarning hisoblash qobiliyati oshib 
borgan sari bu assotsiativ aloqalarning ishlashi mualliflik tizimlarining yangi 
avlodlarida kengayib bordi. Bunda mualliflik tizimi deganda ishlab chiquvchilarga 
dasturlarni ko‘p mehnatli jarayonsiz yaratishga imkon beruvchi ta’minot 
tushuniladi. Bugungi kunda raqamlashgan statik tasvir, audio va video 
ma’lumotlarga muallifning istagi bo‘yicha tanlangan obyektlar sifatida qaralishi 
mumkin. 
Quyidagi kompyuterli platformalar: Macintosh, DOS, Windows, UNIX, Phlips
firmasining SD-I va IVM firmasini Multimedia kompyuterlariga qo‘llaniladigan 
multimedia ishlanmalari holatini ko‘rib chiqamiz. 
Masalan. Ko‘p yillar mobaynida Arrle Somruter Ins multimedia ishlanmalari 
sohasida yetakchi o‘rin tutadi. Avvalboshda ishlanmalar audioni o‘z ichiga olgan 
multimedia maxsulotlarini ko‘rish uchun gipermatn - Nuregsagd - firma dasturi 
imkoniyatlarini kengaytirish va yuqori sifatli audioaxborot bilan bog‘liq edi. 
So‘ngra multimedia tizimiga fotoga yaqin bo‘lgan yuqori sifatli statik tasvirlarni 
kiritish va aks ettirish imkoniyati qo‘shildi. Natijada Macintosh kompyuterlari 
platformasi multimedianing aniq bir ilovalarida yetakchi o‘rinni egalladi. 
Biroq, videoni qo‘llab-quvvatlash nisbatan yaqin paytda, MAS 6.07 va 7.0 
imkoniyatlarini kengaytiruvchi Quicktime tizimining kiritilishi bilan ta’minlandi. 
Xozirda - Nuregsagd dasturi va yuqorida ko‘rsatilgan kengaytirishlarni 
birlashtiruvchi multimedianing tizimlar ishlanmasi ustida ish olib borilmoqda. Bu 
tizimning asosiy komponentlari dasturiy ta’minoti, fayllar shakllari, kompressorlar 
va foydalanuvchi interfeyslaridir. Tizimning eng muxim unsuri - Movie Toolbox - 


14 
tasvirlarni siqishni boshqaruvchi va animatsiyalar, statik tasvirlar hamda video 
algoritmlarini amalga oshiruvchi dasturlardir. 
Foydalanish jihatidan oddiy bo‘lgan Media Text mualliflik tizimi yaqinda 
Michigan Universitetida (Ann Arbor) Macintosh kompyuterlari uchun ishlab 
chiqildi. Foydalanuvchi o‘z dasturiy mahsulotini audio, grafika va animatsiyaga 
kiritishi hamda ularni har bir bosqichda sichqonning ikki chikillashidan 
oshirmagan holda bajara borib boshqa fragmentlar bilan birlashtirishi mumkin. 
IVM Vetimedia /OS-2. IVM Sogr firmasi multimedia ishlanmalari sohasida ancha 
faol ish olib boradi. Firma Windows interfeysidan grafik foydalanishni qo‘llab-
quvvatlashdan tashqari o‘zining OS/2 operatsion tizimini multimediyaning 
ko‘pgina imkoniyatlari bilan jihozlagan. Ular orasida, eng avvalo, MM RM/2 
nomini olgan Regesentation Manageg (prezentasiya menejeri) dasturini ajratib 
ko‘rsatish mumkin. U audioplatalar, SD-ROM rusumidaga ommaviy xotira va 
video proigrovatelni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, Audio Visual Connection
adapterining IVM uchun drayverini o‘zida saqlaydi. 
IVM firmasi RS/2 turkumidan keyingi o‘z kompyuterlari uchun multimedia
sifatida mashhur multimedia vositalari paketini ishlab chiqqan. Bu vositalar 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- kompakt-diskda yetkazib beriladigan va operatsion tizim turlarini tanlash hamda 
multimedia dasturlarini namoyish etishga imkon beruvchi M57 va M77 qurilma 
modullari; 
- amaliy dasturli multimedia kioski (o‘yinli, ta’lim beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi 
va hokazolar); 
- Storyboard Livel, Linkway Livel va Audio Visual Connestion singari multimedia 
ishlab chiqishning foydalanuvchi vositalari turkumi; 
- konferensiya ishtirokchilariga umumiy axborotlarni ekranda taqsimlashga imkon 
beruvchi kompyuterli videokonferensiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun R2R 
moduli (IVM Regson to Regson); 


15 
- turli manbalardagi audio va video axborotlar yuqori sifatini kafolatlagan holda 
videoni 30 kadr/s chastotali qamrab olish, siqish va aks ettirishni ta’minlovchi 
IVM RS/2 Astion Media II Display Adapters moduli. 
UNIX. Ishchi stansiyalar uchun ham multimedianing maxsulotlarini yaratish 
tizimlari ishlab chiqilmoqda, lekin firmalarning harakatlari shaxsiy kompyuterlar 
uchun tizimlarni ishlab chiqish kabi birlashmagan. Mavjud tizimlar ishchi 
stansiyalarning aniq bir rusumlarida foydalaniladi, masalan, Mpower tizimi 
Hewlett-Packard Corp firmasi kompyuterlarida, DECspin tizimi - (Digital 
Equipment Corp firmasi EXM larida qo’llanmoqda. 
Biroq, umumiy foydalaniluvchi ishlanmalar ham mavjud. Jumladan. Gain 
Technology Ins kompaniyasi Gain Momentum tizimini taklif etdi, u UNIX OT 
muhitida X Window, OSF/Motif va OpenLook grafik interfeysi bilan ishlashda 
multimedia imkoniyatini ta’minlaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda Massachusets 
texnologiya instituti X Window Assotsiatsiyasi X Window muhitida ishlovchi 
standart dastur uchun VEX videokengaytirishni ishlab chiqdi va foydalanishga 
taqdim etdi. Gain Momentum tizimi asosan MBBT, obyektlar birlashishi (aloqasi) 
tili va kutubxonalar turkumidan iborat. MBBT moduli matnli fayllar, fayl 
turkumlari, rakamlashgan tovush va tasvirlar o‘rtasidagi aloqani o‘rnatadi. 
Obyektlarni birlashtiruvchi Arrle firmasining Nurermedia Yengine tili 
foydalanuvchiga multimedia ma’lumotlari bazasida yo‘nalish topishga yordam 
beruvchi 30 modulli kutubxonalar turkumini o‘zida namoyon etadi. Tizim 
kompyuterli ishchi stansiyaga moslashishga imkon beruvchi amaliy dasturlarning 
portativ interfeysini (ARI ) ham o‘z ichiga oladi. 
1993 yilda chiqarilgan multimedianing MRoveg tizimi foydalanuvchining 
videomuxitini (VUE) aks ettiradi. 
Video Live, Multimedia Mailer, Shared-X va SharedWhite Board modullari 
tizimining bazaviy komponentlaridir. Video Live moduli qo’shimcha plata 
yordamida videokadrlarni qo‘yishni va ularni ishchi stansiya ekrani darchasida aks 
etishini qo‘llab-quvvatlovchi utilitani namoyon etadi. 


16 
Multimedia Mailer moduli, nomidan ham ko‘rinib turganidek, UNIX operatsion 
tizim taklif etadigan ma’lumotni elektron pochta xabarlaridagi audio, ko‘chmas 
tasvir va videokadrlarga standart imkoniyatlarini kengaytiradi. Shared-X moduli 
foydalanuvchiga X Window stansiya ekranida boshqa istalgan hisoblash tarmog‘i 
foydalanuvchisi bilan birgalikda qo‘llash imkonini beradi. SharedWhite Board 
moduli konferenszaldagi taxtadagiga o‘xshash tasvirdan birgalikda foydalanishni 
ta’minlaydi. 
DECspin multimedia tizimi qo‘shimcha audio va videoplatalar bilan Decstation 
5000 kompyuterlarida Xmedia Tools muhitida ishlaydi. Yaqinda Digital firmasi 
uni o‘zining boshqa ishchi stansiyalariga tarqatdi. Tizim axborotning barcha 
turlarini qo‘llab-quvvatlaydi, videokadrlarni tahrir qilish va videokonferensiyalar 
rejimida ishlashga imkon beradi. 
Aftidan, ishchi stansiyalari uchun eng oddiy mualliflik tizimi Standford 
universitetida yaratilgan va elektron pochta bo‘ylab bepul tarqatiladigan 
MAYEstro tizimidir. 
Xozirgi jamiyatimiz uchun multimedianing ahamiyatini tasdiqlovchi 1987-yilda 
Vashingtonda AQSH kongressi kutubxonasida Interaktiv axborot texnologiyalari 
milliy namoyishlar laboratoriyasi va original multimedia - ilovalar va 
dasturlarning doimiy ko‘rgazmasi ochilganligi diqqatga sazovordir. Multimedia va 
distant uslublari asosida ta’lim berish yildan-yilga ortib, takomillashib bormoqda. 

Download 360,12 Kb.
1   2   3   4   5




Download 360,12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Multimediya vositalari. Ovozli ma’lumotlar bilan ishlash qurilmalari

Download 360,12 Kb.
Pdf ko'rish