18
e’tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar
axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga
imkon beradi, ya’ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma’lumotni
to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan
barcha ma’lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi.
Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.
Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali
taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha
soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli
grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining
kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.