40
yaqinlashtiriladi. Shunda, V nuqtadan o‘tuvchi nuqta-nuqta ko‘rinishida AT ga parallel chiziq
paydo bo‘ladi va shu vaziyatda «Sichqon»
ning chap tugmasi yuklansa, V nuqtadan AT kesmaga
parallel bo‘lgan t
1
to‘g‘ri chiziq yasaladi.
7. V nuqtadan AT urinmaga perpendikulyar o‘tkazilsin.
Bu perpendikulyarni o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan
nuqtaga V nuqta kiritiladi. Ikkinchi so‘ralgan
nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Ob’ektga
perpendikulyar bog‘lanish» buyrug‘ining
tugmasi yuklanadi va kursor AT(t) urinmaga
yaqinlashtiriladi. Kursor izlanayotgan
nuqtaga etib kelmasdan, AT kesmaga tushirilayotgan
perpendikulyarning asosini sariq rangli perpendikulyarlik belgisi bilan avtomatik belgilanadi. Bu
belgini kursor bilan bog‘lab, «Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa, perpendikulyar chizilib qoladi.
8. R nuqtasi t
1
to‘g‘ri chiziqning chap uchida yotuvchi AR kesma yasalsin.
AR kesmani
yasash uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va so‘ralgan birinchi nuqta uchun, A nuqta kiritiladi. R
nuqtani kiritish uchun «Ob’ektni chetki nuqtalariga bog‘lanish» buyrug‘ining
tugmasi kursor
bilan
yuklanadi va kursor t
1
to‘g‘ri chiziqning chap uchiga yaqinlashtiriladi. Shunda, uning chetki
nuqtasi sariq rangli kvadratcha bilan belgilanib qoladi. Bu belgini kursor bilan bog‘lab izlanayotgan
AR kesma yasaladi.
Shunday qilib ob’ektlarga bog‘lanish buyrug‘ining imkoniyatlaridan foydalanib,
ularni
harakterli nuqtalari bilan osongina bog‘lanish mumkin ekan. Bunday bog‘lanishlar absolyut
aniqlikda bajarilgan bo‘ladi, ya’ni xech qanday hatolik bo‘lmaydi.
1-rasm