• 8-mavzu: Obektlarga bog‘lanish paneli buyruqlari va ulardan imkoniyatlaridan foydalaish algoritmlari.
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"




    Download 12,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/84
    Sana19.11.2023
    Hajmi12,33 Mb.
    #101450
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84
    Bog'liq
    1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3

    B/BX/B jadvali 
    O‘lcham qo‘yish paneli buyruqlari 
     
    Bilaman 
    Bilishni xohlayman 
    Bilib oldim 
     
     
     
     
    Vazifa


    38 
    8-mavzu: Obektlarga bog‘lanish paneli buyruqlari va ulardan imkoniyatlaridan 
    foydalaish algoritmlari. 
    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga Obektlarga bog‘lanish buyruqlari paneli 
    imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rgatish.
    Obektlarga bog‘lanish buyruqlari paneli imkoniyatlaridan foydalanish. 
    AutoCAD dasturining “Obektlarga bog‘lanish” buyruqlari paneli grafik amallarini 
    avtomatik aniq bajarishga imkoniyat beradi.
    Biz, dastlabki ma’ruzalarda grafik dasturlar orasida AutoCAD dasturi loyihalash ishlarining 
    avtomatlashtirish bo‘yicha xalqaro standarti darajasida ekanligini ta’kidlagan edik. Uning bunday 
    xossasini ob’ektlarga bog‘lanish paneli buyruqlari misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
    Bunday holni 1-rasmda keltirilgan chizma elementlarini ketma-ket bajarish jarayonida tahlil 
    qilib kuzataylik. Chizmada A va V nuqta hamda diametri SD bo‘lgan aylana berilgan.
    1.Berilgan A va V nuqtalar orqali o‘tuvchi AV kesma yasalsin. 
    AV kesmani yasash uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va so‘ralgan birinchi nuqta uchun, A 
    nuqta quyidagicha kiritiladi: «Ob’ektga bog‘lanish» buyrug‘ining tugmasi kursor bilan yuklanadi va 
    A nuqtaga kursor yaqinlashtiriladi. Shunda, nuqta rangli yonib, avtomatik bog‘lanishni taklif etadi. 
    Shunday holat kuzatilishi bilanoq «Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa, kursor A nuqtaga unga 
    etib bormasdanoq o‘z-o‘zidan avtomatik bog‘lanib qoladi. Shunda kesmaning ikkinchi nuqtasi 
    so‘raladi. Unga javoban V nuqta A nuqta kabi kiritiladi va AV kesma yasaladi. 
    Talabalarning e`tiborini jalb etish va bilim darajalarini
    aniqlash uchun tezkor savollar
    1. Komp`yuterda grafik axborotlarni nazariy yoki amaliy aniq bajarish mumkinmi? 
    2. Nima uchun kompyuter ob`ektlarga bog`lanish amallarini aniq bajaradi? 
     


    39 
    2-savol.Ob’ektlarning xarakterli nuqtalariga bog‘lanish. Aylana kvadrantlari, to‘g‘ri chiziq 
    markaziga bog‘lanish. Aylanaga urinma o‘tkazish. 
    2. AS, AO va AD kesmalar yasalsin. Bunda S va D nuqtalar aylana kvadrantida, O nuqta 
    esa, aylana markazida yotadi.
    Bu kesmalarni o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga A 
    nuqta kiritiladi. Ikkinchi masalan, O nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Markazga bog‘lanish» 
    buyrug‘ining 
    tugmasi yuklanadi va kursor aylana markaziga yaqinlashtiriladi. Kursor unga etib 
    kelmasdan aylana markazi yarqirab yonadi, ya’ni kursorni aylana markazi bilan o‘z-o‘zidan 
    avtomatik bog‘lashga tayyor ekanligini bildiradi. Shunda, «Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa, 
    AO kesma chizilib qoladi. 
    AS va AD kesmalarni chizish uchun ham, kesma buyrug‘iga kiriladi va ularning birinchi 
    nuqtasi sifatida A nuqta kiritiladi. Ikkinchi nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Aylana 
    kvadrantlariga bog‘lanish» buyrug‘ining 
    tugmasi yuklanadi va uni aylanaga yaqinlashtiriladi. 
    Shunda, aylana kvadrantlari rangli romb ko‘rinishida o‘z o‘rnini bildiradi. Ularni kerakligisi bilan 
    kursorni ketma-ket bog‘lab AS va AD kesmalar yasaladi. 
    3. AK kesma o‘tkazilsin. K nuqta OV kesmaning o‘rtasida yotadi.
    Bu kesmani o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga A 
    nuqta kiritiladi. Ikkinchi K nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Ob’ektni o‘rtasiga bog‘lanish» 
    buyrug‘ining 
    tugmasi yuklanadi va kursor OV kesmaga yaqinlashtiriladi. Kursor izlanayotgan 
    nuqtaga etib kelmasdan, kesma o‘rtasi yarqirab uchburchak ko‘rinishida belgilanadi, ya’ni kursorni 
    kesma o‘rtasi bilan o‘z-o‘zidan avtomatik bog‘lash o‘rnini bildiradi. Shunda, «Sichqon»ning chap 
    tugmasi yuklansa, AK kesma chizilib qoladi. 
    4. EF kesma o‘tkazilsin. Bunda F nuqta OV va AD to‘g‘ri chiziqlarning kesishgan 
    nuqtasida yotadi.
    Bunday kesmani o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va birinchi so‘ralgan nuqtaga E 
    nuqta kiritiladi. Shunda, kursor unga etib bormasdan sariq rangli 
    belgi, uning o‘rnini 
    belgilaydi. Agar shunday belgi kuzatilmasa, kursor bilan «Ob’ektlarni kesishish nuqtasiga 
    bog‘lanish» buyrug‘ining 
    tugmasi yuqlanadi. Shunda, aylana yoyi bilan vertikal markaz 
    chiziqning kesishgan nuqtasida sariq rangli « » belgi paydo bo‘ladi va u bilan kursorni bog‘lab, E 
    nuqta kiritiladi. 
    Ikkinchi F nuqtani kiritish uchun, kursor bilan «Ob’ektlarni kesishish nuqtasiga bog‘lanish» 
    buyrug‘ining 
    tugmasi yuklanadi va kursor AD va OV kesmalarning kesishgan nuqtasiga 
    yaqinlashtiriladi. Kursor izlanayotgan nuqtaga etib kelmasdan, kesmalarning kesishgan nuqtasi 
    yarqirab sariq rangda « » belgi bilan yoritiladi va u F nuqtaning o‘rnini belgilaydi. Shunda 
    «Sichqon»ning chap tugmasi yuklansa, EF kesma chizilib qoladi. 
    5. A nuqtadan berilgan aylanaga urinma chiziq AT (t) o‘tkazilsin.
    Urinma o‘tkazish uchun, kesma buyrug‘i yuklanadi va so‘ralgan birinchi nuqta uchun, A 
    nuqta kiritiladi. Shunda, kesmaning ikkinchi nuqtasi so‘raladi. Unga javoban kursor bilan 
    «Ob’ektning urinish nuqtasiga bog‘lanish» buyrug‘ining 
    tugmasi yuklanadi va kursor aylanani 
    taxminiy urinish nuqtasiga yaqinlashtiriladi. Shunda, aylanadagi urinish nuqtasi sariq rangda urinish 
    belgisi bilan yoritiladi. Kursorni u bilan bog‘lab, AT urinma yasaladi. 

    Download 12,33 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   84




    Download 12,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"

    Download 12,33 Mb.
    Pdf ko'rish