|
Toshkent xalqaro moliyaviy va texnologiyalar universiteti mustaqil ish Guruh: bd-2301 tayyorladi: abdurahmonova farida tekshirdi
|
bet | 1/3 | Sana | 23.08.2024 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #269811 |
Bog'liq iqtisodiyot mustaqil ishi Farida CXI4sBi Toshkent xalqaro moliyaviy va texnologiyalar universiteti mustaqil ish Guruh:bd-2301 tayyorladi:abdurahmonova farida tekshirdi: MAVZU:MAKROIQTISODIYOT TUSHUNCHASINING MAZMUNI UNING O”LCHAMI VA KORSATKICHLARI REJA: 1 kirish 2 Maroiqtisodiyot tushunchasi 3 makroiqtisodiyot korsatkichlari Makroiqtisodiyot (grekcha: μακρός — „uzun“, „katta“, οἶκος — „uy“ va νόμος — „qonun“) — iqtisodiy hodisalar va ularning harakatini bir tizim deb oʻrganuvchi iqtisodiyot nazariyasining boʻlimi Mamlakatning iqtisodiy holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik yalpi ichki mahsulot yalpi milliy mahsulot sof milliy mahsulot milliy daromad, aholi daromadlari,davlat va xususiy investitsiyalar yigʻindisi,muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroiqtisodiyot oʻrganadigan obyektlar hisoblanadi. Oʻz ichiga hududiy, milliy va xalqaro iqtisodiyotlarni qamrab oladi. Makroiqtisodiyot-bu milliy iqtisodiyot uning alohida mulkiy sektorlari va jahon xo’jaligi darajasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan iqtisodiyot tuzilmasidir Makroiqtisodiyot termini birinchi marta Ragnar Frisch tomonidan 1934-yil,14-avgustda qoʻllanilgan. „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida keltirilgan gʻoyalari uchun zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes hisoblanadi. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar Makroiqtisodiyot oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham Makroiqtisodiyot predmeti hisoblanadi
Makroiqtisodiyot
Bu iqtisodiyot xatti harakatini bir butun koʻrinishda oʻrganuvchi va izohlab beradigan iqtisodi fanining sohasidir
Pozitiv
Makroiqtisodiyot
Normativ
Makroiqtisodiyot
Real iqtisodiy hodisalarni va ularning oʻzaro bogʻliqliklarini oʻrganadi
Choralarning aniq yoʻnalishlarni taqdim qiladi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent xalqaro moliyaviy va texnologiyalar universiteti mustaqil ish Guruh: bd-2301 tayyorladi: abdurahmonova farida tekshirdi
|