• TRANSFORMATORNING MAGNIT O‘ZAGI Transformatorning magnit o‘
  • Transformatorlarning tuzilishi va ishlash tamoyili asosiy tushunchalar




    Download 444.61 Kb.
    bet3/5
    Sana12.02.2023
    Hajmi444.61 Kb.
    #41973
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kuch-transformatorlari. (1)
    Intel core i5 protsessori tarkibi, AASD, ¦-¦-¦¦¦-TА¦-¦- ¦-¦-T¦TБTГ¦¬¦-TВ¦¬¦-TА¦¬, Inventions, Proeklestruw 1 ameliy jumis
    TRANSFORMATORLARNING TUZILISHI
    Transformator po‘lat induktiv o‘tkazgich, ikki yoki bir necha o‘zaro induktiv aloqada bo‘lgan o‘ramlardan iborat. Magnit o‘tkazuvchi po‘lat o‘ramlar orasidagi elektromagnit aloqani kuchaytirish uchun kerak.
    Transformator bir va uch fazali bo‘ladi. 89-rasmda uch fazali transformatorning magnit o‘tkazuvchisi ko‘rsatilgan.

    Uch fazali transformatorning magnit o‘tkazuvchisi.
    Bunda temir yupqa plastinka tayoqchalar (1), ularga yuqorida (2) va pastda (3) o‘ramlar joylashtirilgan. Girdob toklariga elektr energiyaning ko‘p sarf bo‘lmasligi uchun magnit o‘tkazgichlar qalinligi 0,35 dan 0,5 mm gacha bo‘lgan elektrotexnikada ishlatiladigan temir tunukalardan tayyorlanadi. Tunukalarni birbiridan lok, yupqa qog‘oz yoki metall zaki (okalina) bilan izolatsiyalanadi.
    Transformatorlar ikki turga bo‘linadi:
    1) yupqa plastinkalardan iborat tayoqchali; 2) bronli. Yupqa plastinkali temir tunukalardan yasalgan tayoqchalarga izolatsiyali similar kiydiriladi. Bronli transformatorlarda o‘ramlarning bir qismini magnit o‘tkazgich o‘rab olgan. Transformator magnit o‘tkazgichning gorizontal qismidagi o‘ramlarni qurshab turgan qism yuqori va pastki bo‘yinturuqlar (yarmolar) deyiladi. Katta va o‘rta quvvatli transformatorlar tunuka po‘latlardan tayyorlanadi. Bu transformator o‘ramlarini sovitish uchun juda qulay. Transformatorlarda magnit qarshiligini kamaytirish uchun plastinkalar ulanishini har xil joyda qilinadi. Kichkina transformatorda plastinkalarni Ш shaklida tayyorlanadi. 90-rasmda po‘lat plastinkalarni yig‘ish sxemasi ko‘rsatilgan.

    Transformatorlarning magnit o‘tkazgich yig‘ish sxemasi.
    Transformatorni tunuka idishga (bakka) joylashtirib, ichiga transformator yog‘i quyiladi. Bu yog‘ sovitish uchun xizmat qiladi. Bron turidagi transformator yog‘siz tayyorlanganligi uchun quruq transformator deyiladi.

    TRANSFORMATORNING MAGNIT O‘ZAGI
    Transformatorning magnit ozaklari elektrotexnik polatdan tayyorlanadi.



    2.1 - rasm. Transformatorning umumiy ko‘rinishi: 1- cho‘lg‘amlar; 2- magnit o‘zak; 3-termosifon filtr; 4- izolyator; 5-radiatorli bak; 6-gaz chiqaruvchi truba;7-kengaytiruvchi bak


    Magnit ozakni tayyorlashda gisterezis va uyurma toklari ta’siridagi quvvat isroflarini kamaytirish tadbirlari hisobga olinishi kerak. Shuning uchun magnit ozaklarni tayyorlashda magnit yumshoq elektrotexnik polatdan foydalaniladi. Uyurma toklarni kamaytirish maqsadida elektrotexnik polat tunukalar bir-biridan maxsus elektr himoyalovchi laklar yordamida qop-lanadi. Himoyalovchi lakning qalin-ligi transformator cholgamlarining kuchlanishiga bogliq boladi.

    Magnit ozakni tayyorlash uchun ishlanilgan elektrotexnik po-lat tunukaning qalinligi ozakning magnitlanish chastotasiga bogliq, chastota f = 50 Gs bolganda polat tunukaning qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm boladi. Transformatorning magnit ozaklari asosan ikki xil konstruksiyada, ustunli (sterjnevoy) (2.2,a-rasm) va qobiqli (bronevoy) (2.2,b-rasm) korinishda tayyorlanadi, keyingi paytlarda fazoviy ustunli magnit sistemalar ham tayyorlanmoqda.




    2.2-rasm. Transformatorning magnit o‘zagi:
    a) ustunli, b) qobiqli. 1. Ustun; 2. To‘sin.

    Uch ustunli transformatorning o’zaro boglangan magnit otkazgichlari 2.3-rasmda korsatilgan, bu transformatorning xarakterli tomoni uning magnit tizimlarining nosimmetrikligidadir, chunki aloxida AV va S fazalarining ozaklaridagi magnit zanjirlari bir xil emaC. Ortada joylashgan V oakning magnit zanjiri ikki chekkadagi A va S ozaklarnikidan qisqaroq, chunki uchala zanjirdagi magnit kuch chiziqlari bir-biri bilan ikki va nuqtalarda tutashadilar.


    Kuch transformatorlarining magnit ozaklari issiq holda juvalangan E41, 42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq polatlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashina va transformatorlarning magnit ozaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali polatlar keng ishllanilmoqda.
    Transformatorlarning magnit ozaklaridagi induksiya asosan 1,2 - 1,5 Tl, issiq holda juvalangan polatlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit ozagi sovuq holda juvalangan polatdan tayyorlangan moyli transformatorlarda induksiya 1,0-1,5 Tl tashkil etadi.


    Download 444.61 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 444.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transformatorlarning tuzilishi va ishlash tamoyili asosiy tushunchalar

    Download 444.61 Kb.