TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQOROLIK
JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG’URTA QILISH QOIDALARI
Reja:
1. Avtomobil transportini sug’urta qilishning mohiyati va
zarurligi
2.Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish tartibi va uning tahlili
3.Avtotransport sug’urtasini tashkil etilishi va uning turlari
Ma’lumki, barcha turdagi transport vositalari, ayniqsa avtomobil transporti
vositalari yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqimiz hayoti farovonligini yanada
yaxshilanishi yo’lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning samaradorligi
respublikamiz avtomobil sanoatini rivojlanishi, transport vositalarini keskin
ko’payishi bilan chambarchas bog’liqdir. Zamonaviy talablar darajasidagi dinamik
va tezlik xususiyatlari yuqori bo’lgan transport vositalarining soni va yo’llarda
harakat jadalligi yil sayin o’sib bormoqda. Bu esa o’z navbatida harakat xavfsizligini
ta’minlash, yo’l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarimizning hayoti va
sog’ligini, mol-mulklarini himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga
oshirish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga ularni yuzaga kelishi
shartsharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi. Ma’lumotlarga
ko’ra, er yuzida yo’l-transport hodisalari oqibatlarida yiliga 1,5 millionga yaqin
kishi halok bo’lmoqda, jarohatlanganlar soni esa bundan 20-30 marta ko’pdir.
Ulardan ko’rilayotgan zarar esa mamlakatlar milliy daromadining qariyib 2-4 foizini
tashkil etadi. Bunday talofotlarni hatto urush va tabiiy ofatlar natijasi bilan ham
tenglashtirib bo’lmaydi. Yo’l-transport hodisalari va ularning oqibati mamlakat
iqtisodiyotiga va jamiyatning ma’naviy hayotiga juda katta zarar etkazilayotganligi
sababli ularning oldini olish davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
Respublikamizda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlari O’zbekiston
Respublikasining «Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash to’g’risida”gi Qonuni va
ushbu qonun talablaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan boshqa bir qator
qonunosti hujjatlari, Prezident Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,
Ichki ishlar vazirligi hamda tegishli idoralarning buyruq va ko’rsatmalari asosida
olib borilmoqda.
Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda yo’l
harakati
xavfsizligini
yanada
takomillashtirish,
sohaga
oid
qonunlarni
liberallashtirish, fuqarolarimizga, ayniqsa harakat ishtirokchilariga qulayliklar
yaratish, ularda harakatlanish madaniyatini shakllantirish, huquqiy savodxonligini
yuksaltirish borasida ham izlanishlar olib borilayapti. Jumladan, yo’l harakati
ishtirokchilarining
xavfsizligini
ta’minlash
maqsadida
“O’zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi”ga 2006, 2007 va
2008 yillarda kiritilgan telefondan foydalanish; xavfsizlik kamaridan foydalanish;
monitordan foydalanish yoki o’zboshimchalik bilan displey o’rnatish kabi
qoidabuzarliklar uchun javobgarlik bo’yicha kiritilgan bir qator yangi normalar
o’zining ijobiy samarasini berib, og’ir oqibatli yo’l-transport hodisalarining
kamayishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Qabul qilingan yangi Qonun ham ana shu ishlarning mantiqiy davomi bo’lib dastlab
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul
qilindi va Senat tomonidan ma’qullandi. Bir so’z bilan aytganda bu Qonun eng
avvalo harakat ishtirokchilarining qonunlar oldidagi mas’uliyatini oshirishga,
ularning huquqlarini himoya qilish, qoidabuzarliklarni kamaytirish va shu orqali
insonlarning bevaqt halok bo’lishi va jarohatlanishining oldini olishga
yo’naltirilgan.
Harakat xavfsizligini ta’minlash yo’lida keyingi yillarda mamlakatimizda yo’l
harakati xavfsizligini ta’minlash yo’nalishida bir qator samarali tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Bu esa fuqarolarimiz xavfsizligi, shuningdek, avtomobil yo’llari va
ko’chalarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarning sifat jihatdan
yangi pog’onaga yuksalishiga zamin yaratmoqda. Jumladan, yaqinda O’zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish haqida O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi hamda
2011 yilning 27 aprel kunidan rasman kuchga kirdi.
Qabul qilingan yangi Qonun ham ana shu ishlarimizning mantiqiy davomi bo’lib,
dastlab O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan
qabul qilindi va Senat tomonidan ma’qullandi. Bir so’z bilan aytganda, bu Qonun,
eng avvalo, harakat ishtirokchilarining qonunlar oldidagi mas’uliyatini oshirishga,
ularning huquqlarini himoya qilish, qoidabuzarliklarni kamaytirish va shu orqali
insonlarning yo’l-transport hodisalari tufayli bevaqt halok bo’lishi va
jarohatlanishining oldini olishga yo’naltirilgan.
Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’qrisidagi
Kodeksining 28 ta moddasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Jumladan, 15 ta
amaldagi me’yorlarga tahririy o’zgartirishlar, hozirgi kun talabidan kelib chiqqan
holda 5 ta yangi me’yor kiritildi. 17 ta moddaning sanktsiyasida ko’rsatilgan jarima
miqdori muvofiqlashtirildi. Alohida ta’kidlash joizki, mazkur qonun bilan yo’l
harakatidagi qoidabuzarliklarning aksariyati uchun yagona jarima miqdorlari
belgilandi.
Bundan tashqari, Kodeksga — yuk tashish va shatakka olish qoidalarini buzish,
degan qo’shimcha modda kiritilib, yangi 1251-modda bilan to’ldirildi. Sababi, “Yo’l
harakati qoidalari”ning 23-, 26-, 28-bandlarida yuklarni tashish va mexanik
transport vositalarini shatakka olish qoidalari ko’rsatilgan bo’lib, Kodeksda bu
turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi. Javobgarlik
bo’lmaganligi sababli keyingi paytda yuk tashish va mexanik transport vositalarini
shatakka olish bilan bog’liq qoidabuzarliklar ko’payib, og’ir oqibatli yo’l-transport
hodisalarini keltirib chiqarayotgan edi. Endilikda bunday huquqbuzarlik
respublikamizdagi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga
sabab bo’ladi.
Tegishli ruxsatnomasiz og’ir vaznli, yirik hajmdagi, xavfli yuklarni tashish va yuk
bilan yoki yuksiz holdagi hajm va og’irligi belgilangan me’yorlardan ortiq bo’lgan
transport vositalarida yo’lga chiqish, xuddi shuningdek, ruxsatnomada ko’rsatilgan
harakat yo’nalishidan chetga chiqish — fuqarolarga eng kam ish haqining o’n
baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan
olti oygacha muddatga mahrum etishga, yuk tashish uchun mas’ul bo’lgan
mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida
jarima solishga asos bo’ladi.
Qonunchilikni
takomillashtirish
va
huquqbuzarliklarni
farqlash,
shuningdek,
harakat
xavfsizligiga
jiddiy
raxna
soluvchi
ayrim
huquqbuzarliklar
uchun
javobgarlikni kuchaytirish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismidagi harakat
tezligini oshirib yuborish, svetoforning taqiqlovchi ishoralariga bo’ysunmaslik,
to’siqsiz harakat qilish huquqiga ega transport vositalarining o’tib ketishiga xalaqit
berish yoxud avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo’lgani uchun qo’llaniladigan
choralar alohida ajratilib, Kodeks 1283-, 1284-, 1285- va 1286-moddalar bilan
to’ldirildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 1283-moddada harakat tezligini oshirib
yuborganlik uchun javobgarlik qay darajada tezlikni oshirish miqdoriga qarab
belgilanadi. Ya’ni haydovchi belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrgacha
oshirib yuborsa, eng kam oylik ish haqi miqdorida, soatiga 20 kilometrdan ortiq,
lekin 40 kilometrdan ortiq bo’lmagan kattalikda oshirib yuborishi yoki transport
vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini 20 kilometrdan ko’p
bo’lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo
qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi eng kam ish
haqining besh baravari miqdorida, soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib
yuborishi yoki transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini
soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda xuddi
shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin bir yil
davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining
belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko’p bo’lmagan kattalikda
xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo’llanilganidan
keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi eng kam ish haqining o’n baravari
miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil
muddatga mahrum etishga sabab bo’ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|