. Murakkab invertorli TTM ME sxemasi.
Murakkab invertorli TTM sxemasi (14.7-rasm) amaliyotda keng qo‘llaniladi. U ikki taktli chiqish kaskadi (VT2 va VT3 tranzistorlar, R4 rezistor va VD diod), boshqariluvchi faza ajratuvchi kaskad (VT1 tranzistor, R2 va R3 rezistorlar) dan tashkil topgan.
14.6-rasm. TTM seriyadagi YOKI bo‘yicha kengaytirish sxemasi.
Faza tushunchasi (yunoncha paydo bo‘lish)ga binoan VT1 tranzistor berk va uning kollektorida (A nuqta) yuqori potensial paydo bo‘lishi natijasida VT2 tranzistor ochiladi. VT1 tranzistorning ochiq holatida uning emitterida (V nuqta) yuqori potensial paydo bo‘ladi va u VT3 ni ochadi. Demak, VT2 va VT3 tranzistorlar galmagal (turli taktlarda) ochiladilar. Shuning uchun chiqish kaskadi ikki taktli deb ataladi.
14.7-rasm. Murakkab invertorli TTM ME sxemasi.
Sxemaning ish tartibini ko‘rib chiqamiz. Oddiy invertorli TTM kabi, bu sxemada VA biror kirishga mantiqiy 0 berilsa VT1 tranzistor berk bo‘ladi. Natijada, VT2 tranzistor ochiladi, VT3 tranzistor esa berkiladi. Yuklama sig‘imi SYu esa endi kichik qarshilikka (150 Om) ega rezistor R4, ochiq turgan VT2 tranzistor va VD diod orqali zaryadlanadi. Rezistor R4 tok cheklagichi bo‘lib, u chiqish tasodifan umumiy nuqtaga ulanganda o‘zaro ketma-ket ulangan VT2 tranzistor va VD diod orqali oqib o‘tuvchi tok qiymati ortib ketishidan himoyalaydi. Boshqa tomondan, chiqish kaskadining qayta ulanish vaqtida, ya’ni VT2 tranzistor endi ochilayotgan, VT3 tranzistor esa hali berkilib ulgurmagan vaqt momentida kuchli qisqa impulslar paydo bo‘lishi oldini oladi. Element qayta ulanish vaqtida yuklama sig‘imi SYu to‘yingan VT3 tranzistorning kichik qarshiligi orqali razryadlanadi. Bu bilan elementning yuqori tezkorligi ta’minlanadi.
VD diod vazifasini tushuntiramiz. Diod yo‘q deb faraz qilaylik. Bu holda, element qayta ulanish vaqtida, ya’ni VT3 tranzistor ochiq bo‘lganda VT2 tranzistor berk bo‘lishi, ya’ni UBEVT2 kuchlanish qiymati 0,7 V dan kichik bo‘lishi kerak. UBEVT2 ni aniqlaymiz. Buning uchun element chiqish qismi kuchlanishi uchun quyidagi munosabatlarni yozib olamiz:
UBVT2 = UBEVT3 + UKE.TO‘Y.VT1 = 1 V; UEVT2 = UKE.TO‘Y.VT3 = 0,3 V. U holda, UBEVT2 = UBEVT3 + UKE.TO‘Y.VT1 - UKE.TO‘Y.VT3= 0,7 V.
Bu vaqtda VT2 tranzistor ochiq bo‘ladi. Shunday qilib, VD diod bo‘lmaganda VT2 tranzistor ochiq, U0ChIQ kuchlanish esa noaniq bo‘ladi. Sxemaga VD diod ulanganda ochiq VT3 tranzistor kuchlanishi UBEVT2 + UVD > UBEVT3 + UKE.TO‘Y.VT1 - UKE.TO‘Y.VT3; UBEVT2 + UVD > UBEVT3 bo‘ladi. Bu qiymatlarni mos o‘rinlarga qo‘yib 1,4 V > 0,7 V ga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, VD diod kuchlanish sathini siljituvchi element vazifasini bajaradi va chiqishda kuchlanish U0 bo‘lganda, VT2 tranzistorni aniq berkilishini ta’minlaydi.
|