MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI Samarqand filiali Kompuyuter
Injenering fakulteti Mt 22-09 guruh talabasi
Sayfiddinov Doniyorning Elektronika va sxenalar 2 fanidan
mustaqil ishi
Fano’qtuvchisi:Amonov.A.K
Samarqand 2024-yil
Tranzistor-tranzistorli mantiq (TTM) haqida tushuncha.
Murakkab raqamli elementlar tayanch elementlar asosida tuziladi. TTL seriyadagi IMS ning tayanch elementi 14.1-rasmda keltirilgan. U uchta kaskaddan tashkil topgan: kirish kaskadi, VTl tranzistorda; YOKI funksiyasini amalga oshirish imkonini beruvchi faza bo‘luvchi kaskad, VT2 tranzistorda; chiqish kaskadi, VT3 va VT4 tranzistorlarda.
14.1-rasm. TTL seriyadagi elementning tayanch sxcmasi (a) va undagi ko‘p emitterli tranzistorning ekvivalent sxemasi (b).D
VTl tranzistor sifatida ko‘p emitterli tranzistordan foydalaailadi (bunday tranzistor EWB dasturining bibliotekasida mavjud emas). Kirish kaskadining ishlash prinsipi tushunarliroq bo’lishi uchun 14.2, b-rasmda ko‘p emitterli tranzistor o ‘zaro ulangan diodlar ko’rinishida tasvirlangan. Agar diodlar (A va V kirishlar) yuqori kuchlanishli (4...5 V) shinaga ulansa tok R1 rezistor orqali VT2 tranzistorning bazasidan o‘ta boshlaydi va u ochiladi. Diodlardan birortasi YOKI ikkalasi ham massaga (umumiy shinaga) ulansa VTl tranzistor ochiladi va o‘z navbatida bazasidan o’tayotgan tok kamayib VT2 tranzistor yopiladi.
Shunday qilib, ikkala kirishida ham yuqori kuchlanish bo’lganda VTl tranzistorning kollektorida ham yuqori kuchlanish bo’ladi; kirishlardan birortasiga yoki ikkalasiga ham nolga yaqin kuchlanish berilsa VTl tranzistorning kollektorida past kuchlanish hosil bo’ladi, ya’ni, VTl tranzistor ham mantiqiy funksiyasini bajaradi.
Faza bo’luvchi kaskad VT2 tranzistor va qarshiliklari bir-biriga yaqin bo’lgan ((0,25...0,33)R1) R2, R3 rezistorlarda bajarilgan. Bunda VT2 tranzistorning to‘yinishiga tok bo‘yicha kuchaytirishning juda kichik qiymatlaridayoq erishiladi. Sxemaning hamma kirishlariga yuqori kuchlanish berilganda VTl tranzistorning baza-kollektor o‘tishi orqali VT2 tranzistorning bazasiga boshqaruvchi tok uzatiladi, natijada VT2 ochiladi. Uning emitteridagi kuchlanish faqat VT4 tranzistorning baza-emitter o’tishidagi kuchlanishgacha ortadi, kollektoridagi kuchlanish ochiq VD diod va VT3 tranzistorlardagi kuchlanishlar yig‘indisiga teng bo‘ladi (14.2-rasm).
14.2-rasm. TTM seriyadagi elementning kirishga yuqori kuchlanish
berilganda ishlashi tayanch sxemasi.
Agar mantiqiy kirishlardan kamida bittasiga yoki hammasiga past kuchlanish (mantiqiy nol signali) berilsa, VT1 tranzistor ochiladi, VT2 tranzistor esa yopiladi (14.3-rasm).
VT4 tranzistor chiqish kaskadining asosiy tranzistori bo‘lib hisoblanadi. Mantiqiy kirishlarga yuqori kuchlanish berilganda VT1 tranzistor yopiladi, VT2 tranzistor ochiladi, VT3 tranzistor yopiladi, VT4 tranzistor ochiladi va chiqishda S nuqtada past kuchlanish (mantiqiy nol) hosil bo‘ladi.
Mantiqiy kirishlardan kamida bittasiga yoki hammasiga past kuchlanish berilganda VT1 tranzistor ochiladi, VT2 tranzistor yopiladi, VT3 tranzistor ochiladi, VT4 tranzistor yopiladi va chiqishda S nuqtada yuqori kuchlanish (mantiqiy bir) hosil bo‘ladi (14.3-rasm).
TTM larning har-xil seriyalarida har-xil sxemalardan foydalaniladi. Lekin ularning barchasida R4 rezistor VT3 tranzistorni S chiqish "yerga" ulanib qolganda himoya qilish uchun xizmat qiladi. 54/74 (155) - seriyalar tayanch elementining sxemasi 14.3-rasmda keltirilgan. U yuqorida ko‘rib o‘tilgan sxemadan diodning baza zanjiriga emas balki emitter zanjiriga ulanganligi bilan farq qiladi.
14.3-rasm.TTM seriyadagi elementning kirishiga past kuchlanish berilganda ishlashi.
14.4-rasm.54/74 seriyalar tayanch elimentining sxemasi.
|