|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 1/2 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,41 Mb. | | #249892 |
Bog'liq 2-Mustaqil ish 2
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 2 CAE002 ”
fanidan
2-MUSTAQIL ISH
Bajardi:Baqoyev B.
Qabul qildi: Toshmatov Sh.
Toshkent – 2024
Bipolyar tranzistorda, hamda Maydoniy tranzistorda yig‘ilgan elektron kalit sxemasini tadqiq etish
BTda yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini tadqiq etish
Ishning maqsadi: Bipolyar tranzistorli sodda elektron kalit sxemasida statik rejimlarni va o‘tish jarayonlarini tajriba yo‘li bilan tadqiq etish.
Nazariy ma’lumotlar
Impulsli va raqamli (mantiqiy) qurilmalarda elektron kalit asosiy element hisoblanadi. Elektron kalit yuklama zanjiriga ulanib, tashqi boshqaruv signali ta’sirida davriy ravishda ulash va uzishni amalga oshiradi. Bu vaqtda kalitning chiqishidagi signal bir-biridan yetarlicha farqlanadigan ikkita diskret qivmatga ega bo'ladi. Bu xossa uni Bul algebrasi funksiyalarini amalga oshiruvchi asosiy ME sifatida qo‘llash imkonini beradi.
Kalit ikki elementdan tashkil topgan: qayta ulanuvchi (QUE) va yuklama (YuE) elementlar. Kalit (invertor) tuzilishining umumlashgan sxemasi 1.1.a-rasmda keltirilgan.
1.1 – rasm. BT da yasalgan kalit sxemasi: a) kalit (invertor) umumlashtirilgan sxemasi; b) BT asosidagi soda elektron kalit sxemasi
QUE ikki turg‘un: ulangan va uzilgan holatga ega. Bu shartlarga bipolyar va mavdoniy tranzistorlarning ba’zi turlari mos keladi. YuE manbadan iste’mol qilinayotgan tokni cheklash uchun xizmat qiladi.
Kalit turini tanlashda IMSlarda asosiy mezon bo‘lib, texnologik muvofiqlik hisoblanadi.BTli sodda elektron kalit sxemasi 10.1.b-rasmda keltirilgan. U UE sxemada ulangan BTda yasalgan kuchaytirgich kaskadidan iborat. Kuchlanish manbayi EM va RK ko‘rinishdagi yuklama qarshiligidan tashkil topgan zanjir boshqariluvchi zanjir hisoblanadi. Boshqaruvchi (baza) zanjir boshqaruv signali manbayi UKIR va unga ketma-ket ulangan qarshilik RB dan tashkil topgan. BT elektron kalit shartiga ko‘ra berk rejimda yoki to‘yinish rejimida ishlashi kerak. Kirishga manfiy qutbli signal berilsagina tranzistor berk rejimga o‘tadi. Ma’Iumki, berk rejimda tranzistor toklari
ga teng bo‘ladi. Bu yerda «—» belgisi baza toki aktiv rejimdagi baza toki yo‘nalishiga teskari yo'nalishda oqib o'tishini bildiradi. Kalit rejimida IK0 toki qoldiq tok deb ataladi. U juda kichik bo‘lganligi sababli, chiqish kuchlanishi UCHIQ manba kuchlanishi EM qiymatiga yaqin bo‘ladi.
ya’ni manba zanjiridan yuklama uzilishiga mos keladi (kalit uzilgan).
Agar UKIR musbat qutbga va yetarlicha katta qiymatga ega bo‘lsa, u holda tranzistor aktiv yoki to‘yinish rejimiga o‘tadi, ya’ni ochiladi (kalit ulangan). Yuklama zanjirida;
tok oqib o‘tadi, kalit chiqishidagi kuchlanish esa UCHIQ = UKE = UQOl ga teng bo'lib, qoldiq kuchlanish deb ataladi. To‘yinish rejimidagi qoldiq kuchlanish UEB va UKB lar ayirmasiga teng va doim aktiv rejimdagi qoldiq kuchlanish qiymatidan kichik bo‘ladi. Shu sababli, kalit sifatida tranzistorning aktiv rejimda ishlashi ma’qul emas, chunki unda qo'shimcha PK = IK UKE quvvat sochiladi va sxema FIK pasayadi. Kremniyli tranzistorlar uchun to'yinish rejimida VQOL 0,25 V ga teng, ya’ni nolga yaqin.
Ko'rilayotgan kalit invertor ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi, ya’ni kirish signalining manfiy qiymatlardan musbat qiymatlarga ortishi, chiqish kuchlanishi UKEni EMdan qoldiq kuchlanishgacha kamayishiga olib keladi.
Umuman aytganda, bu kalit — invertor to'g'ri mantiqdagi musbat signallar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Shuning uchun bu yerda UKIR< 0 shart bajarilmaydi. Lekin kremniyli p-n o‘tish musbat kuchlanishda ham, agar UKIR < 0,6 V bo‘lsa, deyarli berk qoladi. Bu vaqtda tranzistorning uchala elektrod toklari odatda mikroamper ulushlaridan ortmaydi.
a) b)
1.2 – rasm. Tranzistorning statik xarakteristikalarida kalit ishchi nuqtalarining joylashishi
Kalitning asosiy statik parametrlari bo‘lib, qoldiq tok va qoldiq kuchlanish hisoblanadi. BTning kalit rejimi katta diapazondagi tok va kuchlanish impulslarining o‘zgarishi bilan ta’minlanadi (katta signal rejimi). Shu sababli. kalitning statik parametrlari grafo-analitik usulni qo‘llash yordamida aniqlanadi. Buning uchun kalitda qo‘llanilayotgan tranzistorning chiqish (1.2, a-rasm) va kirish (1.2, b-rasm) xarakteristikalari kerak boladi. Chiqish xarakteristikalar oilasida B nuqta (bu yerda UKE=EM ) va A nuqta (bu yerda IK = EK/RK) larni tutashtirib, AB yuklama chizig‘ini o‘tkazamiz. Unda D nuqta to‘yinish chegarasini, C nuqta esa UKB = 0 bo‘lganda boshlanadigan berk rejim chegarasini beradi.
Aytilganlardan kelib chiqqan holda, kalit rejimda ishlash uchun tranzistorli kaskad ishchi nuqtasi yoki D nuqtadan chaproqda, yoki C nuqtadan o'ngroqda joylashishi kerak. Bu nuqtalaroralig‘ida kaskad tranzistorning to‘yinish rejimidan berk rejimga o‘tish holatida yoki aksincha bo‘ladi.
Zaryadlarni so‘rilish jarayoni tranzistorga berkituvchi kirish kuchlanish Eb berilgan vaqtdan boshlab bazada to‘plangan zaryadlar uni to‘yinish holatidan aktiv rejimga o‘tkazadigan chegaraviy Qcheg–Ibm qiymatga erishguncha bo‘lgan vaqt bilan xarakterlanadi. Agar tranzistorning kollektor o‘tishi emitter o‘tishidan avvalroq (Tk ) berkitilsa, u tranzistor normal aktiv rejimga o‘tadi, aks holda (Te ) tranzistor invers rejimda bo‘lib qoladi. 1.3– rasmda BT da yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini o‘lchash prinsipial sxemasi keltirilgan
1.3– rasm. BT da yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini o‘lchash prinsipial sxemasi
|
| |