|
Tuproqdagi mikroelementlar
|
bet | 2/4 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 66,27 Kb. | | #136450 |
Bog'liq nurbek. Masalan, mis -muhim biologik ahamiyatga ega bo’lib, turli oksidlovchi fermentlar tarkibiga kiradi, uglerod va oqsil moddalarning almashinuviga ta’sir etadi, ruh òsimliklardagi biologik jarayonlarni kuchaytiradi va nafas olishda katnashadigan fermentlar faoliyatini kuchaytiradi, ezuglikning kuchayishi bilan o’simliklarning ruhga bo’lgan talabi oshadi; bor elementi o’simliklardagi uglevodlar almashinuvida va gulining changlanishi jarayonida katta rol o’ynaydi; molibden - o’simliklarda azot almashinuvida, ayniqsa azot tuplovchi azotbakterlar va tuganak bakteriyalari faoliyatida, oqsil moddalar mintezida muhim ahamiyatga ega; marganets - o’simliklarda fermentlar tarkibiga kiradi fotosintez faoliyatini kuchaytiradi, hamda oksidlar hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi; kobalt - o’simliklarda fotosintez, jarayonini yaxshilaydi, oqsil almashinuvini tezlashtiradi va boshqalar Tuproqdagi mikroelementlar manbai. - Tuproqdagi mikroelementlar asosiy manbai - tuproq ona jinslari, tuproq - grunt suvlari, vulqon gazlari, dengiz va okean suvlari, meteorit va kosmik changlar, insonning geoximik va boshqa faoliyatidir. Kosmik va meteorit chang bilan tuproqqa asosiy ma’lum bo’lgan hamma mikro elementlar tushishi mumkin. Vulqon gazlar bilan ftor, xlor, yod, bor va boshqa mikroelementlar kelishi mumkin. Dengiz va okean suvlari bilan hlor, brom, ftor, yod, litiy, rubidiy, seziy elementlari. Grunt suvlari bilan - V, J, Fe, Co, Ni, Zn, V, Cu, Ba, Sr, Li, Ca, Rb. Inson geokimyoviy faoliyati ta’siridagi mikroelementlar tuproqga tushishi, to’planishi, migratsiyasi yil sayin kuchayib bormokda, ular qurilish ishlari, Tog’ qidiruv ishlari va qazilmalar olish ishlari,texnogen faoliyati, o’g’itlar va agroximikatlar qullash ishlari va boshqalar.
Mikroelementlar quruqliklikdagi migratsiyasi qonuniyatlari. - Landshaftlarda mikroelementlar uch hil migratsiyasi kuzatiladi: 1) suv, 2) biogen, 3) havo. Suv migratsiyasi ichki va tashqi faktorlarga bog’liqdir. Ichki faktorlarga elementing xossalari tashqi faktorlarga temperatura, namlik, RN, Eh, organikmoddalar va mineral birikmalar va tarkibi kiradi.Biogen migratsiya mikroelementlarning biologik aylanishga kirishi tushuniladi, organizmlar tarkibiga va ular transformatsiyalangan moddalariga. Biogen migratsiyaning asosiy yo’nalishi mikroelementlarning biosferada singdirilishi va to’planishi. Havo migratsiyasi - amaliy ahamiyatga asosan yod uchun katta. Atmosferaga yod vulqon gazlardan, dengiz va okean suvlari parchalanishdan, organik moddalar minerallashuvidan va boshqalardan keladi. Mikroelementlar migratsiyasining 1) fizik - ximik va 2) biologik barerlari mavjud.
|
| |