• Kalit so‘zlar.
  • Turar-joy binolarning energiyatejamkorligining samaradorligini oshirishda takomillashtirilgan kompleks




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #266130
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    328-332 TURAR-JOY BINOLARNING ENERGIYATEJAMKORLIGINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TAKOMILLASHTIRILGAN KOMPLEKS YONDASHUV



    328 

    International Scientific and Practical Conference, May 23-24, 2024 at the Samarkand State Architecture and Construction University named after Mirzo Ulugbek.
     
     
     
    TURAR-JOY BINOLARNING ENERGIYATEJAMKORLIGINING 
    SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TAKOMILLASHTIRILGAN KOMPLEKS 
    YONDASHUV 
    PhD, Samarqand davlat universiteti dotsenti Arxitektura va qurilish 
    Aymatov Anvarbek Abdixoliqovich 
    Samarqand Davlat arxitektura va qurilish universiteti doktoranti 
    Xalimov Xabibullo Baxtiyorjon o‘g‘li 
    Annotatsiya. Ushbu maqolada, turar-joy binolarning energiyatejamkorligining samaradorligini oshirishda 
    takomillashtirilgan kompleks yondashuv, Binolarning energiya samaradorligini oshirishning kompleks yondashuvi, 
    Energiya tejovchi yechimlarning samaradorligini baholash usullari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. 
    Kalit so‘zlar. turar-joy, bino, energiya, investisiyalar, sotish tahlillari, ekologik toza materiallardan foydalanish, 
    dizayn prinsiplari, ichki konfor 
    KIRISH. 
    O‘zbekiston Respublikasi aholi soni va ular daromadlarining oshishi, urbanizatsiya jarayonlarining tezlashishi va iste’mol 
    tuzilmasida tegishli o‘zgarishlarni hisobga olganda, 2030 yilga kelib binolar sohasidagi energiya resurslariga bo‘lgan talab 2,5 marta 
    oshishi mumkin (61,2 mln.t.n.e.gacha). Bunday shart-sharoitlarda talab va energiya ta’minoti o‘rtasidagi farq o‘sishining oldini 
    olish, uy-joy, tijorat va ma’muriy binolarning energiya bilan uzluksiz ta’minlanishi hamda insonlarning ijtimoiy huquqini ta’minlash 
    uchun ushbu sohada energiya samaradorligini yaxshilashga doir chora-tadbirlar majmuini qabul qilish lozim.
    Bugungi kunda O‘zbekistondagi jami energiya iste’molining deyarli yarmi binolarni isitish hissasiga to‘g‘ri kelmoqda (yiliga 24,1 
    mln.t.n.e.). Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan O‘zbekistonda binolarning energiya iste’moli 2-2,5 marta ko‘pdir. 
    O‘zbekistonda 1 yillik o‘rtacha energiya qurilish 0,8 %, qishloq xo‘jaligi 6,0 %, transport 9,0 %, energotizm va sanoat 35,0 % va 
    aholi va kommunal soha 49,2 % sarf bo‘lar ekan. Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda bir yilda iste’mol kilinadigan barcha 
    energiyaning 50 % yoki 24,1 mln. tonna neft ekvivalenti binolar hissasiga to‘g‘ri keladi. Binolar loyihasini tuzish va qurishda 
    energiyani tejash masalalari e’tibordan chetda qolmoqda, bu esa energiyaning haddan ziyod ortiq sarflanishiga olib kelmoqda [1,2]. 
    Zamonaviy arxitektura-qurilish yechimlarini va qurilish konstruksiyalarining yangi, energiya tejaydigan turlarini, shuningdek
    izolyasiyalovchi materiallarni qo‘llash orqali turar-joy va ma’muriy binolarni, sanoat ob’yektlarini qurishda va mavjudlarini 
    rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini ta’minlash. Keyingi yillarda Respublikamizda qad ko‘tarayotgan qishloq qurilish 
    uylari yakka tartibdagi va kam qavatli turar-joylarning qurilishida ya’na bir muhim qadam bo‘ldi. Bu bilan esa qishloq aholi 
    punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda kam qavatli uy-joylar qurish hisobiga 
    qishloq aholisining hayoti darajasi va sifatini oshirish, qishloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy 
    infratuzilma ob’yektlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 
    TADQIQOT USULLARI 
    Tadqiqot ishida matematik modellashtirish, qiyoslash, Rits usuli, “Petrov – Galyorkin” usuli, tahlil qilish, umumlashtirish, kuzatuv, 
    o‘lchash va eksperimental tekshirish metodlaridan foydalanilgan. 
    TADQIQOT NATIJASI. 
    Innovative: International Multi-disciplinary Journal of Applied Technology
    (ISSN 2995-486X) 
     
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE 
    on the theme” 
    Architecture is the Abode of Time 
    "which will be held at
    Samarkand State Architecture and Construction University
     



    Download 1,18 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turar-joy binolarning energiyatejamkorligining samaradorligini oshirishda takomillashtirilgan kompleks

    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish