SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
101
istagini bildirgan holdagina ma’lum xizmatlarni talab etadi. Biroq amaliyotda ba’zan
turoperator va turagent orasidagI farqni ajratib bo’lmaydi chunki har ikkalasi o’xshash
vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan firma turoperator sifatidayo’nalishlar ishlab
chiqish turistlar va boshqa agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu
turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi
ham mumkin Turizm industriyasining shiddat bilan rivojlanishi turizm bozorida raqobatning
yuzaga kelishi va kuchayishiė hammasi turoperatorlar strukturasiga ta’sir ko’rsatdi va
ularning keyingi maxsuslashuvini qayta aniqlab berdi. Turoperator xizmatlar yetkazib
beruvchilar bilan shartnomalar bo’yicha va turistlar ehtiyojlariga mos ravishda turlar
komplektatsiyasi bilan shug’ullanadigan turistik firma(tashkilot)dir. Turoperator bu turistik
paket ishlab chiqaruvchidir. U turistik yo’nalishlar ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi
bilan shug’ullanadi ularning amal qilishini ta’minlaydi reklamani tashkil qiladi.bu
yo’nalishlar bo’yicha narxlarni hisoblaydi turlarni to’g’ridan-to’g’ri yoki turistik agentliklar
vositasida turistlarga sotadilar. Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardan tanlash
imkonini ta’minlab beradi va bir vaqtning o’zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko’rsatishga
buyurtma berish vazifasini o’z zimmasiga olib osonlashtiradi.
XULOSA
Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni Bajaradilar. Ular turmahsulotlarni
joylarni-samolyotda nomerlarni-mehmonxonada sotib oladilar turistik xizmatlar paketini
shakllantiradilar va foyda olish maqsadida turli to’g’ri yoki bilvosita foydalanuvchilarga
turistlarga sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni alohida ham sotishi mumkin. Bu foyda
olishyoki zaruriyat yuzasidan qilinadi Masalan imtiyozli narxlarda sotib olingan
samolyotdagi joylar soninI to’ldirish uchun u chiptalarni ham sotishi mumkin va bunda u
vositachi sifatida keladi.