• Keywords
  • TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
  • Turistik mahsulotlarni sotish tarmoqlarini shakllantirish




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana17.01.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #139894
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    turistik-mahsulotlarni-sotish-tarmoqlarini-shakllantirish

    Ключевые слова: туроператор, фирма, туризм, рынок, потенциал, потребитель, 
    собственность, продукт, пакет, цена. 
    FORMATION OF NETWORKS FOR THE SALE OF TOURIST PRODUCTS 
    Abstract. The place and role of industries serving the population in the socio-economic 
    development of the country are very significant, and the importance of tourism is determined by 
    its development at a faster pace than other service sectors. That is why in the coming years, 
    much attention is paid to issues related to the development of tourism in Uzbekistan, ways are 
    being formed for the effective use of its tourism potential. 
    Keywords: tour operator, firm, tourism, market, potential, consumer, property, product, 
    package, price. 
     
    KIRISH
    Avvalambor, turistik bozor tushunchasiga to‘xtalib o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Turistik 
    bozor – bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta‘minlovchi talab va takliflarni 
    birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste‘molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy 
    munosabatlarni yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi ( sotib – 
    sotib olish ) jarayoni vujudga keladi.
    TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
     
     
     
     
     
     


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    99 
    Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchisi va iste‘molchisi o‘rtasida bir – biriga mos 
    tushmaydigan iqtisodiy manfaatlar bo‘ladi. Ularning bir – biriga mos kelishi oqibatida esa 
    turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni vujudga keladi. Bozorda o`ziga xos bir xususiyat 
    bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi qiziqishlarining kelishuvidir. Bozorda markaziy 
    holatni iste‘molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish 
    hisoblanadi. Firmaning muvafaqiyatli faoliyat ko’rsatishi nafaqatgina ishlab chiqarilgan
    mahsulotga bog’liq bo’ladi. Sifatli Tovar ishlab chiqarishning o’zigina kifoya qilmaydi u o’z 
    iste’molchisini ham topishi zarur. Mahsulotni potentsial iste’molchi bilan uchrashuvi uni joriy 
    qilishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ko’pgina ishlab chiqaruvchilar
    sotishning shaxsiy kanallarini shakllantirib o’z tovarlarini vositachilar orqali bozorga 
    chiqaradi.Sotish kanali yoki distribyutsiya kanali bu firma yoki alohida shaxslarning 
    vositachilarning yig’indisi bo’lib konkret tovar yoki xizmatlarning mulkchilik huquqini ishlab 
    chiqaruvchidan iste’molchigacha uzatishda boshqa shaxsga yoki o’z zimmasiga olishga yordam
    beradi shu tarzda ishlab chiqaruvchiga tijorat faoliyatining normal jarayonini ta’minlaydi. 
    Boshqacha so’z bilan aytganda sotish kanaliƀ bu tovar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga
    tomon harakatlanadigan yo’l bo’lib hisoblanadi Shu tufayli tovar va xizmatlar uni harid 
    qilishni istovchilardan ajratib turuvchi vaqt birligida joy va mulkchilik huquqini uzoq uzilishlarni 
    bartaraf etadi.
    Turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan to so’ngi istemolchigacha bo’lgan
    harakatlanish jarayoni bevosita emas ko’p hollarda uning bevosita kontaktini ko’zda 
    to’tmaydi. Zamonaviy turistik bozor vositachilik bo’g’inining kattagina miqdori bilan
    tavsiflanadi ularsiz turistik tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari oddiygina normal
    faoliyat ko’rsata olmaydi. Vositachilar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi
    oraliq holatni egallaydi hamda tovar harakati jarayoni bozor xo’jaligini
    almashtirilmaydigan muhim elementi bo’lib hisoblanadi.
    Turistik bozorda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi hududiy noumumiylik 
    mavjud Shu sababli potentsial iste’molchilar bilan aloqalar faqatgina o’ziga xos vositachilik 
    tashkilotlari turoperatorlar va turagent orqaligina mumkin bo’ladi. Turistik bozorda ishlab
    chiqaruvchilar bo’lib ishlab chiqarish servis madaniy tashkilotlar shulardan mehmonxonalar 
    restoranlar muzeylar ko’rgazma transport kompaniyalari sport muassaslari va h.k. hisoblanadi. 
    Turizmda vositachilar bir necha ishlab chiqaruvchilar xizmatini joriy qiladi. Turistik
    xizmatlarni siljitish jarayonida turoperatorning turistik mahsuloti deb nomlanadi va sotish
    kanallari orqali iste’molchiga yetkaziladi. Turistik bozorda turistik mahsulot va xizmatlarni 
    joriy qilish bevosita iste’molchiga bitta yoxud bir nechta vositachilarni o’z ichiga oluvchi sotish 
    kanallari orqali amalga oshiriladi Mazkur holatga yaqqol misol bo’lib joylashtirish bo’yicha
    o’z xizmatlarini ko’p sonli turfirmalar orqali amalga oshiruvchi hamda ularga bevosita
    murojaat qilgan turistlarga turagentlik vositachilarini chetlab o’tgan xizmat ko’rsatuvchi
    mehmonxonalarni olishimiz mumkin. Shunga qaramasdan ko’pgina ishlab chiqaruvchilar
    o’zlari yetkazib berib vositachilar roli va funktsiyasini o’zlari bajaradilar. 

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turistik mahsulotlarni sotish tarmoqlarini shakllantirish

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish