Turizm va ekoturizm tushunchalariga beriladigan ta’riflar.
Dunyo xo‘jaligi tarkibida eng jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biri turizmdir. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra 2004-yilda turistik oqimning harakati 760 mln kishini tashkil etgan. 2003-yilga nisbatan o£sish sur’ati 10 foizga oshgan. Zamonamizda turizm oqimi, XX asrdan farqli ravishda nafaqat rivojlangan mamlakatlardan rivojlanganlariga, balki rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon ham o'zgarmoqda. Bu o‘rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan OsiyoTinch okeani mintaqalari, Yaqin va 0 ‘rta sharq mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi, asosan, tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda. Jahon hamjamiyati tomonidan um um e’tirof etilayotgan masalalardan biri mahalliy, milliy, regional (mintaqaviy) va global G'ahon) miqyosda barqaror rivojlanishga erishishdir. Barqaror rivojlanish esa ekologik muammolarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan yagona tizimda turishi, ularni kishilik jamiyati faoliyatining barcha jabhalarida yaqin amaliy hamkorlik qilish- orqali hal etish mumkin ekanligini ko£rsatadi. « 0 ‘zbekistonning dam olish va salomatlikni tiklash imkoniyatlari, — degan edi Prezident Islom Karimov — sayohat marshrutlarining xilma-xil turlarini tashkil etishga va sayohatchilarni butun yil davomida qabul qilishga sharoit yaratadi»1. 2006-yil 17-aprelda « 0 ‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko£rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to£g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi. 2007-yil 25-aprelda esa, Islom Karimov Singapurga qiladigan davlat tashrifi oldidan «Today» gazetasiga bergan intervyusida «Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar respublika hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir....» deb alohida ta’kidlab o£tdi.
Turizm, ayniqsa, ekologik turizm (ekoturizm)nmg ahamiyati beqiyos ekanligi amalda isbotlangan. Turizm industriyasi o‘ziga katta sarmoya va resurslarni mujassamlashtirishi bilan bir qatorda davlat va jamiyat uchun zarur bo‘lgan m a’rifiy-ma’naviy funksiyalarni bajaruvchi iqtisodiyot tarmog'idir. Ekoturizm orqali chet ellik mehmonlar 0 ‘zbekiston degan yurt hamda uning boy va betakror tabiati haqidagi tasawurga ega bo'lsalar, fuqarolar esa o‘z Vatani bilan yaqindan tanishadilar. Turizm orqali ularda ona yurtiga nisbatan milliy iftixor hamda g‘urur tuyg‘usini shakllantirish imkoniyati tug'iladi. Ushbu ijobiy funksiyalarni yuzaga keltirish uchun ilmiy asoslangan ekoturistik ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo'yish asosiy vazifalardan biridir. Mazkur o‘quv qo‘llanmada yangi fan sohasi, ta’lim yo‘nalishi hamda iqtisodiyot tarmog‘i bo'lgan Ekoturizmning nazariy va amaliy asoslariga oid mavzularga alohida to'xtalib o‘tildi. Unda ekoturizm obyekti, predmeti, tushunchasi, metodologiyasi, metodik tomonlari, taraqqiyot jabhalari, amaliy ahamiyati, ekoturistik marshrutlar kabi ma’ruza mavzulari, seminar mashg‘ulotlar rejasi, amaliy va mustaqil ishlar yagona bir tartibda va uzviy ketma-ketlikda ko‘rib chiqilgan.
Zamonaviy turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining eng yirik yuqori daromadli va dinamik tarmoqlaridan biridir. Buning asosiy sabablari sayohatga doimiy o'sib borayotgan talab va sanoatning nisbatan yuqori rentabellik darajasidir. Ekoturizm turizm industriyasining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Ekoturizm jamiyati (AQSh) ta’rifiga ko‘ra, “ekoturizm - bu tabiatda tabiiy majmualarga zarar yetkazmaydigan, tabiatni muhofaza qilish va mahalliy aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan har qanday turizm va dam olish turidir”. Boshqacha qilib aytganda, "ekoturizm - bu barqaror va tabiatga asoslangan turizm va rekreatsiya". Turizmdagi barqarorlik esa turizmning ekologik, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy ta’sirining ijobiy umumiy muvozanatini hamda tashrif buyuruvchilarning bir-biriga ijobiy ta’sirini nazarda tutadi. Bundan ko’rinib turibdiki, ekoturizmning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, u insonning tabiat bilan muloqot qilish istagini yuzaga keltiradi va qondiradi, ekologiya, madaniyat va estetikaga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini oladi, turizm salohiyatini tabiat manfaati va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ekoturizmning rivojlanishi tashrif buyuruvchilar va mahalliy aholining ekologik, ma'rifiy va umumiy madaniy darajasini oshirishga yordam beradi.Ekoturizm va uning rivojlanishi nafaqat o‘rganilayotgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan balki shu hududning tabiiy sharoitiga, unda ekoturistik ob’ektlarning mavjudligiga va ularning geografik o‘rniga ham bog‘liqdir. Chunki tabiiy sharoit xususiyatlari hududning ekoturistik imkoniyatlarini va uning qaysi turlarini rivojlantirish mumkinligini aniqlashga imkon beradi. Respublikamiz o‘zining turistik resurslari bo‘yicha Markaziy Osiyoda oldingi, dunyoda noyob turistik potensialga ega bo‘lgan 10-15 ta davlat orasida joy egallaydi. Uning hududida har xil tarixiy davrlarga mansub noyob arxitektura, tarixiy va tabiat yodgorliklari mavjud. Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 «Научный импульс» Октябрь, 2022 472 O‘zbekistonga turistlarni jalb qiluvchi asosiy omil bu uning maftunkor tabiatidir, uning xilma-xilligidir. Sababi O‘zbekiston iqlimi, ob-havosi yil davomida dam olish va ekoturizmni rivojlantirish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Jumladan, geografik o‘rni qulay, tabiiy sharoiti va ekoturistik imkoniyatlari xilma-xil bo‘lgan, sanoat rivojlangan va aholi zich yashaydigan Toshkent viloyatida ekoturlarga talab yuqori. Misol uchun, viloyatning ekoturistik salohiyati yuqori bo‘lib, uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Misol uchun, Bo‘stonliq tumani o‘zining ekoturistik salohiyati bilan viloyatning boshqa tumanlaridan ajralib turadi. Eng muhimi, hududda turizmning ayniqsa, ekoturizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud. Shu ma’noda bugun tumanda bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlarni sotish orqali ular negizida turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 80 ga yaqin davlat ob’ektlarini xususiylashtirish rejalashtirilgan. Bu orqali turizm sohasida davlat ishtiroki qisqartiriladi va xususiy tadbirkorlik rivojlanadi. 15 mingtagacha yangi ish o‘rni yaratiladi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bugun ekologik inqirozning sayyoraviy tus olishi insoniyatni tashvishga solmoqda. Ekologik muammolarning dunyo miqyosida haddan tashqari og‘irlashib ketayotgani zamirida tabiatning o‘zini-o‘zi tiklash kuchi pasayayotgani, uning resurslari kamaygani, atrof-muhit ifloslanib, zaharlanib borayotgani yotadi.
|