|
Turli muhitlarda elektr tokining tabiati. Reja: Vakuumda elektr toki
|
bet | 1/3 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 86,81 Kb. | | #158185 |
Bog'liq Turli muhitlarda elektr tokining tabiati. Reja Vakuumda elektr
Aim.uz
Turli muhitlarda elektr tokining tabiati.
Reja:
1. Vakuumda elektr toki.
2. Elektrolitlarda elektr toki.
3. Gazlarda elektr toki.
Tayanch iboralar.
Anod + katod –
2- betga tuzatma: batareaning musbat qutbi bilan A elektrod anod, manfiy qutbi bilan ulangan K elektod katod deyiladi. Turli muhitlarda elektr tokining biati haqida fikr yuritishdan oldin “elektr ” va “elektr toki ” to’g’risida to’xtalib o’tishimiz lozim.
Zaryadli zarrachalarning ma’lum bir tomonga tartibli harakatiga “elektr toki” deyiladi . zaryadlar ikki turga bo’linib ,”+” va ”-” moduli jihatidan tengdir. Boshqacha aytganda neytral jismdagi musbat va manfiy zarralarning miqdori hamma vaqt o’zaro teng bo’ladi. Nechta musbat zarra bo’lsa , manfiy zarralar soni ham shuncha bo’ladi. Yakkalangan sistemadagi zaryadlar miqdori vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. Bu hol zaryadlarning saqlanish qonuni deb yuritiladi. Biz elektr tokining turli muhitlarda namoyon bo’lishini ko’rib chiqmoqchimiz. Gazning zichligi biror yo’l bilan kamaytirilganda molekulalarning o’rtacha erkin yugirish yo’li uzunligi u joylashgan idishning o’lchamlariga yaqin bo’lsa bunday siyraklashgan gaz vakuum deyiladi.
Hozirgi paytda mavjud bo’lgan vakuum texnikasi gazning zichligini 109 marta kamaytirish imkonini beradi. Yuqori vakuumda idish ichida qolgan molekulalar soni – 1010 sm3 bo’lib, havo uchun molekulalarning tartibsiz harakati tezligi 500m/s ni tashkil etadi.Yuqori vakuumda tok tashuvchi yo’q va uning uchun u izalyatordir. Lekin vakuumda elektr toki hosil qilish mumkun. Elektronlarning jismdan chiqish hodisasi elektronlar emissiyasi deyiladi. Jism qizdirilganda elektronlarning undan chiqish hodisasi termoelektron emissiyasi deyiladi. Bu hodisa Edison tomonidan kashf etilgan. Vakuumda tok hosil qilishda zaryad tashuvchi zarralarni yuzaga keltirishda termoelektronemissiyadan foydalngan. Bu hodisani tajriba asosida ko’rib chiqadigan bo’lsak nay ichiga katod sifatida ingichka sim kavsharlab, uning uchlarini tashqariga chiqarib qo’yamiz. Termoelektron emissiya hodisasi elektron tayyorlashda, elektron emissiya hodisasiga asosanishlaydigan asboblarni chiqarishda tayyorlaniladi. Elektron lampa ichida havosi so’rib olingan l va bir necha elektronlar kavsharlangan shisha yoki metal balondan iborat.
|
| |