• Ishni bajarish uchcun yo’riqnoma
  • Turli XIL konfiguratsiyali mashina deiallariga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini tuzish




    Download 168,96 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana03.10.2024
    Hajmi168,96 Kb.
    #273287
    Bog'liq
    2-amaliy



    -AMALIY MASHG’ULOT 
    TURLI XIL KONFIGURATSIYALI MASHINA DEIALLARIGA 
    MEXANIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIK JARAYONINI TUZISH 
     
    Ishdan maqsad: To’qimachilik yengil va paxta tozalash texnologik 
    mashinalari va jihozlariga tegishli bo’lgan turli xil konfiguratsiyadagi detallarga 
    ishlov berish texnologik jarayonini tuzishni o’rganish va talabada detal yuzalariga 
    mexanik ishlov berish usullarini belgilash amaliy malaka va ko’nikmalarini 
    shakillantirish. 
     
    Nazariy ma’lumotlar:
    Mexanik ishlov berish operatsiyalarining tartibini 
    belgilash uchun berilgan detalga o’xshash detallarga ishlov berishning
    mashinasozlik zavodlarida belgilangan tartibi tanqidiy tahlil qilinadi. So’ngra 
    detalning konstruktsiyasi va ishlab chiqarish turiga qarab detalga mexanik ishlov 
    berish operatsiyalarining tartibi belgilanadi. Bunda talaba texnika va 
    texnologiyaning yangi yutuqlaridan keng foydalanilgan holda metall qirquvchi
    dastgohlarni, kesuvchi asboblarni tanlaydi va texnologik asoslarni belgilaydi. 
    Ishlov berish ketma – ketligi jadval holida yoziladi. Jadvalda kesish rejimi 
    ko’rsatilmaydi. Biroq ishlov berish usullari chizmada talab qilingan aniqlik va 
    sirtlarning g’adir – budirligi talablarini qoniqtirishi lozim.
    Masalan: Qattiqligi HB 230. . .280 bo’lgan 45 markali po’lat tayyorlamadan 
    sirtining g’adir – budirligi R
    a
    =0,5 mkm bo’lgan teshikka ishlov berish talab qilinsa, 
    birinchi navbatda parmalash usuli tanlanadi va keyin talab qilingan aniqlik va g’adir 
    – budirlikni olish uchun zenkerlash, razvertkalash, toza ichki yo’nish yoki jilvirlash 
    usullari belgilanadi. 
    Ishlov berish ketma – ketligi jadvalida har bir operatsiya uchun tanlangan 
    metall qirquvchi dastgoh, dastgohga o’rnatiladigan qo’shimcha moslama, 
    ishlatiladigan kesuvchi asboblar va nazorat-o’lchov asboblari ko’rsatiladi. 
    Umumiy ishlov berish ketma – ketligini belgilash vaqtida quyidagi holatlarga 
    amal qilish tavsiya qilinadi: 
    a) har bir navbatdagi operatsiya ishlov berish xatoligini kamaytirishi va sirtning 
    sifatini yaxshilashi lozim; 
    b) birinchi navbatda keyingi operatsiyalarda texnologik asoslar sifatida 
    foydalaniladigan sirtlarga ishlov beriladi; 
    v) so’ngra eng katta metall qatlami qirqiladigan sirtlarga ishlov beriladi; 
    g) eng yuqori aniqlik talab qilinadigan va detal ish jarayonida katta ahamiyatga 
    moyil sirtlarga oxirgi navbatda ishlov beriladi; 
    d) teshiklarga agar ulardan o’rnatuvchi asos sifatida foydalanilmasa, texnologik 
    jarayonning oxirida ishlov beriladi. 
    e) agar detalga texnologik jarayon mobaynida termik ishlov berish talab qilinsa, 
    u holda mexanik ishlov berish jarayoni ikki qismga bo’linadi – termik ishlovgacha 
    va undan keyin; 
    j) har bir operatsiyadan keyin nazorat – o’lchov ishlari bajariladi. Murakkab
    qimmat operatsiyalardan oldin va jarayon oxirida detal texnik nazoratdan 
    o’tkaziladi. 


    Yuqoridagi tavsiyalardan foydalanib tuzilgan mexanik ishlov berish 
    operatsiyalari tartibi keyingi bajariladigan hisoblash – grafika ishlari uchun asos 
    bo’lib xizmat qiladi. 
     
    Ishni bajarish tartibi: 
    Detal yuzalariga ishlov berish usullarini belgilash, birinchi navbatda eng 
    ratsionalli va iqtisodiy samara beradiganini tanlash nuqtai-nazaridan amalga 
    oshiriladi, bunda tegishli metallqirquvchi dastgohlarda detallarga ishlov berish 
    ishlov beriladigan yuza aniqligi va g’adir-budurligi, o’q va yuzalarni o’zaro 
    joylashuvi aniqligi, kontur va shakillarin to’g’riligini ta’minlash talab etiladi. 
    Demak, detal yuzalariga mexanik ishlov berish usullarini to’g’ri belgilash amalga 
    oshirilganda yig’ilgan mashinani me’yori ishlashi sharoitlarini ta’minlashdan kelib 
    chiqadigan talablarni bajarish kerak. 
    Detal yuzalariga ishlov berish usullarini belgilash ishlab chiqarish (donalab, 
    seriyali yoki ommaviy) usullariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. 
    Donalab va kichik seriyali ishlab chiqarishda ishlav berish unversal 
    dastgohlarda zichlangan xolda bajarilsa, o’rta va katta seriyali ishlab chiqarishlarda 
    ishlav berish differentsiyalangan va ma’lum dastgohlarda biriktirilgan bo’ladi. 
    Ishlov berish usulini tanlash detalga ishlov berishdagi qo’yilayotgan aniqlik 
    va g’adir-budurlik sinfi talablariga bog’liq bo’ladi. U yoki bu aniqlik kvaliteti 
    talablariga ko’ra zarur ishlov berish aniqligi turli xil dastgohlarda turli usullarda 
    olinadi. 
    Ishni bajarish uchcun yo’riqnoma: 
    1.
    Har bir talaba bittadan ishchi chizma oladi; 
    2.
    Ishchi chizma to’liq o’rganib chiqiladi; 
    Quydagilar aniqlanadi; 
    3.
    Detal qaysi mashinada ishlatiladi; 
    4.
    Tayyorlama turi; 
    5.
    Material va uni markasi
    6.
    Detal og’irligi; 
    7.
    Ishlov beriladigan yuzalar; 
    8.
    Ishlov berilgandan keyingi yuza g’adir-budurlik sinfi; 
    9.
    Ishlov berish noaniqligiga joizliklar; 
    10.
    Termik ishlov berish (agar bo’lsa)
    11.
    Mexanik ishlov berilish talab etilgan yuzaga ishlov berish usuli 
    belgilanadi. 
     
     
     
     

    Download 168,96 Kb.




    Download 168,96 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turli XIL konfiguratsiyali mashina deiallariga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini tuzish

    Download 168,96 Kb.
    Pdf ko'rish