|
Dizel dvigatelda yonuvchi aralashma
silindr ichidaBog'liq [Theory of IC Engines] week 4 - Mixture preparation PPT11
Dizel dvigatelda yonuvchi aralashma
silindr ichida hosil qilinadi. Buning uchun kiritish
jarayonida, havo tozalagichdan o`tib kiritish klapani orkali silindr ichiga kirgan havo siqish
jarayonida siqiladi.
Siqish jarayoni oxirida, ya’ni porshen yu.ch.n. ga yakinlashganda silindr ichidagi
havoning bosimi ko`tarib, uning qiymati
Ps=3,5…5 MPa, havoning harorati esa
Ts=750…950 K ni tashkil etadi. Siqish jarayoni tugallanayotgan paytda, ya’ni porshen
yu.ch.n. ga bir oz yetib kelmasdan oldin yonish kamerasiga joylashgan qizigan havoga
yuqori bosimli yonilg`i nasosi va forsunka yordamida yuqori bosim bilan yonilg`i purkaladi,
purkalgan va maydalangan yonilg`i zarrachalari havo bilan aralashib yonuvchi aralashma
hosil bo`ladi [4].
12
ü
Yonilg`i yonish kamerasiga mayda parchalangan (5…50 mikron) holda kirishi lozim;
ü
To’zigan yonilg`i yo`nalishi silindrda harakatlanayotgan havo oqimining yo`nalishi bilan
mos kelishi kerak,
ü
yonilg`i berish payti yu.ch.n. atrofida bo`lishi zarur;
ü
har bir silindrga qat’iy bir xil miqdorda, silindrni ishlash tartibiga mos keladigan qilib
yonilg`i yetkazib berilishi kerak.
ü
Avtomobil dvigatellari ishining o`ziga xosligiga erishish uchun yonilg`i nixoyatda yaxshi
tindirilgan va tozalangan bo`lishi kerak.
13
Siqish jarayoni tugallanayotgan paytda qizigan havoga yuqori bosim bilan yonilg`i
purkaladi, purkalgan yonilg`i zarrachalari havo bilan aralashib yonuvchi aralashma hosil
bo`ladi. Bunda yonilg`i oqimining tezligi
150…400 m/sek ga yetadi, yonilg`i
zarrachalarining diametri
0,002…0,003 mm li tomchilarga parchalanadi. Aralashma hosil
bo`lishiga 0,002…0,003 S vaqt ketadi. Yonilg`i berish jarayonining bajarilishini yonilg`i
nasosining yonilg`i haydovchi sektsiyasining ishida ko`rish mumkin [5].
|
| |