HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI QISMI




Download 1.69 Mb.
bet3/3
Sana13.10.2020
Hajmi1.69 Mb.
#12094
1   2   3

HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI QISMI

Diplom loyiha ishi “SamDAQI bosh binosi o‘quv auditoriyalari intererlarining badiiy echimi” mavzusida bo‘lib, bino intererlarining dizayn echimi masalasi qarab chiqilgan.

Diplom loyiha ishida qurilib faoliyat yuritayotgan binoning hozirgi zamon muhandislik talablaridan kelib chiqqan holda zilzilabardoshligini, yong‘inga xavfsizligini oshirish va yog‘in-sochinlardan muhofaza qilish qobiliyatini yaxshilash chora-tadbirlarini o‘rganib chiqib, rekonstruksiya qilinib” dizayn echimi ko‘rib chiqilgan.

Quyida korxona uchun me’yoriy loyihani tayyorlashda ishlatilgan klimatik parametrlar keltirilgan.




Asosiy ko‘rsatgichlar

Belgilanishi

O‘lchov birligi

Qiymati

Atmosfera stratifikatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient

A




200

Er relefinig koeffitsienti







1,0

Havrning o‘rtacha temperaturasi soat 13 da:










Eng issiq oy uchun tashqaridagi havoning o‘rtacha maksimal harorati

Ti

o S

+33,4

Eng sovuq oy uchun tashqaridagi havoning o‘rtacha maksimal harorati

Ts

o S

- 3

SHamol tezligi, 5% takrorlanuvchanlikda aniq bo‘lgan

US

m,s

6

SHamolning o‘rtacha yillik tezligi

Wsr

m,s

2,0

SHamol yo‘nalishining o‘rtacha takrorlanuvchanligi

SH

%

3




SHSHr

%

7




SHr

%

36




JSHr

%

26




J

%

7




JG‘

%

5




G‘

%

10




SHG‘

%

6

Regionning o‘ziga xos meteorologik va klimatik xususiyatlariga ko‘ra, yil davomida atmosfera havosidagi zararli aralashmalarni tarqalib-yoyilib ketishini



qiyinlashtiradigan sharoit kam kuzatiladi. Dizayn echimida xavoning isib ketishi, havoning sovib ketishi, er rel’eflari, ya’ni binoning zilzilabardoshldigi, havoning tezligi va shamol yo‘nalishi, quyoshning tushishi muhim o‘rinng egallaydi.




SHuning uchun ham diplom loyiha ishining “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” bo‘limida biz asosiy e’tiborni har qanday joyda ham, istalgan paytda ham sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan zilzilaga va tez-tez yuz beradigan yong‘in, portlash, elektr xavfsizligi, gazdan zaharlanish, havo haroratining keskin sovub va isib ketishi, kuchli qor va yomg‘ir yog‘ishi, sanitariya-gigiena talablari hamda tizimlarining ishdan chiqishi, suv bosishi kabi ofatlarga qaratamiz.



YOng‘inlar

YOng‘in – insonlar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi, moddiy va madaniy boyliklarni yo‘q qiluvchi ofat, nazoratdan chiqib ketgan yonish jarayoni.

YOng‘in kelib chiqishi uchun quyidagi uch omilning bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lishi etarlidir.

YA’ni: - yonuvchi moda (kog‘oz, yog‘och-taxta, neft va uning mahsulotlari);

- yonish manbai (gugurt, uchqun, alanga);

- oksidlovchi (kislorod, havo);

YOnginning oldini olish uni o‘chirishdan ko‘ra osonroqdir. Quyida yong‘in havfi paydo bo‘lganda va yuz berganda aholining harakatlari qanday bo‘lishligi hakida fikr yuritamiz:

YOngingacha bo‘lgan harakat:



1.YOngin va gaz havfsizligi qoidalariga rioya qiling.

2.Engil alanga oluvchi moddalar va buyumlarni issiqliq manbai yonida saqlamang. YOng‘inlar kelib chiqishining sabablarini tahlili to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagi jadvalda keltirilgan.

Jadval

T,r

YOng‘in keltirib chiqaruvchi sabablar

Ulushi,

%


1

Olov yoki yong‘inga xavfli moddalar bilan e’tiborsiz munosabatda bo‘lishi

35 – 45

2

Elektr o‘tkazgichlari va qurilmalarining nosozligi

20 – 25

3

Gaz bilan isitish tizimlarining nosozligi

8 – 12

4

Bolalarning sho‘xligi-o‘yinqaroqligi

6 – 10

5

Ataylab o‘t qo‘yishlar

5 - 8

6

Injener-energetika tizimidagi buzilishlar

5 - 8

7

Boshqa turdagi

5 – 10

YOng‘inlarni tez, keng tarqalib ketishining asosiy sabablari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

- inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;

- inshootlar qurilishida Qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik;

-yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan, yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;

- fuqarolarning yong‘in sodir bo‘lganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga tushib qolishlari;

- bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi uyinlariga kattalarning beparvolik bilan qarashi;

- yong‘inga qarshi

kurashda qo‘llaniladigan o‘chirish va qutqarish vositalarining etishmasligi.

YOng‘inning oldini olish chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:



- yong‘in va portlashga xavfli bo‘lgan barcha ob’ektlarni inventarizatsiyalash (korxona yoki muassasaga qarashli mol-mulkni hisobga olish, ro‘yxat qilish), pasportlashtirish va deklaratsiyalashtirish (kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan rasmiy hujjat tuzish);


- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan yong‘in va portlashning oldini olish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish, yong‘in chiqishi va portlashlarga sabab bo‘luvchi kamchiliklarni aniqlash, zudlik bilan bartaraf etish va ularga yo‘l qo‘ymaslik;

- Qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so‘zsiz bajarish;

- yong‘indan muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlari bergan ko‘rsatmalarni bajarish, eng asosiysi yong‘inga olib keluvchi vaziyatlarni maxsus kuchlar tomonidan birinchi navbatda bartaraf etish bo‘yicha qilinadigan ishlarni bajarish;

- yong‘inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa yong‘inni o‘chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv etarli bo‘lishini, uchinchi daqiqada esa bir sisterna suv ham etmay qolishi mumkinligini yodda tutish;

- aholining barcha tabaqasini muntazam ravishda yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarish bo‘yicha o‘rgatib borish.

YOng‘inga qarshi kurashda va uni bartaraf etishda quyidagi qoidalarga amal qilish katta samara beradi:

- yong‘in keng tus olib ketmasligi uchun yonayotgan joyning tevarak-atrofini suv va boshqa yonmaydigan qorishmalar hamda moddalar bilan sovitib, yonishiga yo‘l kuymaslik;

- yonayotgan hududni ko‘pik, kukun, qum, qalin mato va havo o‘tkazmaydigan boshqa narsalar bilan ajratib, yakkalab quyish;

- yon-atrofdagi barcha tez yonuvchi jihozlarga, inshootlarga maxsus ko‘pik-kukunli, ishqorli suv sepish;

- yonish reaksiyasini kimyoviy yo‘l bilan sekinlashtirish.

YOng‘in o‘choqlarining paydo bo‘lishi va yong‘inning rivojlanishi bino-inshootlarning o‘t (olov)ga chidamlilik darajasi va ishlab chiqarish jarayonlarining yong‘inga havfliligidan ham bog‘liq bo‘ladi.



Barcha qurilish materiallari o‘tga chidamliligi jihatidan uch toifaga bo‘linadi:

- yonmaydigan – beton, pishiq gisht, marmar kabilar olovning ta’sirida yoki yuqori haroratda yonmaydi, tutamaydi va erimaydi;

- kiyin yonuvchan – bu materiallar yuqori harorat ta’sirida qiyinchilik bilan uchqunlanadi, tutaydi va ko‘mirlanadi hamda olov manbai bo‘lgandagina yonishda davom etadi. Bularga DVP, DSP va boshqalar kiradi;

-yonadigan – bularga yog‘och materiallari, sellyuloza, plastmassa, tol kog‘oz, bitumlar kiradi.

Bino va inshootlar o‘tga chidamliligi jihatidan besh darajaga bo‘linadi:

Jadval


O‘tga chidam-lilik darajasi

B i n o va i n sh o o t l a r n i n g

q i s m l a r i



Zinalar

Zina va zina maydonlari

Qoplama tuzilishlari

Qoplama qismlari

I

3soat yonmaydigan

1soat

yonmaydigan



1soat

yonmaydigan



0,5soat

yonmay-


digan

II

2,5soat yonmaydigan

1soat

yonmaydigan



0,25soat

yonmaydigan



0,25soat

yonmay-


digan

III

2soat yonmaydigan

1soat

yonmaydigan



0,25soat

yonmaydigan



yonadigan

IV

0,5soat

kiyin


yonadigan

0,25soat

kiyin


yonadigan

0,25soat

kiyin


yonadigan

yonadigan



V

YO n a d i g a n

Amaldagi tartib va qoidalarga ko‘ra yonadigan va engil yonadigan qurilish materiallarining jamoat joylarida, bolalar muassasalari va shifoxonalarda ishlatilishi qat’iyan man etiladi.



O‘tni o‘chirishni dastlabki uskunalari.

O‘tni o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar; bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexaniq yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar; harxil masofadagi hududlarda harakatlanaoladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi.



Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in drujina (IYOD-DPD) a’zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, yong‘inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar, maxsus eng va dastaklar bilan jihozlangan ichki o‘t o‘chirish kranlari va boshqa uskunalar kiradi.

Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan, «yong‘inga qarshi qalqon» chizma da aks ettirilgan.

YOng‘inga qarshi «qalqon» va undagi asboblarni o‘rnatilishi.

Unda yong‘in havfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart:

2 dona qo‘lda ishlatiladigan ko‘pikli o‘t o‘chirgich;

1 dona karbonat- angidridli o‘t o‘chirgich;

2 tadan misron va ilgakli changaklar;

2 ta bolta; 2 ta yong‘inga qarshi suv uzatgich elastik englar;

2 ta maxsus tayyorlangan konussimon chelaklar;

2 ta bel kurak; 1 ta bochkada suv va 1 ta qutida qum va h.k.


Bunday qalqonlar ma’muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o‘rnatiladi. Himoyalanayotgan hududning har 5000 kvadrat metriga 1 ta «qalqon» xisobidan loyihalashtiriladi.



Undagi suv bochkasining hajmi 200 l dan kam bo‘lmasligi kerak, qum solinadigan qutining hajmi esa 2-3 m3 atrofida bo‘ladi.



O‘t o‘chiruvchi ko‘piklar. Kimyoviy yoki havoli mexaniq ko‘piklar, ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni suyuq muhitda eritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Buning uchun tarkibida javhar o‘rnini bosuvchi alyuminosulfat AL2(SO4)3 bilan ishqor o‘rniga natriy bikarbonat NaHCO3 moddalarining quruq holatdagi qorishmalaridan tayyorlangan kukun, maxsus moslamalarda bosim ostida suvga aralashtirib, elastik quvurlarda oqiziladi. +o‘lda o‘t o‘chirish balonlarida ko‘pik hosil qiluvchi javhar qismida, sulfat javhari H2SO4 yoki sulfat tuzi bilan oksidlangan temir Fe2 (SO4)3 moddalarining aralashmasi ishlatiladi.

YOng‘in darakchilari va aloqa tizimi

YOng‘inni oldini olish va uning dahshatli asoratini kamaytirishda bosh omil sifatida darakchi uskunalar va tezkor aloqa vositalari xizmat qiladi. YOng‘inni oldini olish maqsadida, uning kelib chiqish jarayonlarini nazorat qilishni passiv va

aktiv usullarga bo‘lish mumkin. Passiv nazorat usuli, inson tafakkuri va uning intizomiga bog‘liq bo‘lib, yong‘in o‘choqlarini aniqlash va o‘t o‘chiruvchilarni 01 raqamli telefon orqali (shahar sharoitida) va uzluksiz zang urish yo‘li bilan (dala, qishloq sharoitida) yordamga chaqirishdan iborat bo‘ladi.

Faol nazorat usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlaydigan texnik vositalarni qo‘llashga asoslangan. Bunda yong‘in o‘chog‘ini aniqlash va o‘t o‘chiruvchi xizmat yordamini chaqirish, odam omiliga bog‘liq bo‘lmasdan, avtomatik tezkor tarzda bajariladi. SHu maqsadda, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda yong‘inni dastlabki belgilarini aniqlab markaziy boshqaruv pultiga belgilangan xabarni etkazib beradigan darakchilar o‘rnatiladi. Darakchilar qo‘riqlanayotgan xonalarda o‘rnatilgan bo‘lishi va qorovulxonada o‘rnatilgan qabul punkti bilan aloqa tarmog‘i orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday tizimlarni ishlash qobiliyati doimiy nazorat ostida bo‘lib, yong‘inni «kutish» tartibida kechadi.








CHizma DTL rusumli yong‘in daraklagichi

YOng‘in darakchilari o‘zlarining ishlash uslubiga binoan shartli ravishda 4-ta guruhga, ya’ni issiqlik, yorug‘lik, gaz va tutundan ishlaydigan turlarga bo‘linadi. O‘zbekistonda ilk bor 1960 yilda haroratni ta’siridan engil erib ketuvchi «Vuda» qorishmasi asosida ishlaydigan, DTL rusumli yong‘in daraklagichlari ishlab chiqarilaboshlangan edi (chiz 32).DTL bir marta qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, xonaning harorati 72oS dan oshgandan keyin, uning markazida

joylashgan, spiralsimon o‘tkazgichni aloqa zanjiriga bog‘lab turuvchi, haroratga o‘ta sezgir bo‘lgan maxsus qorishma erib ketishi oqibatida, zanjir uziladi va nazorat pultiga yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida xabar beradi. Bitta DTL daraklagichi 15m2 gacha yuzani qo‘riqlashga qodir.

DTL darakchilari atroflicha o‘rganilib, kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida 1984 yildan boshlab mukammallashtirilgan issiqlik ta’sirida ishlaydigan IP-101, IP-102, IP-103, IP-104 va IP-105 rusumli yong‘in darakchilari ishlab chiqarilaboshlandi. Bularning barchasi qo‘riqlanayotgan muhitning harorati 70-72oS dan ko‘tarilgan zahoti yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida markaziy pultga avtomatik tarzda xabar berish uchun mo‘ljallangan [L10].



Er silkinishi (zilzila) va uning oqibatlari

Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu – er silkinishi(zilzila)dir. Er silkinishi – er osti zarbasi va er ustki qatlamining tebranishi bo‘lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli vujudga keladi. Er ostki zarbasining paydo bo‘lish o‘chog‘i, erning ostki qatlamida uzoq vaqt yig‘ilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga

keladi.


O‘choqning ichki qismi markazi gipotsentr deyiladi, erning ustki qismidagi markazi epitsentr deyiladi.

Er silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:



  • Tektonik zilzilalar;

  • Vulqon zilzilalari;

  • Ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalari;

  • Texnogen(insonning muhandislik faoliyati bilan bog‘liq) zilzilalar.

YUqorida aytib o‘tilgan er silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko‘p talofat keltiradigani tektonik er silkinishidir. Ma’lumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq er silkinishlarini seysmik asboblar(seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia bo‘lib,

imorat va inshootlarning buzilishiga, er yuzasida yoriqlarning paydo bo‘lishiga, ming-minglab insonlar yostig‘ining qurishiga olib keladi.

Er silkinish o‘chog‘i gipotsentrning joylashgan chuqurligi bo‘yicha zilzilalarni: yuzaki – 70 km.gacha, o‘rta – 70-300 km. va chuqur – 300 km.dan pastda “mantiya” qatlamida vujudga keladigan turlarga ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o‘chog‘i asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan.

Kuchli er silkinishi oqibatida erning yaxlitligi, butunligi o‘zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar o‘limi yuz beradi. Er qimirlashning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: er silkinish o‘chog‘ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va er silkinishining intensiv energiyasi.



Er silkinishining kishilar ruhiy holatiga bo‘lgan ta’siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, er yuzasida vujudga kelgan o‘zgarishlar (er sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo‘lishi) insonlarga yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o‘rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo‘lgan.

Zilzila kuchi ikki xil o‘lchov birligida o‘lchanadi:

1. Ballarda;

2. Magnitudada.

Dunyoning juda ko‘p davlatlarida er silkinish kuchi 12 balli xalqaro o‘lchov birligida o‘lchanadi.

Ball – er yuzasining tebranma harakat darajasini ko‘rsatadi. Silkinishkuchini ballarda o‘lchashda “seysmograf”lardan foydalanib, tog‘ jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi. YA’ni yozib olingan “seysmogrammalar” orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosida seysmik to‘lqin tezlanishini quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin.

α = 4π2A,T2;

bunda, α – seysmik to‘lqin tezlanishi, m,s2;

A – tog‘ jinsi zarrachasining tezlanish amplitudasi, mm;

T – seysmik tebranish davri, s;

π = 3,14.

Er silkinishining ofat o‘choqlari deb, binolar, inshootlar va boshqa xil ob’ektlarning shikastlanishi va buzilishi natijasida odamlarning, hayvonlarning va o‘simliklarning jarohatlanishi hamda o‘limi yuz beradigan hududlarga aytiladi.



Inshootlar ko‘radigan talofatlar quyidagicha tavsiflanadi:

  1. darajali talofat. Bunda engil shikastlanish yuz beradi.

2- darajali talofat. Og‘ir bo‘lmagan shikastlanish sodir bo‘ladi, devorlarda katta bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi.

3- darajali talofat. Inshootlarning og‘ir shikastlanishi yuz beradi, devorlarda katta va chuqur yoriqlar paydo bo‘ladi.

4- darajali talofat. Imorat va inshootlar ichki devorlarining to‘liq buzilishi yuz beradi.

5- darajali talofat. Imorat va inshootlarning to‘liq buzilishi sodir bo‘ladi.

Imorat va inshootlar konstruksiyasi va qurilish materiallariga qarab quyidagicha tavsiflanadi:

A guruh – xom g‘isht, paxsa devorli imoratlar;

B guruh – pishiq g‘ishtdan qurilgan inshootlar;

V guruh – temirbeton, sinchli va yog‘ochdan qurilgan inshootlar.

YUqorida aytilganlarni hisobga olgan holda davlat standarti (GOST) tomonidan imoratlar guruhining har bir balda ko‘radigan talofat darajalari qonunlashtirib qo‘yilgan. Jumladan:

6 ball – er silkinish jarayonida A guruhga mansub inshootlar 2-darajali talofat, B guruhi inshootlari 1-darajali talofat ko‘radi.

7 ball – A guruhidagi inshootlar 3-darajali talofat ko‘radi.

8 ball – A guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshootlar 3, 4-darajali, V guruhidagi inshootlar 2-darajali talofat ko‘radi.

9 ball – B guruhidagi inshootlar 4-darajali, shuningdek, V guruhidagi inshootlar ham 4-darajali talofat ko‘radi.

10 ball – B guruhidagi inshootlar 5-darajali, V guruhidagi inshootlar 4-darajali talofat ko‘radi.

11 ball – B guruhidagi inshootlar to‘liq qulaydi. Tog‘ jinslarining tik va gorizontal yo‘nalishdagi harakati kuzatiladi.



12 ball – amalda er yuzasida tik inshoot qolmaydi.

Aytib o‘tilgan fikrlar u yoki bu ballarda er silkinishi sodir bo‘ladigan hududlarda ko‘riladigan talofat darajasi hisobga olingan holda, faqat ma’lum guruhdagi inshoot va imoratlar qurilishi lozim degan so‘zdir.

Inshootlar er silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra

3 guruhga bo‘linadi:

A) 7 ballgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga tuproqdan, g‘ishtdan qurilgan uylar kiradi.

B) 8 ballgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yog‘och karkaslardan tayyorlanadi(sinchli uylar).

V) 9 ballgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruksiyalardan qurilgan inshootlar kiradi.

Ob’ektlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlarning ko‘lamini va xususiyatini bashorat qilishda, ko‘plab bino va inshootlarning kuchsiz shikastlanishidan boshlab, ularning butunlay buzilib ketishigacha olib keladigan oraliq(interval)dagi intensivlikning aniq qiymatlarini hisoblash mumkin.



Zilzilaning bino va inshootlarga mexanik ta’sirlari hamda uning zararli ta’sirlariga qarshi chora-tadbirlar, zilzila sodir bo‘lganda qanday hatti-harakatlar qilish zarurligi to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilgan yo‘llanmalar quyidagicha.

YUqorida aytib o‘tilganlardan xulosa qilinadigan bo‘lsa, mazkur diplom loyiha ishini bajarish mobaynida Samarqand shahrining seysmoaktivlik xaritasidan hamda bu joylarda bo‘lib o‘tgan zilzilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalangan holda ish olib borish lozim bo‘ladi. YA’ni diplom loyihasida binoning qurilish joyi, erning muhandislik-geologik ma’lumotlari va seysmoaktiv hududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalarga, talablarga rioya qilinmog‘i zarur.

EVAKUATSIYA CHIKISH JOYLARI VA YULLARINING MIQDORI VA O‘LCHAMLARINI ANIQLASH, QMQ TALABLARI

Zilzila, yong‘in va suv toshqinlari kabi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan taqdirda bino va inshootlarda yashaydigan yoki ishlaydigan aholini muhofaza qilishda katta samaradorlikka ularni evakuatsiya qilish orqali erishiladi. SHuning uchun ham qurilishlarni loyihalashdagi asosiy vazifalardan biri bu – FVda binolardan aholini evakuatsiya qilish yo‘llarining rejaviy-konstruktiv echimini ishlab chiqilishidir.

Binoning evakuatsiya rejasi

Har qanday maqsadda qurilgan binolar (yashash, ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko‘rsatish joylari)da ham odamlarning harakatlanishini muhim jarayon deb qarash zarur. Harakatlanish jarayonining kechadigan sharoitidan bog‘liq ravishda ikki turi mavjud. Birinchisi odatiy harakatlanish, ikkinchisi esa–majburiy harakatlanish. Bino va inshootlardagi oddiy ish sharoitlarda kishilarning odatiy harakatlanishi sodir bo‘ladi. Favqulodda vaziyatlar sharoitida esa kishilarning hayotiga xavf tahdid solishi sababli, majburiy harakatlanish amalga oshiriladi.



Aholini evakuatsiya qilish deb nomlanuvchi, majburiy harakatlanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ofat(xavf) manbaidan xavfsiz joyga harakatlanib odamlarning tashqariga chiqishida xonadan-xonaga eshiklar orqali, o‘tish yo‘laklari va karidorlar bo‘ylab yurib, zinapoyalardan tushishiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘llar va chiqish joylari ma’lum talablar bajarilgan taqdirda evakuatsiya yo‘llari deyladi. YUz bergan FVning turiga bog‘liq ravishda harakatlanish mobaynida odamlarga ta’sir etuvchi xavf va odamlar oqimining miqdori o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish binolarning mo‘ljallanishi, odamlar oqimining tarkibi va turiga hamda evakuatsiyaning bosqichiga bog‘liq ravishda har xil kechadi.

Evakuatsiya chiqish joylarining eng kam miqdorini aniqlash uslubini me’yorlar talablari bilan asoslash lozim. Xonalar, qavatlar va binolardagi evakuatsiya chiqish joylari miqdori va umumiy kengligi ular orqali olib chiqiladigan odamlarning ehtimol tutilgan eng ko‘p sonidan va yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy masofadan, odamlar bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan,

eng uzoqdagi (ishchi o‘rni) joydan eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha bo‘lgan masofadan kelib chiqib aniqlanadi.

Qavatdan evakuatsiya chiqish joyi, agar unda ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo‘lishi kerak.

Ikki va undan ortik evakuatsiya chikish joylari bo‘lsa, ular tarqoq holda joylashtirilishi shart.

Zina kataklari tashqi eshiklari va zina kataklaridan vestibyulga chiquvchi eshiklar eni xisoblangandan yoki zinapoya enidan kam bo‘lmasligi lozim.

Evakuatsiya chiqish eshiklari va boshqa evakuatsiya yo‘lidagi eshiklar binodan chiqish yo‘nalishida ochilishi kerak.

Eshiklarning ochilish yunalishi kuyidagilar uchun me’yorlanmaydi:

- ko‘p xonadonli va bir xonadonli uy-joy xonalari uchun;

- bir vaqtda 15tadan kam odam kelib turadigan xonalar uchun, A va B toifadagi xonalardan tashqari;

- sanitariya tarmoqlari uchun;

- 3 - turdagi zinalar maydonchasiga chiqish uchun.

Odamlar oqimining harakat tezligi yo‘l turidan va odamlar oqimi zichligidan kelib chikadi. Odamlar oqimining chegaraviy zichligida odamlar to‘planmasligi uchun harakat tezligi quyidagilarni tashkil etadi:

-gorizontal yo‘l uchun 15m,daqiqa

-zina orqali pastga 8m,daqiqa

-zina orqali yuqoriga 11 m,daqiqa

Odamlar oqimi intensivligi, evakuatsiya yo‘lidagi 1 metr eshik orkali 1 daqiqa ichida o‘tuvchi odamlar sonini ta’riflaydi.



Zaruriy evakuatsiya vaqti deb, u tugagandan so‘ng yong‘in paytida ishchi mintaqada odamlar hayoti va salomatligi uchun yonishga havfli omillari paydo bo‘ladigan vaqtga aytiladi.



Elektrdan jarohatlanganda dastlabki tez yordam

Elektrdan jaroqatlangan kishini darhol tokning ta’siridan xalos etib toza havoga, quruq erga yoki taxta ustiga yotqizish lozim bo‘ladi. Agar jaroxatlanuvchining nafas olishi va tomir urishi sezilib tursa, uni orqasiga qulayroq yotkizib, ko‘krak tugmalarini va kamarini echib toza havodan nafas olishiga va tinchligiga xalaqit bermaslik kerak. Doim axvolidan, yurak urishi va nafas olishidan



xabardor bo‘lib turmoq talab qilinadi. Nashatir bo‘lsa hidlatish mumkin. Agar jarohatlanuvchi nafas olmasa yoki o‘qtin-o‘qtin xirillashi sezilsa, darhol uni og‘zini ochib, tilini tekshirish zarur, agar til tanglayga tiqilib, nafas yo‘lini to‘sayotgan bo‘lsa darhol tilini oldiga tortib, kekirdak yo‘lini ochish kerak. SHu tariqa havo yo‘li ochiqligi aniqlangandan keyin sun’iy nafas oldirish bilan birga yurakni «massaj» qilish kerak bo‘ladi.

Tokdan ajratib olish

Elektr tarmog‘iga ulanib, hush - behush holatda turgan odamni qanday qilib xalos etish mumkin? Bunday hollarda 1-rasmda ko‘rsatilganidek, o‘chirgich, ajratgich (rubilnik) yoki probkani chiqarib olish yo‘li bilan tokni tez o‘chirish kerak bo‘ladi (1-rasmda1,2,3). Agar buni imkoniyati bo‘lmasa, biror bir quruq tok o‘tkazmaydigan vosita, yog‘och yoki plastmass tayoq yordamida elektr simini ajratish, yoki bolta bilan kesib jaroxatlanuvchini elektr zanjiridan ozod qilish kerak bo‘ladi (1-rasmda 4,5,6). Agar bordi-yu jarohatlunuvchi elektr zanjiriga o‘tkazgichni kafti bilan ushlagan holda ulanib qolgan bo‘lsa, uni zinhor musht holatida simni siqib turgan panjalarini qo‘lingiz bilan ochishga urinmang! Bu o‘zingiz uchun ham xavflidir, siz ham zanjirga ulanib qolishingiz muqarrar! Asab va pay tolalari qisqarib panjalarni bukib qo‘yganda ularni qayta tiklash oson bo‘lmaydi.SHuning uchun bunday hollarda oyoqqa rezina etik, yo kalish kiygan xolda yoki rezina gilamchani tokli sim ustidan to‘shab, uning ustiga oyoq bilan chiqib, jarohatlanuvchining quruq engidan yoki rezina qo‘lqop kiygan bo‘lsangiz uni bilagidan yuqoriroq joyidan ikki qo‘llab kuch bilan ajratib olishingiz mumkin.



Elektr tarmog‘iga ulanib qolgan odamni zanjirdan ajratib olish

Izoh: 1,2,3, -zanjirni elektr tarmogidan uzib qo‘yish; 4.5.6 -zanjir ta’siridan

odamni ajratib olish.

Bu ishlarni bajarishdan oldin tok o‘tkazuvchi hamma faza simlarini oldindan maxsus tayyorlangan (bu moslama elektr xavfi yuqori bo‘lgan har bir ish joyida tayyor turishi kerak) o‘tkazgich yordamida birlashtirgan qolda jaroqatlanuvchi yotgan joydan eng kamida 10 m nariroqdan erga ulab qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu tadbir odamni tokdan ajratib olish vaqti cho‘zilib qolgan taqdirda unga ta’sir etayotgan tokning kuchini qirqadi.





EKOLOGIYA QISMI

Diplom loyixasining mavzusi: SamDAQI bosh binosi o‘quv auditoriyalari intererlarining badiiy echimi



Ekologiya kismi buyicha

Loyixa kilinayotgan ob’ekt qurilishining atrof-muxitga ta’sirini baxolash va ekologik taxlil qilish.

Loyixa qilinayotgan ob’ekt qurilishining atrof-muxitga ta’sirini baxolashda quyidagilarni o‘rganib chiish va bajarish talab etiladi:

1.Loyixa kilinayotgan ob’ekt kuriladigan joyning (xududning) fiziko-geografik va iklim sharoitlari;

2.Xududning ekologik xolati va mavjud ta’sir etuvchi manbalar;

3.Xududning tuprogi,er osti va er usti suv resurslari;

4.Xududning o‘simlik va xayvonot dunyosi,axoli salomatliligi;

5.Xududning mavjud tabiiy ekologik xolatini baxolash;

6.Loyixa echimini va texnologik echimning alternativ variantlarini ekologik taxlil kilish;

7.Ob’ekt kurilishida atrof-muxitga ta’sir etuvchi omillarni (kimyoviy moddalar,shovkin,tabiiy resurslardan foydalanish,kattik chikindilar) baxolash;

8.Kurilish davomida va ishlab chikarishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariya (xalokatli) xolatlarni va ularning atrof-muxitga ta’sirini taxlil kilish;

9.Ob’ekt kurilishining atrof-muxitga ta’sir etish xarakteri;

10. Ob’ekt kurilishining atrof-muxitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar va takliflar;

11.Ob’ekt kurilishidan so‘ng xududning ekologik xolatini oldindan taxlil kilish.







  1. Loyixa kilinayotgan ob’ekt kuriladigan joyning (xududning) fiziko-geografik va iklim sharoitlari;

Loyixa kilinayotgan ob’ekt Samarqand shahrida joylashgan.

Kurilish maydoni kuyidagi korxonalar bilan chegaralangan:

SHimoldan Ulug‘bek bog‘i, sharkdan turar joylar, garbdan xiyobon, janubdan maishiy do‘konlar.

Ob’ektdan ma’lum bir masofada xiyobon joylashgan.

Iklim sharoiti keskin kontinental, zaharli moddalarning biologik faolligi ta’siri umumiy va mahalliy.

2. Xududning ekologik xolati va mavjud ta’sir etuvchi manbalar;

Loyixa kilinayotgan ob’ekt joylashadigan rayonda ta’lim muassasalari joylashgan.

Kurilish maydoniga yakin korxonalar: magistral ko‘cha va korxona idoralari.

Bu korxonalardan atrof-muxitga kuyidagi ifloslanuvchi moddalar va chikindilar tashlanadi: Avtomobillardan chiqadigan zaharli gazlar.

Undan tashkari tuprok erroziyasi,kimyoviy va meniral ugitlar ishlatilishi ta’sirida erning kimyoviy ifloslanishi.

Avtomobil transportlaridan kuyidagi yokilgi koldik moddalari atmasferaga tashlanadi: 200 xil zaharli moddalar va birikmalar.



3. Xududning tuprogi,er osti va er usti suv resurslari;

Kurilish joyining tuprogi: erning eng 1,0-1,5 metri o‘simlik chikindilaridan iborat unumdor tuprok,ikkinchi pastki katlami mikroorganizmlar, uchinchi katlam minerallardan iborat.



Er osti suvlari 12metr chukurlikda joylashgan. Beton va kurilish konstruksiyalariga nisbatan

agressiv emas.Er osti suvi korbanatli.


Er osti suvlarini ichimlik uchun ishlatish mumkin.

Kurilish maydoniga yakin joydan er ustki suv xavzasi qurilishi mo‘ljallangan.



4. Xududning o‘simlik va xayvonot dunyosi, axoli salomatligi;

Erning yukorgi unumdor tuprok kismi sho‘rlanmagan, kuchli erroziya kuzatilmagan.

Ko‘p yillik o‘simliklardan mevali daraxtlar, uzum,madaniy manzarali daraxtlar (archa,kayin,kashtan) tol, terak, akatsiya, zarang, archa va h.k.

Kurilish rayoni axolisi salomatligi soglikni saklash departamenti tomonidan berilgan ma’lumotlarga muvofik respublikamizda uchraydigan ko‘pchilik kasalliklar bo‘yicha foiz xisobida viloyat va respublikadagi ko‘rsatkichga nisbatan ancha past,lekin ba’zi bir kasalliklar asab kasalliklari bo‘yicha yukori foizga ega. Sababi, shovqin.



5.Xududning mavjud tabiiy ekologik xolatini baxolash;

Loyixa kilinayotgan ob’ekt kuriladigan joyning fiziko-geografik va iklim sharoitlari,tuprogi,er ostki va er ustki suv xavzalari,o‘simlik va xayvonot dunyosi,mavjud ta’sir etuvchi omillar o‘rganib chikildi.Umuman olganda xududning mavjud ekologik xolati konikarli,atrof-muxitga sal’biy ta’sir ko‘rsatadigan manbalar kuzatilmadi.



6. Loyixa echimini va texnologik echimning alternativ variantlarini ekologik taxlil kilish;

Diplom loyixasi bo‘yicha
SamDAQI Bosh binosi intererlari kurilishi rejalashtirilgan.

Ob’ekt bo‘yicha batafsil ma’lumot: Ob’ekt 1 ta asosiy bino,



bino intererlari echimi.
Ob’ekt poydevori quyma beton, devori metall konstruksiya, g‘isht, sendvich panellar, tom yopma monolit.

Kurilish jarayoni kuyidagi asosiy texnologik boskichlardan tashkil topadi:

Kurilish maydoni o‘lchamlarini aniklash:

-Poydevorlar uchun zavur kazish;

-Poydevorlar tagidagi zaminni mustakamlash va tekislash;

-Bino devorlarini ko‘tarish va tomini yopish;

-Suvok va pardoz ishlarini olib borish;

-Elektr, suv ta’minoti va tabiiy gaz tarmoklarini o‘tkazish;

-Kuchalarni tekislash va obodonlashtirish.

Ob’ektning umumiy er maydoni shundan, ko‘kalamzorlashtirilgan maydon Fzel.n =_m2, kurilish egallagan maydon Fstr =_m2, kattik koplamali (asfaltlangan, plitka yotkizilgan va x.k.)

Ob’ekt kurilishida loyixa kilingan echimga alternativ bo‘lgan echimni ekologik nuktai nazaridan takkoslash (masalan, bino tomi yopilmasi loyixada prof. nastildan kurilishi ko‘zda tutilgan. Alternativ variant-shiferdan.Takkoslash:prof.nastil-ruxlangan po‘lat list zanglamaydi,ranglash talab kilinmaydi,engil,montaj ishlari ancha tezlashadi.Alternativ variant-shifer transpartirovka va montaj vaktida ko‘p sinadi.Eng asosiysi shifer tarkibida asbest moddasi bor. Asbest xavflilik toifasi bo‘yicha birinchi toifaga mansub,atrof-muxitga va kishi salomatligiga sal’biy ta’sir ko‘rsatadi).

7. Ob’ekt kurilishida atrof-muxitga ta’sir etuvchi omillarni (kimyoviy moddalar, shovkin,tabiiy resurslardan foydalanish,kattik chikindilar) baxolash;

Ob’ekt kurilishida atrof-muxitga ta’sir etuvchi asosiy manbalar;



-foydalaniladigan erning ma’lum bir kismini kurilishga olish

-kurilish er maydonining tabiiy xolati buzilishi;

-er kazish va montaj ishlarini bajarishda xamda kerakli materiallarni tashishda transport vositalarining ishlashi natijasida atrof-muxitga ko‘p mikdorda zararli yokilgi koldik moddalari va xar xil changlar tashlanadi. Undan tashkari transport vositalari shovkin manbai.

-kurilish jarayonida suv resurslaridan foydalanish, suv olish va okava chikazish;

-kurilishda xar xil kimyoviy lok-buyok moddalardan foydalanish natijasida atrof-muxitga ko‘p mikdorda kimyoviy zararli moddalar tashlandi;

-kurilish davomida ko‘p mikdorda kattik chikindilar (gisht siniklari, beton koldiklari, kurilish buyumlari koldilari) xosil bo‘ladi.
a) foydalaniladigan er maydoni, b) ob’ekt kurilishiga va ob’ektdan foydalanishda olinadigan toza suv mikdorlari va okava suvlar.

Ta’mirlanadigan bino tomonidan suv ta’minoti tarmogidan olinadigan suv asosan ichimlik-xo‘jalik, yonginni o‘chirish va xovli va ko‘chalarni sanitar xolatini talab darajada saklash, daraxt va ko‘kalamzorlarni sugorish maksadida foydalaniladi.

Foydalanishga olinadigan suvning mikdorlari bu erdagi iste’molchilar soni va sanitar asboblari bilan jixozlanish darajasiga boglik va uning me’yoriy mikdorlari 1.1-jadvalda ko‘rsatilgan.

Ichimlik suvi ta’mirlash davrida shaxar suv ta’minoti tarmogidan keltiriladi. Kurilish tugagach bu bino xam shu tarmokka ulanadi.



Ob’ekt tomonidan foydalanishga olinadigan suvning kunlik mikdorlari

1.1-jadval



Tartib rakami

Iste’molchi

O‘lchov birligi

Mikdori

Suv me’yori,

l,sut


Suv sarfi,

M3,sut






Jami

8

6.1

12

12



Ko‘shimcha sarf

9

6.5

10.2

11




Xammasi

17

12.6

22.2

23



















Ob’ekt kurilishiga sarflanadigan suv mikdorini aniklash

4.2.-jadval



Ishning nomi

O‘lchov birligi

Ish xajmi

Solishtirma suv me’yori,l

Suv mikdori,

M3



Beton korishmasini tayyorlash

M3

120

400

48

Betonni 6 kun davomida suvlash

M3

120

200

24

Zaminni zichlash uchun tuprokni namlash

M3

144

150

21.6

Gisht terish va gruntovka uchun suvok korishmasini tayyorlash

M3

M3



210

1920


200

100


42

192


Jami










327.6

Ichimlik suv sarfi,8 kishi x200 kun x 15 l

kishi x kun

1600

15

24

YUvinish uchun suv sarfi

kishi x kun

1600

25

40

Jami










64

Suv sarfining umumiy sarfi:










391.6

Agar tarmokni ishga tushirish sozlash jarayonda suvning bakteriologik ko‘rsatgichlar davlat standartlari talablariga javab bermasa, konsentrasiyasi 100 mg,l bulgan xlorli suv bilan 2 soat mobaynida zararsizlantiriladi.

Kanalizatsiya mavjudligi va okova suvni okizishga ko‘yiladigan talablar. Binoda paydo bo‘ladigan okovalar maishiy xarakterda bo‘lib ularning meyoriy kunlik mikdori 26m3, yillik mikdori esa 9400m3 ni tashkil kiladi.Bu okavalarning tarkibi asosan kum, muallak moddalar va organik birikmalaridan tashkil topadi. Ularning sifat ko‘rsatgichlari doimiy emas. Bu okovalarda kumlar – 2 g,kishi-sut; muallak moddalar 40 g,kishi-sut, xlor birikmalaridan 65 g,kishi-sut ni tashkil iladi.

Kurilish olib boriladigan maydonda vaktinchalik kanalizasiya tizimlari urnatiladi. Kurilish tugagach umumkanalizatsiya tizimi kuriladi va okovalar to‘lik biologik usulda tozalanadi. U payitgacha bu okovalar beton o‘ralarda to‘planadilar va o‘ralar to‘lishi bilan ularni tuman SES tamonidan ajratilgan maydonga eltib okiziladi.

v) transport (xom-ashiyolarni tashish, er kazish, montaj ishlarini bajarish jarayonida)

Er ishlarini bajarishda =P1*P2*P3*P4*G*106,3600, g,s.

P1-to‘prokning changlanishi fraksiyasi P1

P2-aerozal kurinishda o‘tadigan chang fraksiyasi P2

P3-ish zonasida shamol tezligini xisobga oluvchi koeffitsient P3

P4-to‘prok namligini xisobga oluvchi koeffitsient P4

G-er ishi mikdori, t,soat



g) payvandlash

Mazkur uy-joy kurilishi va undan foydalanishda atmasfera xovzasiga zararli moddalar deyarli chikmaydi. Binolar poydevori zavurni kazib, injenerlik kommunikatsiyalarini mantaj kilish, tamirlash paytlarida kam mikdorda noorganik chang, payvandlash uskunasidan –payvandlash aerozoli, jumladan MnO2. va kranli avtomobilar is gazi, azod oksidi, kurum va xakozalar xavoga ajralib chikishi mumkin, Bu moddalarning xavoga chikish mikdori shunchalik kamki, ularning atrof-muxitga sal’biy ta’siri sezilarli bo‘lmaydi. Kurilish jarayonida ajralib chikadigan changning mikdorini kamaytirish maksadida tez-tez tuprok namlantirilib turiladi va texnik suv xisobidan amalga oshiriladi. Masalan binolarda tabiiy gaz yoki suvni o‘tkazish paytida eng ko‘pi bilan 5 kg ANO – 4 markali eliktron ishlatiladi va buning natijasida 33,6 g payvandlash aerozoli, 3,9 g marganets oksidi ajralib chikadi.SHu ish bajarilishiga, 67,2 g,yil, 7,8 g,yil marganets oksidi xavoga chiariladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu er xavoni ifloslantiruvchi moddalarning mikdori sanitar – ekologik talablarni kanoatlantiradi.

d) kurilish xom ashyo materiallarini ortish-tushirish va saklash davomida ajralib chikadigan ifloslantiruvchi moddalar.

-kum, shagal-neorganik chang

-sement-sement changi

-gisht-neorganik chang

Q=L x B x g,100, t,yil

Bu erda L-xom ashyo materiallarining chang ko‘rinishida yo‘kotilishi foiz xisobida L=0.21

B-saklanayotgan, ortiladigan-tushiriladigan kum, shagal, sement sarfi, t,yil

g-tabiiy yo‘kolishi me’yori, % g=0.15



e) kattik chikindilar mikdorini aniklash, ularni to‘plash va zararsizlantirish.

-Kollej faoliyati paytida paydo bo‘ladigan kattik maishiy chikindilarning umimiy yillik me’yoriy mikdori 2.9 t yoki 2100 m3 ni tashkil kiladi. Bu chikindilar inert chikindilar bo‘lib,maktabning shimoliy sharkida atrofi 1.8 m balandlikdagi devor bilan o‘ralgan maxsus xududi betonlashtirilgan maydonda joylashtirilgan xajmi 1.2 m3 bo‘lgan maxsus metall kutilarda to‘planadi va shartnoma asosida tuman obodonchilik korxonasiga topshiriladi;

-kurilish paytida paydo bo‘ladigan kattik chikindilar mikdori 6.1-jadvalda

keltirilgan.



Kurilish davrida ob’ektda paydo bo‘ladigan ishlab chikarish kattik chikindilari

6.1-jadval







Tartib rakami

CHikindilar

O‘lchov birligi

Me’yor,%

Maxs.mi.tn.

CHikindi

1

gisht sinkilari

Tonna

0.5







2

Beton va korishma

Tonna

13







3

YOoch chikindilar

M3

1.5







4

Xaltalar

Tonna

0.6







5

Metall chikindilar

Tonna

0.5







6

Plastmassa idishlar

Tonna

1









Jami
















Maishiy katti chikindilar













7

Ishchilar

Kishi

0.083







8

Suprindi

Kg,m2 kun

0.021










Jami
















xammasi













8. Kurilish davomida va ishlab chikarishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariya (xalokatli) xolatlarni va ularning atrof-muxitga ta’sirini taxlil kilish;

Ob’ektning kurilishi va faoliyati davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xalokatli xolatlar. Masalan: kum, shagal yoki sement tashiyotgan avtotransport vositasida nosozlik tufayli kurilish materialining to‘kilishi va boshka shunga o‘xshash xolatlar. Havfsizlik choralari ko‘rilmasa, baxtsiz tasodiflarga olib kelishi mumkin.





9. Ob’ekt kurilishining atrof-muxitga ta’sir etish xarakteri;

CHang zarralari insonlar nafas yo‘llarida, burundagi tuklar, va sochlarda ushlanib qoladi. SHuning uchun atrof muhitga uning ta’siri salbiy.



10. Ob’ekt kurilishining atrof-muxitga sal’biy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar va takliflar; Binoni to‘siqlar bilan o‘rash.

Mazkur universitet kurish,jixozlash,ishga tushirish va eksplutatsiya kilish paytida kuyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

- Er ishlari olib borishda eng zamonaviy kazish usuli ko‘llaniladi;

- Kurilish jarayonida ajralib chikadigan changning mikdorini



kamaytirish maksadida tez-tez tuprok namlantirilib turiladi; - Injenerlik kommunikatsiya tarmoklari xizmat ko‘rsatish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, kudukda texnik xizmat ko‘rsatish va texnika xavfsizligi koidalariga mukammal biladigan va unga amal kiladigan yoshi 18 dan kam bo‘lmagan ishchilargagina ruxsat beriladi.

  1. Ob’ekt kurilishidan so‘ng xududning ekologik xolatini oldindan taxlil kilish;

Har bir shaxsning ekologik tarbiyasi – bu umumiy ta’lim tarbiyaning ajralmas qismi. Tabiatni sevish, tabiat resurslaridan tejamli foydalanish.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. “Tabiatni muxofaza kilish to‘grisida”.O‘zbekiston Respublikasi konuni Toshkent, 1992-yil.

2. O‘zbekiston Respublikasida Davlat ekologik ekspertizasi to‘grisida nizom. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat muxofaza kilish davlat ko‘mitasi.Toshkent,2001-yil.

3.”Suv va suvdan foydalanish to‘grisida” O‘zbekiston Respublikasi konuni.Toshkent,1993-yil.

4. “Atmasfera xavosini muxofaza kilish to‘grisida” O‘zbekiston Respublikasi konuni. Toshkent, 1996-yil.

5. Kurilish me’yorlari va koidalari.K M va K 02.04.01.-97. Bino va inshoatlarning suv ta’minoti va kanalizatsiyasi. Toshkent,1997-yil.






XULOSA

YUrtimizda ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ulkan ishlar o‘zining ijobiy natijalarini berayapti. O‘zbekistonlik o‘quvchi-yoshlar mintaqa va jahon miqyosida o‘tkazilayotgan nufuzli fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlarda eng yuqori natijalarga erishayotgani "O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat" degan ezgu g‘oya hayotda o‘zining yorqin ro‘yobini topayotganidan dalolatdir. So‘ngi yillar davomida o‘quvchilarimiz kimyo, biologiya, fizika, matematika, informatika va xorijiy til fanlaridan nufuzli tanlovlarda qatnashib, O‘zbekiston farzandlari hech qachon hech kimdan kam bo‘lmagani va bo‘lmasligini dunyoga namoyon qilishdi. Ayniqsa, 2008 yil may oyida Toshkent shahrida kimyo fani bo‘yicha o‘tkazilgan Mendeleev nomidagi 42-Xalqaro olimpiadada ishtirok etgan 15 nafar o‘zbekistonlik o‘g‘il-qiz eng yuqori natija ko‘rsatib, 10 ta medal — bittadan oltin va kumush hamda 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani barchamizga cheksiz g‘urur bag‘ishladi. SHuningdek, 2009 yil iyul oyida Germaniyaning Bremen shahrida matematika fanidan o‘tkazilgan 50-Xalqaro olimpiadada o‘kuvchilarimiz bitta oltin, 2 ta bronza medapi bilan taqdirlanishdi. 2010 yilning iyul oyida matematika fanidan o‘tkazilgan 51-Xalqaro olimpiadada ham 96 ta mamlakatdan kelgan 517 nafar o‘kuvchi qatorida ishtirok etgan 6 nafar o‘g‘il-qizimiz 4 ta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.



O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining "O‘zbekistonda yashayotgan barcha-barcha yoshlar — mening bolalarim, mening farzandlarim!" degan so‘zlari, ertamiz egalarining munosib kelajagini ta’minlash borasidagi beqiyos g‘amxo‘rliklari har jabxada uz ifodasini topmokda. Mana bu raqamlarga e’tibor bering: bugungi kunda mamlakatimizda 9800 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritmoqsa. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida respublika bo‘yicha 8500 dan ziyod maktab qurildi va kapital ta’mirlandi. Ularning aksariyati qishloklarda joylashgan. Ushbu maqsadlar uchun 1,4 trillion so‘m sarflandi.

Garchi Davlat dasturida qamrab olingan vazifalar ado etilgan bo‘lsada, mamlakatimizda umumta’lim maktablari qurish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlar izchil davom ettirilmokda. Masalan, o‘tgan yili eng zamonaviy o‘kuv va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan, 46 ming 300 dan ortiq o‘kuvchiga mo‘ljallangan 166 ta yangi maktab barpo etildi va rekonstruksiya qilindi, 151 ta maktab kapital ta’mirlandi






ADABIYOTLAR RO‘YXATI


  1. Buyuk va muqaddassan - Muqaddas Vatan. Toshkent 2011 Ilmiy ommabop risola.

  2. A.S Uralov Landshaft arxitekturasi va dizayni. Sam. 2003y

  3. Adilova. L. A «Landshaft arxitekturasi» 1-kism Toshkent 2009y

  4. Arxitektura. Ma’ruza matnlari. M.Maxmudov Sam. 2005y

  5. “Arxitekturaviy loyixalash asoslari”.O‘quv qo‘llanmasi. TAKI, 2000 yil.

  6. QMQ 2.08.02-96. Jamoat binolari va inshootlari.

(Общественные здании и сооружении)., O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arx. va Qurilish qo‘mitasi. Toshkent, 1995.-232 bet(o‘zb.t.-1...99b).

  1. T.M.Maxmatkulov, G.SH.SHomirzaev, A.Rayimkulov. «Xayotiy faoliyat xavfsizligi» fanidan ma’ruzalar matni. TATU Samarkand filiali. Samarkand-2007.

  2. G‘.Y.Yormatov, O. R. Yuldoshev, A. L. Xamraeva. “Xayot faoliyati xavfsizligi” (Darslik), Toshkent, “Adolat” nashriyoti, 2009 y.(61-86 betlar).

  3. Безопастность жизнедеятельности. С.В.Белов, Высшая школа, 2002.

  4. X.Raximova. A.A’zamov. T.Tursunov. “Mehnatni muhofaza qilish”, Toshkent, O‘zbekiston, 2003.

  5. O. Qudratov, T . G‘aniev. “Hayot faoliyati xavfsizligi”, Toshkent, Mehnat, 2004.

  6. Internet saytlari:Ziyonet.Google.

  7. Степанов Н.Н. «Цвет в интерьере». Киев "Виша школа" 1985 г.

  8. Лисициан В.М., Новикова Е. Б., Петунина З.В. «Интерьер общественных и жилых зданий». М. Стройиздат. 1973 г.

  9. Блохин В.В. «Архитектура интерьера промышленных зданий» М. Стройиздат 1973.

  10. Борис Г. «Цвет в архитектуре промышленных зданий». М. Стройиздат.1982 г.

  11. Ян Маас, Мария Реферовская. «Современный интерьер». Варшава.




Download 1.69 Mb.
1   2   3




Download 1.69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI QISMI

Download 1.69 Mb.