• Samarqand arxitektura-qurilish instituti
  • Binoni loyihalashtirish va uning eskizini tuzish to‘g‘risida
  • H ajmiy rejali echim
  • Me’morchilik- q urilish chizmalari mazmuni
  • Binoning ko‘ndalang qirqimi
  • Poydevorlar, orayopmalar tomlar rejasi
  • SamDAQI bosh binosi o‘quv auditoriyalarining badiiy echimi
  • Oliy ta’lim muassasalari.
  • ARXITEKTURAVIY REJALASHTIRISH QISMI




    Download 1,69 Mb.
    bet2/3
    Sana13.10.2020
    Hajmi1,69 Mb.
    #12094
    1   2   3

    ARXITEKTURAVIY REJALASHTIRISH QISMI

    Bitiruv Malakaviy Ish mavzusi: SamDAQI bosh binosi o‘quv auditoriyalarining badiiy echimi



    SamDAQI bosh binosi bosh rejasi

    Samarqand arxitektura-qurilish instituti tashkil qilinganiga 50 yil to‘ldi. Mazkur oliygohni bitirib, xalq-xo‘jaligining turli jabhalarida arxitektor, restavrator, shahar qurilishi, qishloq arxitektori bo‘lib ishlayotgan minglab kadrlar yangi-yangi qishloq va posyolkalarni, shaharlarni loyihalab, ularni hayotda amalga oshirmoqdalar. 2000 yildan esa dizaynerlar ham bular qatoriga qo‘shildi va ular ham barcha jabhalarda o‘zlarinig olgan bilimlarin sinovdan o‘tkazmoqdalar. Bugungi tezkor zamonda yangidan-yangi materiallar kashf qilinib, ishlab chiqarilmoqda va barcha sohaga kirib bormoqda. Jumladan jamoat binolari arxitektruasida ham, jihozlar, pol-potolok va devorlarda ham yangi materiallar turi son-sanoqsiz. YUqorida ta’kidlaganimizdek materiallarni o‘z o‘rnida, ularning xususiyatlaridan kelib chiqib loyilagan maqbul. YOshlarni go‘zallikka oshno qishining oddiy va sinalgan yo‘li ularning muhitini go‘zal qilish, atrofidagi buyum, jihozlar, devorlar, muhitini ham chiroyli va mazmunli bo‘lishini ta’minlash va tanlash eng muhim masala.

    Jamoat va sanoat binolari intereri ,ichki kurinishi, va jixozlanishi turli tipdagi turar-joy, jamoat va sanoat binolarini ularning nimaga muljallanganligiga karab ichki tashkiliy fazoviy shakllantirishining uziga xosligini, shuningdek turli funksional, texnologik asbob-uskunalar ,mebel, oshxona, sanitariya - texnik asbob-uskunalar, sun’iy yoritish elementlari va boshkalar,ni ishlab chikish,

    binolarning yoruglik va rangli mikro iklimi, yashash, mexnat kilish va dam olish uchun yokimli muxit yaratishdan iborat. Guzallikni xis kila olishni rivojlantirish, yukori estetik didni shakllantirish, san’at asarlarini tarixiy va me’morlik yodgorliklarini, ona tabiat guzalliklarini, boyligini tushunish va kadrlashni shakllantirish maksadida xar bir ukuv fani imkoniyatidan, ayniksa bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat kiladigan va katta tarbiyaviy kuchga ega bulgan adabiyot, musika, tasviriy san’at, estetika kabi fanlardan unumli foydalanish kerak. Ta’lim-tarbiya muassasalarida milliy, badiiy estetik muxitning tashkil kilinishi ukuv-tarbiya samaradorligini oshirishning muxim omillaridan biri xisoblanadi. Bu albatta an’anaviy ukitish usullarini kayta kurib chikishni takozo kiladi. Keng, yorug kulay bulgan zamonaviy yoki moslashtirilgan o‘quv binolari, undagi sinf xonalari va fan kabinetlari, sport zali, oshxona, yulaklar va boshka yordamchi xonalarni oliygox yoki bino xovlisini badiiy bezash, ya’ni e’lon, devoriy gazeta, stend va boshka badiiy bezak ishlarining bajarilishi unga zamonaviy yondoshishni talab kiladi. Bezak ishlari ixcham, sodda va ta’sirchan bulishi kerak. Xozirgi paytda binodagi kurgazmali ma’rifat va ma’naviyat ishlari, ya’ni badiiy bezak ishlarining xolati talab darajasida emas. Bajarilgan ishlarning mazmuni va badiiy tomondan sifatsizligi uning fakat umumiy kurinishigina buzib kursatmasdan balki uning ta’sir kuchini xam kamaytirib yuboradi. Bu ishlarni bajarishga tashkaridan bezakchi rassomlarning taklif kilinishi xam uzini oklamayapti. Birinchidan, ular tomonidan bajarilgan ishlar ukuv-tarbiya ishlarining psixologik va pedagogik talablarga javob bermasligi, ikkinchidan kollejlarning moddiy tomondan kam ta’minlanganligi sababli professional bezakchilarni taklif kilish imkonini bermasligi. Ta’lim-tarbiya muassasalarida, ya’ni maktab, litsey, kollej, urta maxsus va oliy ukuv yurtlarida badiiy bezak ishlarini tugri tashkil kila olishgina bu soxadagi vaziyatni yaxshilashi mumkin. Bunda me’mor-dizaynerlarning urni bekiyosdir.

    Auditoriyalarni badiiy bezash, kurgazmali kurollar tayyorlashga malakali maslaxat bera olish, zaruriyat bulganda amaliy yordam kursata olishi kerak. Bularning xammasi dizaynerdan turli xil badiiy bezash ishlarini moxirlik bilan amalda bajara olish kunikmalarini talab kiladi.

    SHuningdek dizaynerga kupchilik xollarda turli taklifnomalar, emblemalar, devoriy gazetalar ishlashga, bino saxnasi uchun turli xil kecha va marosimlarga bagishlangan bezak ishlarini bajarishga tugri keladi, bunda «Badiiy bezak ishlari» darslarida olgan bilim, kunikma va malakalar uz natijasini beradi.

    Binoni loyihalashtirish va uning eskizini tuzish to‘g‘risida Birinchi bosqich - berilgan ishni o‘rganish va uning eskizini tayyorlash;

    Ikkinchi bosqich - me’morchilik-tuzilmaviy chizmalari va tuzilmaviy detallari ustida ishlash;

    Uchinchi bosqich - chizmalarni to‘laligicha tugatish, old ko‘rinish (fasad), bosh rejani ishlash va tushuntirish matnini tuzish.

    Ishning birinchi bosqichini bajarishda tuzilma ko‘rinishlarini chizib borish.



    Hajmiy rejali echim Loyiha eskizi binoning xomaki chizmalaridan tashkil topadi. Eskizlar ustida ishlayotgan vaqtda loyihalanayotgan bino me’moriy-rejaviy echimini aniqlashi, xonalarning vazifasi, binoning hajmiy hlchamlari, unga joylashadigan mebel va jihozlarni, xonalarni mos shaklini qabul qilish va uni xalqaro standartlari bhyicha joylashtirish, guruh va qavatlarga bo‘lishi, hamda xonalarning tabiiy yorug‘likka, shovqinga va harorat namlik rejimi kabi talablarga javob berishini aniqlaydi.

    Bundan tashqari, tom yopmalari tuzilmasi va qiyaligi, karniz qismining echimi, zinapoyalar maydonchasi, eshik oldi, kirish joylarini belgilab olinadi:

    Eskizlarni to‘la va sifatli bajarish natijasi, loyihalash vaqtida ba’zi kamchilik va nuqsonlarning bo‘lmasligini ta’minlashga yordam beradi.

    Loyihalanayotgan binoga shahar miqyosida olib qaraganda, unga tashqi sirti qoplamasi, badiiy ifodali ko‘rinishga ega bo‘lishi kabi talablar qo‘yiladi.



    Bularning hammasi binoning rejasi hajmiy va tuzilmaviy echimi ustida ishlashda kerak bo‘ladi.

    Me’morchilik-qurilish chizmalari mazmuni Asosiy chizmalar texnik loyiha bosqichida M 1:100, 1:200; qismlar (detal) va tugun (birikmalar) ish chizmasi M 1:10, 1:5 sifatida tayyorlanadi.

    Qavatlar rejasi Bino rejasini chizishga kirishish vaqtida quyidagilarga e’tibor berish kerak:

    a) tashqi devorni tuzilmaviy qalinligi qurilish olib borayotgan hudud iqlimiga va tuzilmaviy yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab olinadi;

    b) bino tuzilmaviy chizmasini yaxshi bilish, yuk ko‘taruvchi devor va alohida turgan ustunlar joylarini aniqlab olish kerak.

    Reja chizish, rejalashtirish o‘qlari (setkasi) to‘rini va yuk ko‘taruvchi vertikal (tik) tuzilmalarni ularga bog‘lash bilan boshlanadi.

    Zina xonasi o‘lchami, marshi va maydoni, hamda marshda zinapoyalar sonini hisoblash yo‘li bilan topiladi.

    Derazali eshiklar qo‘yiladigan o‘rinlar (proem) o‘lchami asoslangan holda aniqlanadi va pardadevorlar chiziladi.

    Pardadevorlar qalinligi materialga, tuzilmaga va qanday maqsadlarga o‘izmat qilishiga qarab olinadi.

    Eshiklarning joylashishi va ochilishi binoning alohida xonalaridan qulay foydalanishni tashkil etishga bog‘liqdir.

    Alohida xonalarga joylashgan sanitar-texnik jihozlar (rakovinalar, unitazlar, va boshqalar.) tegishli shartli belgilar bilan belgilanadi.

    Yirik blokli va yirik panelli binolarning ichki va tashqi devorlari kesimini rejada alohida blok va panel shaklida ko‘rsatiladi.



    Birinchi qavat rejasida bino tuzilmalari xarakterini tasavvur qilish uchun parallel tekisliklar bo‘yicha bir necha kesish chiziqlari ko‘rsatiladi. SHuni ham esda tutish kerakki, me’morchilik chizmalarida kesish tekisliklari asosan eshik va deraza urinlari, kirish joylari, ustunlar orasi, to‘sinlar va hokazolar orqali o‘tish shart.

    Bino kesimi Binoning asosiy tuzilmalari xarakteristikasini (xususiyatini) ko‘ndalang va uzunasiga bo‘lgan qirqimlari orqali bilish mumkin.

    Ko‘ndalang qirqim binoning asosiy xonalaridan va zinapoyalar katagidan o‘tishi maqsadga muvofiq.

    Gorizontal o‘lchamlar ishlab chiqilgan rejadan olinadi, ko‘pgina tuzilmaviy tugunlarni tashqi devor kesimida ko‘rsatiladi.

    Binoning ko‘ndalang qirqimi

    Qirqim chizmasi uzunasiga ketgan o‘q chiziqlarini (bino proleti bo‘yicha) qog‘ozda vertikal holatda chizish bilan boshlanadi va devorning tashqi va ichki qirralari o‘q chizig‘iga bog‘lanadi (privyazka). Vertikal tekislikning gorizontal chiziqlari birinchi qavatni poli yuzasiga nisbatan (0,00) belgi qilib olinadi.

    Tuzilmaning vertikal belgilari o‘sha (0,00) belgiga nisbatan hisoblab qo‘yib boriladi.

    Qavatlar balandligi, qavatlararo yopma va tom yopmasi qalinligi belgilanadi hamda zinapoyalar maydonining sathi aniqlanadi.

    Keyin binoning asosiy yuk ko‘taruvchi tuzilmaviy elementlarining tuzilmaviy echimlari berilgan miqyos (masshtab) asosida chizma ko‘rsatiladi.

    Nol belgisidan pastroqda sokol, eshik oldi va kirish maydonlari, bino atrofidagi qiyalik (otmostka)lar tasvirlanadi.

    Er sathidan pastroqda poydevor ko‘rsatiladi, agar poydevor lenta shaklida bo‘lsa, uzluksiz chiziqlar bilan, stolba shaklida bo‘lsa punktr chiziqda ko‘rsatiladi.

    Qirqim (razrez) binoning tuzilmaviy sxemasini to‘g‘ri tasavvur qilishga yordam berishi kerak. Hamma tugun va detallar to‘laligicha bajarilishi talab etiladi.



    Tashqi devor kesimi Tashqi devor tuzilmaviy kesimi devorning asosiy tuzilmaviy elementlari va ularning poydevorlar, yopmalar va tom yopmalari bilan birlashishi ko‘rsatiladi.

    Bu kesimda binoning karniz qismi tom yopmasi bilan yirik blok va tuzilmalarning qavatlararo yopmalariga (perekritiya) tayanish, poydevorlar tuzilmasi va shakli to‘g‘ri tasavvur qilinadi.

    Sinch (karkas)li binolarda osma devorlarning ustunlarga birlashishi, to‘sinlarning ustunlarga tayanishi va hokazolar ko‘rsatiladi.

    Tashqi devor kesimi ishchi chizmalar sifatida bajariladi, shuning uchun bu kesimda hamma o‘lcham va yozuvlarning bo‘lishi shart.

    CHizmaga rejadan hamma gorizontal o‘lchamlar o‘tkaziladi (binoning umumiy uzunligi, eshik va deraza o‘rin (proem)lari eni hamda ularning orayon (prostenka), kiriladigan eshik oldi o‘lchamlari va hokazolar. Qirqimdan esa hamma tik o‘lchamlar (bino balandligi, sokoli, eshik va deraza o‘rinlari va hokazolar).

    Old ko‘rinish (fasad)ni me’morchilik jihatidan ifodalanishida rejada va tuzilmalarda ba’zi bir o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, shuning uchun binoning reja va qirqimiga asoslangan holda chizish kerak.

    Binoni me’morchilik jihatidan ifodalash uchun o‘rinlarini proporsiyasi va o‘lchamini tanlash, ularni old ko‘rinishiga to‘g‘ri joylashtirish, ayvonlar, peshayvonlar (lodjiya) va ularning panjaralarini me’moriy tuzilmaviy echimi, binoga kirish joylari to‘g‘ri tanlanishi kerak bo‘ladi.

    Old ko‘rinishga eshik va deraza urinlari (perepletlari) va tabaqalari (polotna) bilan chiziladi. SHuningdek, old ko‘rinishda kichik me’morchilik- tuzilmaviy detallarni ko‘rsatish kerak, bularga qiyaliklar, kirish joylar tepasidagi soyabonlar, liftlar mashina bo‘limi, tomga chiqish qurilmalari (nadstroyki), shamollatish trubalari, yopmalar, avariya va yong‘in pillapoyalari va hokazolar kiradi.

    Binolarni old ko‘rinishida kesimlarga (razrezki) bo‘lib, ya’ni g‘ishtli, yirik blokli va panelli yoki o‘ajmiy blokli ekanligi ko‘rsatiladi, bu bilan biz bino qismlarining o‘zaro joylashishi tartibini saqlab qolamiz.

    Old ko‘rinishning chap tomonidan vertikal o‘q bo‘yicha tashqi xarakterli nuqtalar belgisi beriladi.

    Binoning ayvonlari, karnizlari va boshqa chiqib turgan qismlaridan tushayotgan soyalarni chizib bo‘lgandan so‘ng, bo‘yashga kirishiladi.





    Poydevorlar, orayopmalar tomlar rejasi Agar binolar simmetrik joylashgan bo‘lsa, u holda yopma bilan poydevorlar rejasi va tom yopmasi hamda tomlar rejasi birgalikda chizish mumkin.

    Poydevorlar rejasini ko‘rsatganda, har xil ko‘rinishdagi poydevorlarni qanday chuqurlikda joylashganligini ko‘rsatuvchi belgilar bir chuqurlikdan ikkinchisiga o‘tish joylari, qo‘llaniladigan hamma tuzilmalarining joylanishi va belgilashlari (blok yostiq, poydevor bloklar va panellari ustun osti stakanlari va h.k.) ko‘rsatiladi.

    Orayopma rejasida panellarning belgilari va ularni joylashtirish, bir-biri bilan va tayanadigan devorlar bilan maxkamlanishi ko‘rsatiladi.

    Quyma temirbeton qo‘llaniladigan orayopma qismlari o‘lchamlari qo‘yilib maxsus yozuvlar asosida ko‘rsatiladi.

    Ichki yuk ko‘taruvchi devorlar, sinch chizma tusinlari hamda tashqi devorning ichki qirralari punktr chiziqdan chiziladi.

    Qavatlar rejadagi kabi bu chizmada ham shamollatish kanallari va mo‘rilarni ko‘rsatish shart.

    Belgilangan oraliqlar asosida imorat qurish uchun industral kataloglaridan orayopma panellari tanlab olinadi.

    Tom (krovli) rejasida uning qiyaligi, yo‘nalishi, mo‘rilari va shamollatish kanallari hamda tom panjaralari chiziladi.



    Birlashtirilgan tomlarda albatta zinapoyalar katagi orqali tomga chiqadigan joyni, shaxta va liftlarning mashina xonalari, hamda oqava suvlar bino ichi orqali ketganda voronkalarning o‘rnatilgan joylari, sirtqi ko‘rinish (kontur) bo‘yicha o‘rnatilgan parapetlar ko‘rsatiladi.

    Detallar Loyihalanayotgan binoning hamma asosiy tuzilmaviy qismlarini tasvirlash kerak bo‘ladi. Qog‘ozga ishchi chizmasi bosqichida kamida to‘rt-besh tugunni chizish kerak bo‘ladi. SHuning uchun ko‘proq g‘ishtli, yirik blokli va yirik panelli devorlarni vertikal holatda birlashadigan joylari hamda to‘sinlarni ustunlarga tayanadigan tugunlari ko‘rsatiladi.

    Binoning ko‘rinishiga qarab, quyidagi elementlar detallarni ko‘rsatish zarur: yopma, zinapoyalar va pollar tugunlari, pardadevorlarni devorlarga va yopmalarga birlashadigan va tayanadigan qismlari, eshik va deraza o‘rinlarini to‘ldirish detallari, ayvon plitasi, peshayvon (lodjiya), karniz, parket va h.k. (bino qirqimiga tushmagan qismlar).

    Ba’zi bir detallarning tasviri kalka yoki millimetrovkaga chizilib tushuntirish matnida ko‘rsatish mumkin.

    Uchastka bosh rejasi Uchastka bosh rejasi bir qismini o‘sha uchastka o‘lchami va unga joylashgan binolar soniga qarab M 1:500 yoki 1:1000 miqyos (masshtab)da chiziladi.

    Bosh rejani chizishda uchastka konturi ko‘rsatilib unda loyihalanayotgan bino yorug‘lik tushayotgan tomonga nisbatan joylashtiriladi. Binoning turgan joyini aniqlashda asosiy xonalar insolyasiyasi, yozgi va qishgi davrda shamol yo‘nalishi, xonalarni shamollatish hamda ichki fazoviy ko‘rinishiga e’tibor beriladi.

    SHamol yo‘nalishi bosh rejani chap tomonning yuqori burchagida ko‘rsatiladi.

    Uchastka rejasida boshqa yashash va jamoat binolari joylashtiriladi, ular orasidagi masofa sanitar-gigiena me’yorlariga va yong‘inga qarshi talablariga moslab olinadi.



    Bosh rejada yo‘lkalar, ko‘chalar, otmostkalar, kirish yo‘llari va yashil ko‘kalamzorlar tasvirlanadi. Ko‘chalar va yo‘llarning ikki tomonga harakatlanuvchi qismlari kamida 6 m, yurish yo‘laklari 2,75 dan 3,5 m gacha olinadi. Boshi berk ko‘chalarda (tupik) avtomobillarni qaytarib olish uchun radiusi kamida 10 m bo‘lgan aylana yoki o‘lchami rejada 12½12 bo‘lgan maydonchalar olinadi. Yo‘lka va yurish yo‘llari eni bir qator bo‘lib harakat qilinganda 0,75 m olinadi.

    Agar yashil daraxtlar bir qator o‘tkazilsa, eni kamida 2 m, ikki qator bo‘lsa 5 m, butazorlar balandligiga qarab 0,8-1,2 m, maysazor 1 m, daraxtlar turiga qarab 2,5 dan 6 m gacha, bino devorining chetki qismidan 5 m olinadi.

    Hamma loyihalangan bino turlari va asosiy maydonchalar izohlanganda (eksplikatsiya) ko‘rsatilishi shart.

    Qurilgan binolarni tashqi shovqindan va changdan saqlash bino atrofiga o‘tkaziladigan daraxtlar va butazorlar hisobidan amalga oshiriladi.

    Loyihani vertikal bog‘lash uchun binoni hamma burchaklariga qo‘yilgan qizil va qora belgilarni hisoblash va polning shartli belgisini aniqlash kerak bo‘ladi.

    SHartli relef mustaqil olinadi va haqiqiy relef gorizontallari har 0,5 va 1m da o‘tkaziladi.

    Bino burchaklari orasidagi mumkin bo‘lgan qiyalik 0,03-0,003 oraliqda olinadi.

    Birinchi qavat pol sathi belgisini aniqlash uchun kiriladigan joyning qizil belgisini (otmetka) hisoblab, uni loyihaning sokol balandligiga ko‘tarish kerak.

    Sikolni tashqi ko‘rinishdagi eng kichik balandligi (binoga kiriladigan joydan tashqari) kamida 0,3 m olinadi.

    Bosh rejani ishlab chiqishda quyidagi texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlar (TIK) (TEP) hisoblanadi: uchastka maydoni (P1), m2 ga yoki imorat (zastroyka) maydoni, m2, uchastkaga loyihalangan imoratlar maydoni yig‘indisi hisoblanadi (P2); imorat qurish koeffitsienti (P2 ni P1 ga nisbati); ko‘kalamlashtirish maydoni (P3) m2 , ko‘kalamlashtirish koeffitsienti (P3 ni P1 ga nisbati); yo‘llar, yo‘lkalar, tratuarlar maydoni, m2, maydondan foydalanish koeffitsienti (foydalanish maydonini uchastka maydoniga nisbati).






    BADIIY QISM


    Bitiruv malakaviy ish mavzusi «SamDAQI bosh binosi o‘quv auditoriyalarining badiiy echimi» mavzusida bulib, bino auditoriyalari intererlarining me’moriy badiiy echimi masalasi karab chikilgan.

    Diplom loyixa ishi: Bino bosh rejasi, (gen plan), xududiy reja, interer va ularning yoyilmalari, logotip, piktogrammalar, axborot kurilmasi, talabalar uchun maxsus kiyimlar, yoritgichlar va shu kabi dizayn elementlaridan tashkil topadi. Ma’lumki, inson dunyoga kelgan kunidan boshlabok, ranglar muxitiga uraladi.

    Tevarak-atrofimizni urab turgan borlik esa turli-tuman ranglarga burkalgan. Borlikni tashkil etgan xar bir narsa yoki buyum uzining muayyan rang tusiga egadir. Kayokka karamang ranglarning ta’sirchan kuchini kurasiz. Kuchalar, binolar, xonalardagi dekorativ bezaklar, shiorlar, xar xil transportlar, daraxtlar, gullar va xokazolar shular jumlasidandir. Turmushimizda biron bir soxa yukki unga rang ta’sir etmagan bulsin.



    Rangning ta’sirchan kuchidan xozirgi zamon meditsinasida xam samarali foydalanilmokda. SHuni esda tutish lozimki, rang tuslaridan tugri foydalanilmasa kishini xar xil kasalliklarga duchor kilishi mumkin. SHuning uchun turar joy, korxona, idora, muassasalar, binolarning ichki va tashki tomonlariga rang berishda mutaxassislarning, psixologlarning kursatmalariga amal kilish lozim.

    Juda kup psixologik tekshirishlar va kuzatishlar shuni kursatadiki, bolalarga rangli, yaltirok narsalarning barchasi yokadi. SHuningdek, tugri tanlangan ranglar esa ularni puxta uzlashtirishlariga xam ijobiy ta’sir kursatadi. SHuni esda tutish lozimki, atrofdagi ranglar ukuvchilarning ruxiyatiga kanchalik kup salbiy ta’sir etsa, ular shuncha tez charchaydilar va uzlashtirishlari xam pasayadi.

    Tasviriy san’at asarlarining, interer va ekstererni badiiy bezatilishining ta’sirchan chikishida ranglar muxim rol uynaydi. Zamonaviy ukuv xonalarini badiiy bezatishda uning yoritilganlik darajasi muxim axamiyatga ega. YOruglik va ranglar dars samaradorligiga, kurish uchun kulaylik darajasiga, ukuvchi va ukituvchilarning umumiy salomatligiga bevosita ta’sir kursatadi.

    Xonalarda, kabinetlar, labaratoriyalar, ustaxonalar, kutubxonalar va umuman kuzga xamda dikkatga zur keladigan joylarda yoruglik va rangga mexnatni engillashtirish, uning samaradorligini oshirish, talabalarning xissiyotini va kayfiyatini yaxshilash xamda tez charchashning oldini olish vositasi sifatida karash kerak. Ranglar urtasidagi munosabatlarga kelganda esa, kichik yoshdagi ukuvchilar nisbatan tuyingan, kontrast ranglarni xush kuradilar.

    Ta’lim-tarbiya muassasalari binolarini rang jixatdan bezashda uning xamma joylarida bir xil rangning kaytarilishi mutlako notugridir. Afsuski, ayrim kollejlarda bu xol yuz berib turadi. Bino yulaklari, o‘quv xonalari bir xil rangga (misol uchun tepasi ok, panellari yashil yoki xavo rangga) buyaladi.

    Ranglardagi xaddan tashkari monotonlik ukuvchilarni tez charchatadi va zeriktiradi.

    Ranglarning tusini tanlashda xonalarni va boshka joylarning yoritilganligini tugri baxolash kerak. SHundagina o‘quv xonalarini ukuvchilarning yoshlariga mos kilib yoritish, ranglarning mutanosibligiga erishish mumkin.



    YOruglik va ranglarning xosil bulishi. Spektr ranglari, axromatik, xromatik ranglar. Rang tuslari. Rang tuyinganligi. Ranglarning bir-biriga uzaro ta’siri. Rang tuslarining nomlari va ularning xarakterli xususiyatlari.

    Ta’lim-tarbiya muassasalarida xozir amalga oshiralayotgan badiiy bezash masalasiga katta e’tibor berilmokda. Bu ishlarning barchasi ta’lim-tarbiya ishlariga ijobiy ta’sir etadi. Binodagi mavjud badiiy bezash elementlari dekorativ panno, o‘quv xonalaridagi mebellarning shakllari, doska va devorlarning rangi, bularning xammasi pirovard natijada talabalar psixologiyasiga ma’lum darajada ta’sir kursatadi.

    Gullar va boshka dekorativ usimliklar intererda, dekorativ amaliy san’atning badiiy bezash ishlaridagi roli.

    Jamoat binosi intererini badiiy bezashda dekorativ amaliy san’atning yogoch va ganch uymakorligi, nakkoshlik, dekorativ xaykaltaroshlik, mozaika, vitraj, chekanka va boshka turlaridan foydalaniladi.

    Badiiy bezash ishlarida dekorativ amaliy san’at namunasi bino intereri xarakteriga mos bulishi kerak:



    • o‘quv xonasining vazifasini, unda shugullanadigan ukuvchilarning yosh xususiyatlari va idrok etish kobiliyatlarini xisobga olib yondoshish lozim;

    • binodagi badiiy bezash ishlarida kullanayotgan dekorativ amaliy san’at elementlari mavsumiy, ya’ni vakti-vakti bilan almashtirib turiladigan elementlar bilan mos bulishi zarur;

    • binodagi badiiy bezash ishlarida kullanayotgan dekorativ amaliy san’at elementlari tasviriy san’atning boshka turlari bilan uzviy boglanishi kerak (rang tasvir, xaykaltaroshlik, grafika va arxitektura kollej intererini badiiy bezashda bir-biriga garmonik boglanmasa, xal kiluvchi omil bula olmaydi).

    YUkorida ta’kidlanganidek, intererni badiiy bezashda bevosita uning vazifasidan kelib chikkan xolda ish kurish lozim.

    Badiiy bezashda shuningdek keramikadan xam keng foydalaniladi. Dekorativ laganlar, gultuvaklar, vazalar va xokazolar eng avvalo talabalarning estetik tarbiyasini takomillashtirishda katta yordam beradi.



    SHuningdek intererdagi turli mavzudagi stendlar, kurgazmali kurollar, kurgazmalar, bayram va saxna bezaklari uzi bajaradigan vazifasiga muvofik amalga oshiriladi. YA’ni bajarilayotgan ishlar kim uchun bagishlanganligi, uning yoshi, ongi, bilim darajasi, kasbi-kori va boshka xususiyatlari xisobga olinishi zarur. SHundan kelib chikib bezak ishlarining shakli, ulchami, mazmuni, rangi va xokazolar aniklanadi.

    Xar kanday badiiy bezak ishlarini sifatli bajarish uchun unda ishlatiladigan turli materiallar, ish kurollari bilan atroflicha tanish bulishi va ularni ishga tayyorlash buyicha kunikma va malakaga ega bulishi kerak.

    Interer va fasadlarni buyash. Rang tanlash, ularni uz urnida kullash, psixologik ta’siriga aloxida e’tibor berish, yoruglik kaytarish xususiyatlarini nazarda tutish.

    Devorlarni buyash bilan tabiiy yoruglik tushishini xisobga olish, bir-biriga uzviy boglikdir. Bezashda dekorativ usimliklardan foydalanish.

    Interer va ekstererni badiiy bezashda amaliy bezak san’ati turlaridan foydalanish va ularni ishga tayyorlash.

    Bezak ishlarining turiga karab turli material va ish kurollaridan foydalaniladi.

    Buyoklar. Buyok moddalari va tuldiruvchilar (tabiiy va sun’iy buyoklar). Buyok turlari (suvli, moyli, emalli, kazeln, emulsion va boshkalar).

    Boglovchilar. Elimlar. Laklar. YOrdamchi materiallar. YUmshok materiallar (kogoz, karton, mato, sun’iy teri, penoplast). Kattik materiallar. Plastik materiallar. Kukunsimon materiallar.

    Ish kurollari. Plakat perolari. Turli kistlar. Kistlar ulchamidan tashkari yassi, dumalok turlariga bulinadi. SHuningdek tayyorlangan materialiga karab yumshok va kattik turlarga bulinadi. Turli valiklar, kalamlar, flomaster, ruchka, trafaretlar. Normograf, skalpel, proektorlar. Purkagichlar. Penoplast kesuvchi moslama.

    YUkorida sanab utilgan materiallarning ba’zilari tugrisida ma’lumotlar berib utamiz.

    Kogozlar: Badiiy bezash ishlarida kogozning V, F, A, O turlari kullaniladi.

    Plakat perolari, «redis» perolari, maxsus chizma perolari, shisha naychalar (normograf).



    Tushlar. Badiiy bezash ishlarida eng kup ishlatiladigan materiallar xar xil rangli (suvli va moyli) buyoklardir. Ulardan kogozga, taxtaga, fanerga, temir va tunukaga, devorga, matoga va xokazolarga yozish xamda tasvirlar tushirishda foydalaniladi.

    Akvarel buyoklari elimli buyoklar turkumiga kirib, uni suv bilan eritib ishlatiladi.

    Guash xam suvda eriydigan buyok bulib, uning asosiy tarkibiy boglovchi moddasi dekstrin va glitserindir. Bezak ishlarida keng kullaniladi.

    Emulsiyali buyoklar asosan gruntlashda ishlatiladi.

    Tempera buyoklari, moy buyoklar.



    Interer va ekstererdagi uzok vakt turadigan vitraj, panno va xokazolarni badiiy bezashda emulsiyali buyoklardan tashkari moy buyoklardan xam foydalaniladi. Ularga lak, skinidar, atseton va boshka turli erituvchi suyukliklardan foydalaniladi.

    Oliy ta’lim muassasalari.

    Oliy ta’lim muassasalarini joylashtirish va ularning yer
    uchastkalariga bo‘lgan talablar. Oliy ta’lim muassasalarini shaharsozlik nuqtayi nazaridan joylashtirishni respublikamizda ishlab
    chiqarilgan ShNQ 2. 07. 01 shahar qurilish talablariga muvofq
    amalga oshirish zarur. Shu bilan birga, yangi quriladigan bino va
    inshootlarni elektr, suv, gaz bilan ta’minlash va markaziy kanalizatsiya tarmoqlari manbalariga ulanish imkoniyatlarini inobatga olishni ko‘zda tutish zarur. 4 ming va undan ko‘p talabaga mo‘ljallangan oliy o‘quv yurti muassasalarini va o‘zining tarkibida katta miqdordagi maxsuslashtirilgan obyektlar, laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, klinikalar, poligonlar, tajriba uchastkalarini qamragan maydonlarni, shu bilan birga, turkumlashtirish talablarini hisobga olgan holda hamma kerakli obyektlarni shaharning chetki hududlarida
    joylashtirish zarur. Qishloq xo‘jalik yo‘nalishi bo‘yicha (tajriba xo‘jaliklariga
    ega) oliy ta’lim muassasasini shahar chetidagi, odatda, shahar
    chegaralariga taqalgan zonalarda joylashtirish kerak bo‘ladi. Oliy
    ta’lim muassasasining yer uchastkalari magistral ko‘chalar bilan
    kesishmasligi, uchastkada piyoda yuruvchilar va transport oqimi
    bo‘lishini ko‘zda tutish zarur. Oliy ta’lim muassasalarining yer maydoni aniq shahar qurilish shartlariga muvofq, ShNQ 2. 07. 01 ni inobatga olingan holda
    aniqlanadi. Uchastkalar mahalliy sharoitlar inobatga olingan holda
    o‘rab olinadi. O‘quv poligonlari va tajriba xo‘jaliklarini tegishli ishlab chiqarish korxonalari bilan birlashtirgan holda o‘quv yurtlaridan alohida
    joylashtirishga ruxsat etiladi. O‘quv poligonlarining ishlab chiqarish, tajriba uchastkalari va boshqa maxsuslashtirilgan obyektlarning yer maydoni loyihalashtirish topshirig‘iga muvofq texnologik talablar asosida aniqlanadi.
    Oliy o‘quv muassasalarining yer uchastkalarida quyidagi o‘quv
    va ilmiy tekshirish bo‘limlari, ovqatlanish, savdo-maishiy va xizmat ko‘rsatish (sog‘lomlashtirish-tibbiy xizmatlar), sport, xo‘jaliktexnik zonalar (yotoqxona, o‘quvchilar tarkibi

    uchun uylar ajratgan holda zonalashtirishni ko‘zda tutish lozim) belgilangan bo‘lishi
    kerak. Nasos xonalar, ta’mirlash ustaxonalari, garajlar va ombor-
    larni xo‘jalik zonalarida joylashtirish zarur. Sport zonalari, odatda,
    o‘quv zonalarining yonida joylashishi kerak.
    Oliy ta’lim muassasasi yer uchastkalarini ko‘kalamzorlashtirish eng kamida umumiy maydonning 35 % ini tashkil etishi zarur.
    O‘quv binolari va ilmiy-tekshirish faoliyati uchun moslashtirilgan
    binolar magistral ko‘chalarning harakatlanish qismlaridan eng
    kamida 50 m uzoqlashtirilgan, boshqa hollarda esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarning o‘tish qismlaridan eng kamida 25 m
    uzoqda bo‘lishi kerak. Oliy o‘quv muassasalarining ilmiy-tekshirish bo‘limlarini,
    odatda, o‘quv bo‘limlari bilan bir majmuada joylashtirish tavsiya
    etiladi. Maxsuslashtirilgan ilmiy-tekshirish laboratoriyalari, tajriba poligonlari va boshqa obyektlarni ishlab chiqarish binolari va inshootlariga tegishli texnologik talablarga taalluqli sanitariya me’yorlari va atrof-muhitni muhofazalash talablariga muvofq joylashtirish zarur. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari yonida, odatda, poliklinika va statsionarlar korpuslari uchun klinik zonalar ajratiladi.
    Ochiq sport inshootlari majmualarida tashqi hojatxonalar,
    obodonlashtirilgan maydonchalar, suv ichish favvorachalari bo‘lgan dam olish maydonlari va boshqa obodonlashtirish ishlari
    (elektr yoritish, tegishli qoplamalar, ko‘kalamzorlashtirish, suv
    bilan sug‘orish ishlari)ni ko‘zda tutish lozim.
    Ochiq sport inshootlarini o‘quv laboratoriyalari, kutubxona,
    ilmiy-tekshirish xonalarining derazalari tomonida joylashtirish
    tavsiya etilmaydi. Aytib o‘tilgan xonalarning derazalari bilan sport
    inshootlari orasidagi masofa 50 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
    tegishli masofani ta’minlab bo‘lmagan holatda shovqindan himoya
    qilish uchun turli qurulmalarni ishlatishni, talabga javob beruvchi
    choralarni amaldagi sanitariya va qurilish me’yorlarini inobatga
    olgan holda hal qilish zarur.

    O‘qituvchilar uchun yotoqxona, mehmonxona va turar joylar
    yashash zonalarida loyihalashtirish me’yorlariga muvofq umu-
    miy «turar joy» zonasida joylashtirilishi lozim. Yotoqxona alohida
    joylashtirilganida uning o‘quv zonasidan uzoqligi 30 daqiqalik
    yo‘lni tashkil etib, transport yoki piyoda yurish imkoniyati bo‘lishi
    kerak. O‘quv ilmiy-tekshirish, oliy ta’lim muassasa uchastkalarining
    ma’muriy-jamoat korpuslari oxirida avtoturar joylar ko‘zda tutilishi zarur (ming odamga 15 mashina o‘rni hisobidan o‘qituvchilar,
    talabalar, kurs tinglovchilari va boshqalar uchun).

    Oliy ta’lim muassasasini shahar atrof zonasiga joylashtirishda
    3 km uzoqlikdagi o‘t o‘chirish deposidan foydalanishga imkon
    bo‘lishi zarur. Bir nechta oliy ta’lim muassasalarini yonma-yon joylashtirishda,
    odatda, umumiy turar joy va sport zonasi, umumiy klub, ko‘rgazma
    majmualari, umumiy poliklinika, sog‘lomlashtirish majmuasini
    ko‘zda tuzish zarur. Asosiy xona va binolarning me’moriy-rejaviy yechimlariga
    qo‘yilgan talablar. Oliy o‘quv yurtlari binolarining me’moriyrejaviy yechimlari amaldagi me’yorlar (ShNQ 2. 08. 02 va boshqalar) talablariga muvofq amalga oshirilishi kerak. O‘quv va laboratoriya korpuslarini 4 qavatdan ko‘p bo‘lmagan
    holda loyihalashtirish zarur. Ma’muriyat uchun belgilangan rektorat korpusini 9 qavatgacha loyihalashtirish mumkin. Fakultetlarni, rektoratlarni, kutubxona, majlis va tantanalar va sport zallarini alohida binolarda joylashtirish ruxsat etiladi. Ayrim
    o‘quv korpuslarining o‘rtasida oshxona, kutubxonalar, isitilmaydigan o‘tish yo‘llari ko‘zda tutilishi mumkin. Bino qavatlarining balandligi ShNQ 2. 08. 02 talablariga
    javob berishi kerak. Sig‘imi 40 dan 72 o‘ringacha bo‘lgan auditoriyalarning balandligini poldan shipgacha eng kamida 3,6 m;
    sig‘imi 75–100 o‘rinli auditoriyalarniki eng kamida 4,2 m; sig‘imi
    100 o‘rinli, namoyish qilish uchun katta ekranli ma’ruza zallarining
    balandligi texnologik talablarga muvofq 4,5–6 m bo‘lishi kerak.
    Oliy o‘quv muassasalarining tarkibiga o‘quv kabinetlari, auditoriyalar, laboratoriyalar, ma’muriy-xo‘jalik va texnik xonalar bilan

    bir qatorda, kutubxona, ma’lumotlar markazi, sport zallari va sport
    mashg‘ulotlari uchun xonalar, bufet va oshxonalar, tantanalar zallari, klub zallari va ijodiy, bo‘sh vaqtlarda faoliyat ko‘rsatish, tibbiyot punktlari kiritilishi kerak. Oliy ta’lim muassasalarining sig‘imi va xonalar yuzalarining texnologik hisob-kitobini olib borishda talabalar, magistratlar va stajor-tadqiqotchilar, dekanatlar, kafedralar, o‘qituvchi-professorlarning ilmiy faoliyatlari, rektoratlar,
    ma’muriy xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar uchun o‘quv
    dasturlari inobatga olinadi. Oliy ta’lim muassasalarining asosiy xonalari – o‘quv auditoriyalari va kabinetlarini, laboratoriyalarni, kutubxona xonalarini,
    kafedra xonalarini va ilmiy tekshirish bo‘limlarini, ma’muriyat
    bo‘limlarini yer usti qavatlarda joylashtirish kerak.
    Sokol qavatlariga maxsus belgilangan laboratoriyalarni
    (texnologik asoslarga yondashib), garderoblarni, sport zallarini
    va mashg‘ulot zallarini, sanuzel, dushxona, xo‘jalik xonalarini,
    oshxonalarni, savdo-ma’muriy xizmat ko‘rsatish va boshqalarni
    (ShNQ 2. 08. 02 ga muvofq) joylashtirishga ruxsat etiladi.
    Podval qavatlariga suv quvuri va kanalizatsiya, nasosxonalar,
    boyler xonalari, ventilatsion kameralar, lift mashina bo‘limlarini
    joylashtirishga ruxsat etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining asosiy xonalari to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy yoritish va tashqari tomonga ochiladigan framugali oyna
    (richag yordamida avtomatik yoki dastak) orqali shamollatiladigan bo‘lishi kerak. Doimo odamlar to‘planadigan xonalar to‘g‘ri
    yoki burchak ostida shamollatilishi, shuningdek, koridor orqali
    yoki yondosh xonalar orqali shamollatilishi kerak. O‘quv laboratoriya xonalarining polidan oyna osti qismigacha eng kamida 80 sm
    bo‘lishi kerak. O‘quv xonalari, auditoriyalar o‘lchamini, havoni
    konditsiyalash imkoniyati bo‘lmaganda, 1 odamga 5 m3 hajm hisobida olish kerak.
    Sport zallari va xonalari, tantanalar zali va bo‘sh vaqtlar uchun
    klub, studiya xonalari, kutubxonalar va oshxonalar, o‘quv xonalari,
    kafedra va dekanatlar ulardan samarali foydalanishni ko‘zlab
    joylashtirilishi zarur.

    O‘quv, ilmiy-tekshirish ishlari va ma’muriy ishlar xonalari chap
    tomonli tabiiy yoritishga ega bo‘lishi kerak. Chap tomonli tabiiy
    yoritish kamlik qilsa, yonbosh yoki yuqori tabiiy qo‘shimcha
    hamda qo‘shimcha sun’iy yoritish ko‘zda tutiladi.
    75 va undan ko‘proq o‘rinli auditoriyalarni, kurs loyihasi va diplom loyihalashtirish maxsus kabinetlarini yuqori yoritish zenitlari
    bilan yoritishni ko‘zda tutish zarur. Katta o‘lchamli zalli xonalarda
    ikki tomonlama tabiiy yoritish, tabiiy shamollatish imkoniyatlari
    ko‘zda tutilishi maqsadga muvofqdir. Sun’iy yorug‘lik bilan yoritish (tabiiy yoritishsiz) ko‘zda tutilgan kitob ombori va kutubxonalarning katalog zallarini, telestudiyalar, fotolaboratoriyalar garderob, sanuzel va dushxonalarni (hojatxona, o‘quv laboratoriya bloklari va korpuslarida) favqulodda yoritishda alohida manba yoki avtonom elektr ta’minlash sharoiti ko‘zda tutiladi.
    Chizmachilik zallari, rasm zallari, rassomlik, haykaltaroshlik
    xonalarining derazalarini shimoliy, shimol, shimoli-sharqiy, shimoli-g‘arbiy tomonlarga yo‘naltirilishi zarur. O‘quv kabinetlari va 75 o‘rindan kichik auditoriyalarning derazalari janubiy, janubi-sharqiy tomonlarga yo‘naltirilishi tavsiya
    etiladi. Laboratoriyalarning yo‘nalishini texnologik talablarga muvofq
    tanlash zarur. Quyoshdan himoyalash qurulmalarini joylashtirishni
    amaldagi texnologik va qurilishni loyihalashtirish me’yorlariga
    muvofq ko‘zda tutish lozim. Quyoshdan himoyalash qurilmalari
    yonmaydigan materiallardan bo‘lishi hamda ularni yong‘indan
    himoyalashlashga xalaqit bermasligi kerak. Quyoshdan himoyalashlash qurilmalari mahalliy sharoitlarga muvofq aniqlanadi.
    Binolardan evakuatsion chiqish koridorlarining kengligi
    ShNQ 2. 01. 02 talablariga muvofq bo‘lishi kerak. Zinapoyalarning kengligini o‘quv laboratoriya korpuslarida 1,5 m qilib olish
    tavsiya etiladi. O‘quv korpuslarida koridorlarning eni kamida 2,2 m, rekreatsiya uchun foydalaniladigan joylarda eni kamida 2,6 m, ko‘pi bilan
    3,2–3,6 m bo‘lishi tavsiya etiladi. Auditoriya va 50 o‘rindan ko‘proq o‘rinli o‘quv zallari, tantanalar va

    sport zallari, 50 o‘rinli va undan ko‘proq o‘rinli tomosha balkonlari, o‘quv zallarining antresollari eng kamida 2 ta evakuatsiya
    chiqish joylariga ega bo‘lishi kerak. Auditoriyalar va zal xonalaridan evakuatsiya chiqish joylari bir vaqtning o‘zida 50 nafardan
    ko‘proq odamlar to‘planadigan joylar, o‘quv va xizmat ko‘rsatish
    xonalari ustidan o‘tishi mumkin emas.
    100 o‘rinli va undan katta auditoriyalarda stollar qatorlari
    oralig‘idagi o‘tish joylarining eni 0,6 m, har bir o‘tish joylarining
    kengligi esa eng kamida 1,2 m va 1,8 m dan katta bo‘lmasligi kerak.
    Matematika, geometriya va chizmachilik fanlaridan ma’ruza
    xonalari uchun mo‘ljallangan 100–150 o‘rinli auditoriyalarda,
    odatda, 36 m2 preparator xonalari ko‘zda tutiladi.
    Jismoniy tarbiya zallari qoshidagi anjomlar xonasining maydoni
    loyihalashtirish topshirig‘i asosida ko‘zda tutiladi.
    Uzluksiz holda o‘rnatilgan qatordagi o‘rindiqlarni joylashtirish amaldagi me’yorlarga (ShNQ 2. 08. 02 bo‘yicha) muvofq
    evakuatsiya talablarini inobatga olgan holda amalga oshirish zarur.
    Qiya kursili o‘rindiqlar bitta o‘ringa nisbatan o‘lchamlari quydagicha: kengligi – 0,55 m; o‘tirg‘ich balandligi – 0,45 m.
    Auditoriya va o‘quv kabinetlarida stollarning o‘lchamlari quyigicha bo‘lishi kerak: uzunligi – 60 sm; kengligi – 50 sm; balandligi
    – 75 sm. Stollar, odatda, ikki o‘rinli bo‘lishi ko‘zda tutitadi.
    O‘quv kabinetlari, chizmachilik (jumladan kurs va diplom loyihasini loyihalashtirish) zallarining yuzalari sathi quyidagi jadval
    ko‘rsatkichlariga muvofq qabul qilinadi:



    Xonalar

    Yuzasi, m2

    1

    O‘quv kabinetlari (jihozlar bilan jihozlanishiga ko‘ra)

    2,2–2,5

    2

    Maxsus kompyuterlar bilan jihozlangan (jihozlar bilan ji
    hozlanishiga ko‘ra)

    3,5–6,0

    3

    Xorijiy tillarni o‘rganish uchun lingafon kabinetlari

    3,0

    4

    Kurs va diplom loyihalarni loyihalashiirish uchun chiz
    machilik xonalari

    3,6–4,0

    5

    Arxitektura va badiiy loyihalash xonalari

    5,0–6,0


    Kutubxonalarni, odatda, talabalarning barchasini, magistrat va
    tadqiqodchilar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni to‘liq
    hisobga olgan holda loyihalash zarur. Kitob fondining birlik soni
    texnik, iqtisodiy va qishloq xo‘jalik oliy ta’lim muassasalarida
    100 ta ga, pedagogik, tibbiy, madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi
    institut va universitetlarda 125–150 ta ga yaqin (ko‘rsatkichlar loyihalashtirish topshirig‘i bilan aniqlanadi).




    Download 1,69 Mb.
    1   2   3




    Download 1,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ARXITEKTURAVIY REJALASHTIRISH QISMI

    Download 1,69 Mb.