Tushuntirish xati




Download 2,18 Mb.
bet16/24
Sana01.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#15318
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Tokdan ajratib olish

Elektr tarmog‘iga ulanib, hush - behush holatda turgan odamni qanday qilib xalos etish mumkin? Bunday hollarda 1-rasmda ko‘rsatilganidek, o‘chirgich, ajratgich (rubilnik) yoki probkani chiqarib olish yo‘li bilan tokni tez o‘chirish kerak bo‘ladi (1-rasmda1,2,3). Agar buni imkoniyati bo‘lmasa, biror bir quruq tok o‘tkazmaydigan vosita, yog‘och yoki plastmass tayoq yordamida elektr simini ajratish, yoki bolta bilan kesib jaroxatlanuvchini elektr zanjiridan ozod qilish kerak bo‘ladi (1-rasmda 4,5,6). Agar bordi-yu jarohatlunuvchi elektr zanjiriga o‘tkazgichni kafti bilan ushlagan holda ulanib qolgan bo‘lsa, uni zinhor musht holatida simni siqib turgan panjalarini qo‘lingiz bilan ochishga urinmang! Bu o‘zingiz uchun ham xavflidir, siz ham zanjirga ulanib qolishingiz muqarrar! Asab va pay tolalari qisqarib panjalarni bukib qo‘yganda ularni qayta tiklash oson bo‘lmaydi.

Shuning uchun bunday hollarda oyoqqa rezina etik, yo kalish kiygan xolda yoki rezina gilamchani tokli sim ustidan to‘shab, uning ustiga oyoq bilan chiqib, jarohatlanuvchining quruq yengidan yoki rezina qo‘lqop kiygan bo‘lsangiz uni bilagidan yuqoriroq joyidan ikki qo‘llab kuch bilan ajratib olishingiz mumkin.

Bu ishlarni bajarishdan oldin tok o‘tkazuvchi hamma faza simlarini oldindan maxsus tayyorlangan (bu moslama elektr xavfi yuqori bo‘lgan har bir ish joyida tayyor turishi kerak) o‘tkazgich yordamida birlashtirgan qolda jaroqatlanuvchi yotgan joydan eng kamida 10 m nariroqdan yerga ulab qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu tadbir odamni tokdan ajratib olish vaqti cho‘zilib qolgan taqdirda unga ta'sir etayotgan tokning kuchini qirqadi.







Download 2,18 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Download 2,18 Mb.