HUDUDNING EVAKUATSIYA REJASI




Download 2,18 Mb.
bet14/24
Sana01.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#15318
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
HUDUDNING EVAKUATSIYA REJASI

Har qanday maqsadda qurilgan binolar (yashash, ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko‘rsatish joylari)da ham odamlarning harakatlanishini muhim jarayon deb qarash zarur. Harakatlanish jarayonining kechadigan sharoitidan bog‘liq ravishda ikki turi mavjud. Birinchisi odatiy harakatlanish, ikkinchisi esa–majburiy harakatlanish. Bino va inshootlardagi oddiy ish sharoitlarda kishilarning odatiy harakatlanishi sodir bo‘ladi. Favqulodda vaziyatlar sharoitida esa kishilarning hayotiga xavf tahdid solishi sababli, majburiy harakatlanish amalga oshiriladi.

Aholini evakuatsiya qilish deb nomlanuvchi, majburiy harakatlanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ofat (xavf) manbaidan xavfsiz joyga harakatlanib odamlarning tashqariga chiqishida xonadan-xonaga eshiklar orqali, o‘tish yo‘laklari va karidorlar bo‘ylab yurib, zinapoyalardan tushishiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘llar va chiqish joylari ma'lum talablar bajarilgan taqdirda evakuatsiya yo‘llari deyladi. Yuz bergan FVning turiga bog‘liq ravishda harakatlanish mobaynida odamlarga ta'sir etuvchi xavf va odamlar oqimining miqdori o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish binolarning mo‘ljallanishi, odamlar oqimining tarkibi va turiga hamda evakuatsiyaning bosqichiga bog‘liq ravishda har xil kechadi.

Evakuatsiya chiqish joylarining eng kam miqdorini aniqlash uslubini me'yorlar talablari bilan asoslash lozim. Xonalar, qavatlar va binolardagi evakuatsiya chiqish joylari miqdori va umumiy kengligi ular orqali olib chiqiladigan odamlarning ehtimol tutilgan eng ko‘p sonidan va yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy masofadan, odamlar bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan, eng uzoqdagi (ishchi o‘rni) joydan eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha bo‘lgan masofadan kelib chiqib aniqlanadi.

Qavatdan evakuatsiya chiqish joyi, agar unda ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo‘lishi kerak.

Ikki va undan ortik evakuatsiya chikish joylari bo‘lsa, ular tarqoq holda joylashtirilishi shart.

Zina kataklari tashqi eshiklari va zina kataklaridan vestibyulga chiquvchi eshiklar eni xisoblangandan yoki zinapoya enidan kam bo‘lmasligi lozim.

Evakuatsiya chiqish eshiklari va boshqa evakuatsiya yo‘lidagi eshiklar binodan chiqish yo‘nalishida ochilishi kerak.

Eshiklarning ochilish yunalishi kuyidagilar uchun me'yorlanmaydi:

- ko‘p xonadonli va bir xonadonli uy-joy xonalari uchun;

- bir vaqtda 15tadan kam odam kelib turadigan xonalar uchun, A va B toifadagi xonalardan tashqari;

- sanitariya tarmoqlari uchun;

- 3 - turdagi zinalar maydonchasiga chiqish uchun.

Odamlar oqimining harakat tezligi yo‘l turidan va odamlar oqimi zichligidan kelib chikadi. Odamlar oqimining chegaraviy zichligida odamlar to‘planmasligi uchun harakat tezligi quyidagilarni tashkil etadi:

-gorizontal yo‘l uchun 15m/daqiqa

-zina orqali pastga 8m/daqiqa

-zina orqali yuqoriga 11 m/daqiqa

Odamlar oqimi intensivligi, evakuatsiya yo‘lidagi 1 metr eshik orkali 1 daqiqa ichida o‘tuvchi odamlar sonini ta'riflaydi.

Zaruriy evakuatsiya vaqti deb, u tugagandan so‘ng yong‘in paytida ishchi mintaqada odamlar hayoti va salomatligi uchun yonishga havfli omillari paydo bo‘ladigan vaqtga aytiladi.


Download 2,18 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Download 2,18 Mb.