• Inshootlar ko‘radigan talofatlar quyidagicha tavsiflanadi
  • yer silkinishi (zilzila) va uning oqibatlari




    Download 2,18 Mb.
    bet11/24
    Sana01.07.2021
    Hajmi2,18 Mb.
    #15318
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
    yer silkinishi (zilzila) va uning oqibatlari

    Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu – yer silkinishi(zilzila)dir. yer silkinishi – yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo‘lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli vujudga keladi. yer ostki zarbasining paydo bo‘lish o‘chog‘i, yerning ostki qatlamida uzoq vaqt yig‘ilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. O‘choqning ichki qismi markazi gipotsentr deyiladi, yerning ustki qismidagi markazi epitsentr deyiladi.

    yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


    • Tektonik zilzilalar;

    • Vulqon zilzilalari;

    • Ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalari;

    • Texnogen(insonning muhandislik faoliyati bilan bog‘liq) zilzilalar.

    Yuqorida aytib o‘tilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko‘p talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Ma'lumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar(seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia bo‘lib,

    imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo bo‘lishiga, ming-minglab insonlar yostig‘ining qurishiga olib keladi.

    yer silkinish o‘chog‘i gipotsentrning joylashgan chuqurligi bo‘yicha zilzilalarni: yuzaki – 70 km.gacha, o‘rta – 70-300 km. va chuqur – 300 km.dan pastda “mantiya” qatlamida vujudga keladigan turlarga ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o‘chog‘i asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan.

    Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi o‘zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar o‘limi yuz beradi. yer qimirlashning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: yer silkinish o‘chog‘ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.

    yer silkinishining kishilar ruhiy holatiga bo‘lgan ta'siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o‘zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo‘lishi) insonlarga yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o‘rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo‘lgan.

    Zilzila kuchi ikki xil o‘lchov birligida o‘lchanadi:

    1. Ballarda;

    2. Magnitudada.

    Dunyoning juda ko‘p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli xalqaro o‘lchov birligida o‘lchanadi.

    Ball – yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko‘rsatadi. Silkinishkuchini ballarda o‘lchashda “seysmograf”lardan foydalanib, tog‘ jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi. Ya'ni yozib olingan “seysmogrammalar” orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi va shu asosida seysmik to‘lqin tezlanishini quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin.

    α = 4π2A/T2;

    bunda, α – seysmik to‘lqin tezlanishi, m/s2;

    A – tog‘ jinsi zarrachasining tezlanish amplitudasi, mm;

    T – seysmik tebranish davri, s;

    π = 3,14.

    yer silkinishining ofat o‘choqlari deb, binolar, inshootlar va boshqa xil ob'ektlarning shikastlanishi va buzilishi natijasida odamlarning, hayvonlarning va o‘simliklarning jarohatlanishi hamda o‘limi yuz beradigan hududlarga aytiladi.

    Inshootlar ko‘radigan talofatlar quyidagicha tavsiflanadi:


    1. darajali talofat. Bunda yengil shikastlanish yuz beradi.

    2- darajali talofat. Og‘ir bo‘lmagan shikastlanish sodir bo‘ladi, devorlarda katta bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi.

    3- darajali talofat. Inshootlarning og‘ir shikastlanishi yuz beradi, devorlarda katta va chuqur yoriqlar paydo bo‘ladi.

    4- darajali talofat. Imorat va inshootlar ichki devorlarining to‘liq buzilishi yuz beradi.

    5- darajali talofat. Imorat va inshootlarning to‘liq buzilishi sodir bo‘ladi.

    Imorat va inshootlar konstruksiyasi va qurilish materiallariga qarab quyidagicha tavsiflanadi:

    A guruh – xom g‘isht, paxsa devorli imoratlar;

    B guruh – pishiq g‘ishtdan qurilgan inshootlar;
    V guruh – temirbeton, sinchli va yog‘ochdan qurilgan inshootlar.

    Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda davlat standarti (GOST) tomonidan imoratlar guruhining har bir balda ko‘radigan talofat darajalari qonunlashtirib qo‘yilgan. Jumladan:

    6 ball – yer silkinish jarayonida A guruhga mansub inshootlar 2-darajali talofat, B guruhi inshootlari 1-darajali talofat ko‘radi.

    7 ball – A guruhidagi inshootlar 3-darajali talofat ko‘radi.

    8 ball – A guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshootlar 3, 4-darajali, V guruhidagi inshootlar 2-darajali talofat ko‘radi.

    9 ball – B guruhidagi inshootlar 4-darajali, shuningdek, V guruhidagi inshootlar ham 4-darajali talofat ko‘radi.

    10 ball – B guruhidagi inshootlar 5-darajali, V guruhidagi inshootlar 4-darajali talofat ko‘radi.

    11 ball – B guruhidagi inshootlar to‘liq qulaydi. Tog‘ jinslarining tik va gorizontal yo‘nalishdagi harakati kuzatiladi.

    12 ball – amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.

    Aytib o‘tilgan fikrlar u yoki bu ballarda yer silkinishi sodir bo‘ladigan hududlarda ko‘riladigan talofat darajasi hisobga olingan holda, faqat ma'lum guruhdagi inshoot va imoratlar qurilishi lozim degan so‘zdir.


    Download 2,18 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




    Download 2,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yer silkinishi (zilzila) va uning oqibatlari

    Download 2,18 Mb.