7.4. Tarmoq fayllarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari FTP – File Transfer Protocol Fayl uzatish protokoli (FTP) bu faylni bir hostdan boshqasiga
nusxalash uchun TCP/IP tomonidan ta’minlanadigan standart
mexanizm. Fayllarni bir tizimdan boshqasiga o‘tkazish oddiy va sodda
ko‘rinadigan bo‘lsada, birinchi navbatda ba’zi muammolarni hal qilish
kerak. Masalan, ikkita tizim turli xil fayl nomlari tizimidan
foydalanishi mumkin. Ikki tizimda matn va ma’lumotlarni taqdim
etishning turli xil usullari bo‘lishi mumkin. Ikki tizim turli xil katalog
tuzilmalariga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu muammolarning barchasi
FTP tomonidan juda sodda va ishonchli yechim bilan hal qilindi.
FTP boshqa mijoz-server dasturlaridan farq qiladi, chunki u
hostlar o‘rtasida ikkita ulanishni o‘rnatadi. Bir ulanish ma’lumot
uzatish uchun ishlatiladi, ikkinchisi boshqarish ma’lumotlari uchun
(buyruqlar va javoblar). Buyruqlarni ajratish va ma’lumotlarni uzatish
FTP ni yanada samaraliroq qiladi. Tekshirish aloqasi juda oddiy aloqa
qoidalaridan foydalanadi. Bir vaqtning o‘zida faqat buyruqlar qatorini
yoki javoblar qatorini o‘tkazish kerak. Boshqa tomondan, ma’lumotlar
ulanishi, uzatiladigan ma’lumotlar turlarining xilma-xilligi sababli
yanada murakkab qoidalarga muhtoj.
264
FTP ikkita belgilangan TCP portlaridan foydalanadi: 21-port bu
boshqarish ulanishi uchun va 20-port ma’lumotlar ulanishi uchun
ishlatiladi.
FTP TCP xizmatlaridan foydalanadi. Unga ikkita TCP ulanishi
kerak. Belgilangan 21-port nazorat ulanishi uchun va ma’lumot
ulanish uchun belgilangan 20-port ishlatiladi.
7.24- rasmda FTP ning asosiy modeli ko‘rsatilgan. Mijoz uchta
kompo-nentdan iborat: foydalanuvchi interfeysi, mijozni boshqarish
jarayoni va mijoz ma’lumotlarini uzatish jarayoni. Server ikkita
komponentdan iborat: serverni boshqarish jarayoni va server
ma’lumotlarini uzatish jarayoni. Boshqarish aloqalari boshqarish
jarayonlari
o‘rtasida amalga oshiriladi. Ma’lumot aloqalari
ma’lumotlar uzatish jarayonlari o‘rtasida amalga oshiriladi.
7.24- rasm. FTP protokoli
Boshqarish aloqasi butun interfaol FTP seansi davomida
ulanishda qoladi. Ma’lumotlar ulanishi ochiladi va keyin har bir
uzatilgan fayl uchun yopiladi. Har safar fayllarni uzatishni o‘z ichiga
olgan buyruqlar ishlatilganda ochiladi va fayl uzatilganda yopiladi.
Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi FTP seansini boshlaganda,
boshqaruv ulanishi ochiladi. Boshqarish aloqasi ochiq bo‘lsa ham,
agar bir necha fayllar uzatilsa ma’lumotlar ulanishi bir necha marta
ochilishi va yopilishi mumkin.
Aloqalar Foydalanuvchi
Mijoz
Server
Disk
Disk
FI
Boshqaruv
jarayoni
MUJ
Boshqaruv
jarayoni
MUJ
Internet
Ma’lumotlar ulanishi
Ulanishni boshqarish
FI: foydalanuvchi interfeysi
MUJ: ma’lumotlarni uzatish jarayoni