Fayl turi . FTP ma’lumotlar ulanishi orqali quyidagi fayl
turlaridan birini uzatishi mumkin:
ASCII (American Standard Code for Information Interchange) fayli . Bu matnli fayllarni uzatish uchun standart format.
Har bir belgi NVT ASCII (NVT - Network Virtual Terminal)
yordamida kodlangan. Yuboruvchi faylni o‘z ko‘rinishidan NVT
ASCII belgilariga, qabul qiluvchi esa NVT ASCII belgilarini asl
ko‘rinishiga o‘zgartiradi.
EBCDIC (Extended Binary Coded Decimal Interchange Code) fayli . Agar ulanishning bir yoki ikkala uchi EBCDIC
kodlashdan foydalansa, fayl EBCDIC kodlash yordamida uzatilishi
mumkin.
Tasvir fayli . Bu ikkilik fayllarni uzatish uchun standart
format. Fayl hech qanday izoh va kodlamasdan bitlarning uzluksiz
oqimi sifatida yuboriladi. Bu asosan kompilyatsiya qilingan dasturlar
kabi ikkilik fayllarni uzatish uchun ishlatiladi.
NVT ASCII
Server
Lokal
kod
Mijoz
Lokal
kod
Lokal
OT
Masofa-
dagi OT
Boshqaruv
jarayoni
Boshqaruv
jarayoni
Ulanishni boshqarish
Lokal
fayl tizimi
Lokal
turlar
Lokal
turlar Masofadagi
fayl tizimi
Ma’lumot
jarayoni
Ma’lumot
jarayoni
Ma’lumotlar ulanishi
Mijoz
Server
Fayl turi, ma'lumotlar tarkibi va uzatish rejimi mijoz tomonidan
belgilanadi
268
Ma’lumotlar tuzilmasi . FTP ma’lumotlar tuzilmasi haqida
quyidagi izohlardan birini ishlatib, ma’lumot uzatishda ulanishni
amalga oshirishi mumkin:
Fayl tuzilishi (standart) . Fayl tuzilishga ega emas. Bu
baytlarning doimiy oqimi.