|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiylari universiteti
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #234946 |
Bog'liq Go\'zal kutubxona ma\'ruza
Mustaqil ish
Mavzu: UO‘K jadvali asosida hujjatlarni indekslash va tahlil qilish
Bajardi: 060-21-guruh talabasi
Ne’matova Go’zal
Toshkent 2024
Mavzu : UO‘K jadvali asosida hujjatlarni indekslash va tahlil qilish
Reja:
1. UO’K nima ?
2. UO’K nima uchun kerak?
3. UO’K sistemasi
UDK bu…
UDK bu ingliz tilidagi “Universal Decimal Classification”, ya’ni universal o’ntalik klassifikatsiya (UO’K) hisoblanadi. UO’Kning muhimligini quyidagi jihatlari orqali tasniflash mumkin:
axborotni tizimlashtirish;
muayyan mavzu bo’yicha kerakli ma’lumotlarni qidirish;
mavzu bo’limlari bo’yicha yangi maqolalar, nashrlar, kitoblarni guruhlashtirish.
UDK nima uchun kerak?
UO’K klassifikatori yordamida san’at, adabiyot va ilm-fan sohasidagi har qanday ma’lumotni topish oson. UO’K indekslari an’anaviy kutubxonalarda, elektron ma’lumotlar bazalarida va boshqa axborot omborlarida insoniyat tomonidan to’plangan bilimlarni tartibga solish uchun asos hisoblanadi.
UO’K kodi har bir ilmiy maqolada ko’rsatilishi kerak — bu qoida dunyoning deyarli har bir mamlakatida me’yor tarzida qabul qilingan.
UO’K ning mohiyatida o’nlik tamoyil mavjud. Klassifikatorlarning har biri 10 (ba’zan kamroq bo’lishi mumkin) kichik bo’limlarga bo’linadi. Ularning har birini ko’rsatish uchun arab raqamlaridan foydalaniladi. UO’K klassifikatorini ishlab chiqish uchun “UDC konsorsiumi” javob beradi.
UDK tarixi haqida
UO’K XX asrning boshlarida Belgiya bibliograflari Pol Otle (Otlet) va Henri Lafonten (Lafontaine) tomonidan yaratilgan. Bu klassifikatorga 1876-yilda AQSh Kongressi kutubxonasi uchun amerikalik bibliograf Melville Devey (Dewey) tomonidan ishlab chiqilgan kasr tasnifi asos bo’lgan. U davrda M.Devey Otle va A.Lafontenga nashr etilgan bilimlarning keng qamrovli katalogini yaratish uchun o’z tizimidan foydalanish va o’zgartirish huquqini berdi. Ko’p yillar davomida bu ish xalqaro axborot va hujjatlar federatsiyasi doirasida amalga oshirildi. UO’K to’liq jadvallarining birinchi nashri 1905-yilda fransuz tilida chop etildi, UO’K strukturasi vaqt o’tishi bilan M.Deveyning dastlabki sxemasidan ajralib chiqdi, biroq bir qator bo’limlarda ushbu tizimlarning sinf indekslari hali-hanuz deyarli bir xil.
UDKning markaziy qismi barcha bilimlarni qamrab oladigan va raqamli kasr kodidan foydalangan holda umumiy va xususiy bo’linishning ierarxik tamoyiliga asoslangan asosiy jadvallardir. Qisqacha aytganda, UDK indeksiga ko’ra, kitobni o’qimasdan qaysi mavzu va adabiyotni o’z ichiga olishi mumkinligini aniqlash mumkin. Global ma’lumotlar bazalarida ro’yxatdan o’tishda ushbu tasniflagichsiz ishlar ham ko’rib chiqilmaydi.
Dyuining O`nlik Klassifikatsiyasi (The Dewey Decimal Classification DDC) kitob klassifikatsiyasi sifatida, Universal O`nlik Klassifikatsiyasi esa (UO`K) bibliografik klassifikatsiya sifatida qabul qilindi. Bibliografik klassifikatsiya ham chuqur va batafsil klassifikatsiya uchun qo`llaniladi. Batafsil klassifikatsiya mikro xujjatlar uchun qo`llaniladi.
Kongress kutubxonasi klassifikatsiyasi chuqur klassifikatsiyaga asosan faoliyat yuritadi. Kichik kutubxonalarning talabiga javob beruvchi va unchalik batafsil bo`lmagan klassifikatsiya Keng yoki Umumiy klassifikatsiya deyiladi. Dyuining O`nlik Klassifikatsiyasining boshlang`ich nashrlari ham shu klassifikatsiay turiga mansub bo`lgan.
Dyui desimal tizimi 10 asosiy bo'limga bo'linadi va har bir bo'lim raqam bilan belgilangan. Misol uchun, 100 bo'limi falsafa va psixologiyani, 200 bo'limi dinshunoslikni, 300 bo'limi ijtimoiy fanlarni, 400 bo'limi tilshunoslikni, 500 bo'limi tabiatshunoslikni, 600 bo'limi texnikani, 700 bo'limi san'atni, 800 bo'limi adabiyotni, 900 bo'limi tarixni ko'rsatadi.
Asosiy 10 ta bo‗limninig har biri klassifikatsiyalashning ikkinchi qismini tashkil qilib, yana u 10 ga bo‗linidi; 2-bosqichninig har bir bo‗limi o‗z navbatida yana 10 ta bo‗linmaga bo‗linadi. Bo‗limlarni bo‗lishning o‗nlik printsipini Dyui nashr etmagan biroq, u buni ilk bor ana shunday ko‗lamda va izchillikda qo‗llagan. Dyuining xizmati o‗nlik indekslarni kashf etganligidir. O‗nlik Klassifikatsiya ning asosiy qatorlari va undan keyingi bo‗linmalari quyidagi ko‗rinishga egadir. 000 Umumiy asarlar
100 Falsafa
200 Din
300 Sotsiologiya
400 Tilshunoslik
500 Tabiiy fanlar
600 Amaliy fanlar
700 Nafis san‘at
800 Adabiyot
900 Tarix
O’z navbatida har bir bo‗lim quyidagicha bo‗lingan. Masalan:
500 Tabiiy fanlar
510 Matematika
520 Astronomiya
530 Fizika
540 Ximiya
550 Geologiya
560 Pomontologiya
570 Biologiya
580 Botanika
590 Zoologiya
O’nlik indekslar klassifikatsiyalash sistemaning oson egallanishini ta‘minlaydigan, ular kengayadigan, sistemadan fond hajmi turlicha kutubxonalarda differentsiallashgan holda foydalanish imkonini beradi. Aynan mana shular, O‗nlik Klassifikatsiyaniig keng tarqalishiga olib keldi. Biroq, Dyui o‗nlik printsipini rasman qo’llagan, bu klassifikatsiyaning sun‘iyligini, noilmiyligini yanada chuqurlashtirdi. Masalan, «400 Tilshunoslik» va «800 Adabiyot» bo’limlarida u alohida til, hamda alohida adabiyotlarni ajratgan. U shunga muvofiq, 490 va 890 indekslariga yetgach, ikkinchi bosqich bo‗linishlari nihoyasiga yetgach, u bir rubrikalarni «kichik tillar» va «kichik adabiyotlar» deb atadi, hamda tillar va adabiyotlarni endi klassifikatsiyaning uchinchi bosqichida ajratishda taklif qildi. O’nlik Klassifikatsiya da bunday misollar talaygina. O’nlik Klassifikatsiya sanab o‗tiladigan klassifikatsiyalash tipiga kiradi.
Dyui standart tugallanma printsipini kiritdi, ya‘ni bir xil belgilarga muvofiq ajratilgan turli bo‗limlarning bo’linmalariga indekslarning bir xil tugallanmasini kiritdi19 . Masalan, lug’atlarning indeksi doimo 03, vaqtli nashrlarniki 05 da tugaydi. Misollardan ko’rinib turibdiki, indeks bir raqam yoki ikki belgili raqam bilan ifodalanishi kerak bo‗lganda Dyui uni 3 raqamiga aylantirish uchun 0 yoki 00 qo’shgan. Masalan, 5 o‗rniga 500, 51 o‗rniga 510; shu tufayli indekslar yaxlit raqamlar izchilligida joylashadi. Bu tokchalarda kitoblarni va katalogda kartochkalarni joylashtirishni soddalashtirish maqsadida qilingan.
O’nlik indekslar klassifikatsiyalash sistemasining oson egallanishini ta‘minlaydi, ular 19 Introduction to Library and Information Science//en.wikibooks.org.-2015.-p.83 104 mnemonik, kengayadigan, sistemadan fond hajmi turlicha kutubxonalarda diferentsiallashgan holda foydalanish imkonini beradi. Aynan mana shular Universal O‗nlik klassifikatsiyaning keng tarqalishiga olib keldi. Formal, geografik vat il bo‗linmalarini standartlash shu yo‗sinda amalga oshirilgan. Dyui shuningdek, klassifikatsiyalash jadvallariga tuziladigan APKning ahamiyatini to‗g‗ri baholay bildi. XIX asrning 70 yillarida APK yaratish g’oyasi yangilik emasdi, biroq Universal O‗nlik klassifikatsiyaning chiqishi bilan APK klassifikatsiya jadvallarining tarkibiy qismi bo‗lib qoladi. Universal O‗nlik klassifikatsiya Dyui hayotlik chog‗ida 12 marta nashr etildi. AQShda hozirgi kunda ham uning kengaytirilgan va to‗ldirilgan nashlari chiqmoqda. 13-nashridan
Dyui vafotidan keyin (1932) birinchi nashridan boshlab Universal O‗nlik klassifikatsiyaga aniqlagichlarning mustaqil jadvallrai kiritilgan. Klassifikatsiyalash strukturasiga yangidan-yangi o‗zgartirishlar kiritish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Klassifikatsiya mazmuniga ham o‗zgartirishlar kiritilmoqda. Universal O‗nlik klassifikatsiya dunyosininig ko‗p mamlakatlarda qo‗llanilmoqda. Biz uchun O‗nlik Klassifikatsiyaning asosiy ahamiyati shundaki, u «Universal o‗nlik klassifikatsiya» (UO‗K) ga asos qilib olingan. Universal O‗nlik klassifikatsiya ning tuzilishi XIX asr oxirida Bryusselda tashkil qilingan xalqaro bibliografiya instituti (XBI) ning faoliyatiga bog‗langan.
Institut «Universal bibliografik repertual», ya‘ni barcha mamlakatlarda, barcha tillarda nashr etilgan fanning barcha sohalaridagi adabiyotlarninig bibliografik ko‗rsatkichini tuzishnio‗z oldiga maqsad qilib qo‗yogan edi. Bunday ishni amalga oshirish xalqaro miqiyosda foydalanishga yaroqli bo‗lgan fanning barcha sohalarini qamrab oladigan mufassal klassifikatsion sistemani yaratishni talab etdi. XBI mutaxassislari ishlab chiqqan klassifikatsiyaga O‗nlik Klassifikatsiya asos qilib olindi, chunki o‗nlik indeklash halqaro yagona til bo‗lib, bundan tashqarii jadvallarni mufassallashtirish imkonini ham berardi.
O’nlik Klassifikatsiya jiddiy qayta ishlandi. 1927 yildan boshlab XBI shuningdek, turli mamlakatlarda turli 105 tillarda nashr etiladigan bu mustaqil ahamiyatga ega bo‗lgan, qayta ishlangan klassifikatsiya nashrlari (UO‗K) «Universal o‗nlik klassifmkatsiya» nomini oldi.
Universal O’nlik klassifikatsiyada O’nlik Klassifikatsiyaning asosiy qatori saqlab qolingan, biroq birinchi va ikkinchi bosqich indekslarining ko‗rinishi o‗zgartirilgan uch va ikki belgili indekslardan nollarni chiqarib tashlangan. Universal O‗nlik klassifikatsiya indekslarini insoniyat bilimlari majmuini bir deb faraz qilib, o‗nli kasr tarzida tushunish kerak. Indekslarni yaxshiroq idrok etish maqsadida har bir uch raqam keyingilaridan nuqta bilan ajratiladi. Universal O‗nlik Klassifikasiyaning zamonaviy nashrlarini asosiy qatori 0 Umumiy bo‗lim 1 Falsafa 2 Din 3 Ijtimoiy fanlar 4 Bo‗lim 1972 yilda XHF (hujjatlar barcha xalqaro federatsiya) qaroriga muvofiq bo‗shatilgan va uning tarkibi 8-bo‗limga o‗tkazilgan 5 Mateamtika. Tabiiy fanlar 6 Amaliy fanlar 7 San‘at. Sport 8 Tilshunoslik. Adabiyotshunoslik. Badiiy adabiyot 9 Tarix. Geografiya Universal O‗nlik klassifikatsiya anchagina mufassallashtirilgan, rubrikalarning ayrim nomlariga aniqlik kiritgan, biroq asosiy o‗zgartirishlar klassifikatsiya strukturasiga taaluqlidir. XBI aniqlagichlar umumiy va analitik ajratkichlarning butun bir sistemasini ishlab chiqqan. Jadvalda Universal O‗nlik 106 klassifikatsiyaning eng ko‗p qo‗llaniladigan tanitish belgilari bo‗lgan umumiy aniqlagichlari ko‗rsatilgan. Universal O‗nlik klassifikatsiya tashkil topgan vaqtdayoq, ko‗p aspektli klassifikatsiya xarakatlarini kasb etdi va butun dunyoda klassifikatsiyalash nazariyasi va praktikasining rivojiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. Universal O‗nlik klassifikatsiya dunyoning ko‗p malakatlaridagi kutubxonalarda, bibliografik va axborot muassasalarida, nashriyotlarda qo‗llaniladi. XHF Universal O‗nlik klassifikatsiya ni fanning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga yaqinlashtirish, shuningdek uni izlovchilik sifatlarini oshirish maqsadida unga o‗zgartirish va ko‗shimchalar kiritadi. XHF «4 Tilshunoslik» bo‗limini «8 Adabiyotshunoslik. Badiiy adabiyot» bo‗limiga o‗tkazibuni bo‗hatdi. Shu tufayli filologiya fanlarining kompleksini birlashtirishga erishildi, bo‗shagan joy tabiatshunoslik va texnikaning yangi rivojlanayotgan sohalari uchun ajratib qo‗yildi. Universal O‗nlik klassifikatsiya strukturasi Universal O‗nlik klassifikatsiya axborot manbalarni va hujjatlarni klassifikatsiya qilishda xalqaro klassifikatsiya hisoblanadi. Bu sistema fan va texnikaning barcha bo‗limlarini aks ettirishda universal xalqaro sistemadir. Unga fan va texnika erishayotgan barcha yangiliklarni jadval strukturasida jiddiy o‗zgarishlarsiz doimo to‗ldirib, kiritib boradi. Bo‗limlarni o‗zaro aloqasini aks ettirish ham boshqa klassifikatsiyaga qaraganda bir qator yutuqlarga ega. Bo‗limlarni aks ettrish uchun faqatgina arab raqamlaridan foydalaniladi. Ular barcha xalqlar uchun tilidan, qanday alfavitdan foydalanishlaridan qat‘iy nazar barcha uchun tushunarlidir. Bu Universal O‗nlik klassifikatsiyani xalqaro, barcha xalqlar uchun foydalanish mumkin bo‗lgan sistemaga aylantirdi. Ilk Universal O‗nlik klassifikatsiya jadvali 1905 yil Bryuselda fransuz tilida nashr etilgan. 1927-1933 yillarda 2-qayta nashri fransuz tilida. 3-xalqaro nashri nemis tilida norma va standartlar nashriyoti tomonidan 107 1934-1953 yillarda nashr etilgan. 4-xalqaro nashri ingliz tilida, 5-nashri fransuz tilida, 6-nashri yapon tilida, 7-nashri ispan tilida. 1958 yilda 8-nashri nemis tilida nashr etilgan. Universal O‗nlik klassifikatsiyaning rivojlantirish bilan XHF (Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi) shug‗ullangan. 1950 yildan bugunga qadar XHF Fan va texnika taktibini hisobga olgan holda Universal O‗nlik klassifikatsiyaga o‗zgartirishlar kiritib boradi. XHF tomonidan maxsus nashrlar chiqariladi. «DP-Notes» va «PNotes» (Proekti predlojeniy) «Takliflar loyihasi» va «Takliflar». Bu nashlarda turli mamlakatlardan UO‗K jadvaliga tashkilotlar tomonidan, olim va mutaxasssislar tomonidan indekslarga kiritilishi mumkin bo‗lgan o‗zgartirishlar, to‗ldirishlar haqidagi taklif mulohazalar chop etiladi. Bu takliflar 6 oy ichida boshqa mutaxassislar, tashkilotlar tomonidan rad etilmasa, kuchga kiradi va XHFning maxsus «Extensions and Corrections to the UDC» (UO‗K ga o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar) nashrida chop etiladi. Yiliga ikkita soni chiqadi. 3 yillik seriya hisoblanadi. 6ta son. Biror bo‗limiga qachon o‗zgartirish kiritiladiq Fan va texnika tartibining bugungi kundagi mazmun mohiyatini to‗liq aks eta olmagan indekslardagina qayta ko‗rib chiqiladi. UO‗Kni stabillashtirish, ya‘ni muqobillashtirish maqsadida indekslar o‗zgarishi, qayta ko‗rilishi haqidagi takliflar to‗liq annotatsiyalangan holda, asoslangan holda qabul qilinadi. Sobiq sovet tuzumining 1962 yil 11-may 445-qaroriga muvofiq «Mamlakatda fan, texnika axborotlarini yaxshilash chora tadbirlari» qarorlaridan so‗ng 1963 yildan ilmiy-texnika jurnallar, ilmiy-axborot tashkilotlarida, ilm-texnika kutubxonalarida barcha nashrlarni UO‗K asosida klassifikatsiya qilina boshlandi. Bugungi kunda Universal O‗nlik klassifikatsiya yagona Xalqaro universal sistemadir. 50 dan ortiq mamlakatlarda qo‗llaniladi. Universal O‗nlik klassifikatsiyaning rivojlantirishda Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi yetakchi tashkilot hisoblanadi. Universal O‗nlik klassifikatsiyani taraqqiy ettirish borasida bugungi kunda ham bir qator ishlar qilinmoqda. Bunda turli davlatlardan mutaxassislar qatnashadilar. Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, 108 Yaponiya, Polsha kabi davlatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‗z hissalarini qo‗shadilar.
|
| |